Iyd Qurbon tabrigi

812
0

8daf20782afbcbfbAllohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Vallohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Allohga hamdlar bo’lsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do’st bo’lganlarga hamda ul zotga ergashib, yo’lidan yurgan, Islom aqidasini o’zining fikratiga asos qilib olgan, shar’iy ahkomlarni esa amallariga o’lchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar bo’lsin, ammo ba’d:

Assalomu alaykum, musulmon aka ukalar, muslima opa singillar, Turkiston saytining aziz muxlislari!

Barchamizning yuraklarimiz orzuqib kutyotgan Qurbon hayit bayrami ham etib keldi. Turkiston sayti xodimlari butun Islomiy Ummatni va siz aziz muxlislarni ushbu ulug’ va haqiqiy Ilohiy bayram bilan muborakbod etadi.

Biz siz azizlarni iyd Qurbon bilan tabriklar ekanmiz, sizlarning barcha shar’iy tilaklaringizga tilakdoshmiz. Xonadoningizdan qut-baraka, fayz va shodlik, tanangizdan sog’lik va salomatlik, tugamas Iymoniy quvat, So’nmas shijoat arimasin.

Alloh taolodan gunohlarimizni mag’firat qilishini, tutgan ro’zalarimiz va qilgan haj va qurbonlik ibodatlarimizni o’z dargohida qabul qilishni so’rab qolamiz.

Alloh Taolo ushbu Qurbon bayramini butun Islomiy ummatga muborak qilsin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.