Erdogan: Turkiya vaqtinchalik echimga rozi bo’ladigan davlat emas

421
0

tuerkisches-ParlamentTurkiya parlamenti payshanba kuni ko’pchilik ovoz bilan qo’shni Iroq va Shom o’lkalaridagi jangarilarga (Mujohidlarga) qarshi turk armiyasini harakatga keltirishga ijozat beradigan qaror loyihasini tasdiqladi. Bu qarorning tasdiqlanishiga 98 nafar deputat qarshi ovoz bergan bo’lsa, 298 nafari rozilik bildirdi.

Bu qaror Turkiya konstitutsiyasiga muvofiq, Suriya va Iroq erlarida harbiy amaliyotlarni o’tkazish uchun turk qo’shiniga yashil chiroq yoqib beradi. Shuningdek bu qarorga ko’ra, xorijiy qo’shinlar Turkiya hududlariga joylashtirilishi va turk armiyasi bilan hamkorlikda harbiy amaliyotlar o’tkazishi mumkin.

Turkiya parlamenti tasdiqlagan qaror matnida jumladan shunday so’zlar keladi: “Turkiyaning milliy xavfsizligiga nisbatan terror tahdidi va har qanday xavf xatarga qarshi milliy huquq normasiga muvofiq har turli chora tadbirlarni ko’rish, Iroq va Suriyadagi barcha terrorchi guruhlarning Turkiyaga qaratilgan hujumlarini bartaraf etish, ommaviy qochqinlik kabi xatarlarga qarshi xavfsizlik choralarini orttirish, inqiroz davrida va undan so’ng har qanday holatda ham Turkiyaning oliy manfaatlarini himoya qilish…”, “Turk qurolli kuchlarini zarurat tug’ulganda, chegara hududlarga va xorij davlatlarga safarbar qilish va ayni maqsadda xorijiy kuchlarni Turkiyaga joylashtirish, bu kuchlarni hukumat belgilagan asoslarga ko’ra harakatga keltirish, xavf xatarlarning oldini olish uchun har qanday tadbirlarni ko’rish va bu loyihalar hukumat tarafidan belgilangan asoslarga ko’ra amalga oshirilishi uchun konustitutsiyaning 92 moddasiga binoan 4 oktyabr 2014 yildan e’tiboran bir yil davomida ruxsat berilishini so’rab murojaat qilaman. Bosh vazir Ahmad Dovut o’g’li”.

Turkiya prezdenti Rajab Toyyib Erdogan Suriya va Iroqdagi mujohidlarga qarshi AQSh boshchiligida tuzilgan koalitsiyaga qo’shilishini bildirdi. Biroq u buning uchun havo hujumlari balan cheklanib qolmay, “doimiy echim”ni vujudga keltirishni shart qildi.

“Biz har qanday hamkorlikka tayyormiz. Lekin hamma shuni bilib qo’yishi lozimki, Turkiya vaqtinchalik echimga rozi bo’ladigan davlat emas. Mintaqadagi barcha terrorchi (Islomiy) guruhlarga qaqshatgich zarba berish lozim. Bu borada Turkiyaning nasihatlari va ogohlantirishlari e’tiborga olinishi darkor”, dedi Erdogan parlament oldida qilgan nutqida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.