Qirg’iziston O’zbekistonning Islom va musulmonlarga qarshi urushiga ergashishi lozimmi?!

464
0

Qirg’iziston O’zbekistonning Islom va musulmonlarga qarshi urushiga ergashishi lozimmi?!

01-11«Memorial» inson huquqlari markazi raisi Vitaliy Ponamarev «Karimov demokratik davlatga muxolif kuchlardan qutulish uchun Islom mafkurasidan foydalandi», degan edi. Panamarevning fikricha, o’sha vaqtda Karimov musulmonlarni bo’ysundirish va kuchsizlantirish uchun Islom fikrlarini qabul qilgani to’g’risida qarashlar mavjud edi.

Biroq Karimov musulmonlarga bo’lgan shaxsiy adovati sabab 1991 yildan boshlab, to shu kungacha kurash uslubini keskin o’zgartirdi. Ekspertlarning fikricha, uning o’z uslubini o’zgartirishiga o’sha paytda Namangan shahrida keng tarqalgan va o’sha erda islomiy boshqaruv barpo qilishga kirishgan «Adolat» islomiy harakatining kuchayishi sabab bo’lgan. O’shanda Namangan viloyat hokimligi binosini egallab olganlar bilan olib borilgan muzokaralar chog’ida ular Karimovni qattiq obro’sizlantirib, hatto undan islomiy davlat e’lon qilishni talab qilishgan.

Biroq Karimov Islom va musulmonlarga qarshi urushni shoshmasdan, to’xtovsiz munofiqlarcha olib bordi. Hatto haj farzini ado etgani Makkai Mukarramaga ham bordi. Shu vaqt orasida oxiratini o’tkinchi dunyo matolariga almashishdan bosh tortgan islomiy ulamolarni birin-ketin yo’q qila boshladi. Ularni ayrimlarini qurol va o’q dorilar, ayrimlarini esa giyohvand modda chiqdi degan bahona bilan qamoqqa tiqdi, ko’pchiligi yurtni tark etishga majbur bo’ldi. Biroq haqiqiy urush 1999 yili Karimov rejimi O’zbekistonda mustahkam o’rnashib olgan paytda boshlandi. Chunki u bu paytga kelib O’zbekistonda islomiy va muxolif kuchlarni deyarli yo’q qilgan edi.

Karimov o’zining «o’zbek xalqi hayotidan Islomni butunlay o’chirib tashlash» loyihasidan kelib chiqib, bu g’oyasini amalga oshirish uchun islomiy siyosiy hizb bo’lgan Hizb ut-Tahrirga qarshi keskin urush boshladi…

1999 yil 9 iyunda inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining O’zbekistondagi raisi Tolib Yoqubov Eron radiosining o’zbek bo’limidan bergan o’z bayonotida, ichki ishlar vazirligidan bir ma’lumot keltirdi. Ma’lumotda ichki ishlar vazirligi qo’lida Hizb ut-Tahrirning 8000 nafar a’zosining ro’yxati borligi, ulardan 4000 nafari qamoqqa olingani aytiladi. Darhaqiqat, Islomga qarshi urush tezlashib, kundan-kunga kuchayib bordi. Biroq Hizb ut-Tahrir a’zolaridan kuniga yuzlabi qamoqqa olinishiga qaramay, Islomni sevuvchi yoshlarning Hizb safiga qo’shilishlari davom etardi. Karimovning o’zi ham bu urush mabdalar o’rtasida ketayotganini yaxshi tushunmadi, uning qo’lida Islom aqidasiga qarshi turishi mumkin bo’lgan aqida yo’q edi. U Islomning hayotga qaytishini kechiktirishga, uning sur’at bilan tarqalayotgan aqidasini izolyatsiya qilishga omadsizlarcha urindi va o’zi shu loyihasining qurboni bo’ldi. Ha, Karimov sodir etayotgan ishlari oqibatini tushuna olmadi, tushunganda esa kech bo’lgandi.

Ayrim siyosatchilar, aniqrog’i Amerikaning sobiq tashqi ishlar vaziri Madlen Olbrayt Karimov siyosatini tanqid ostiga oldi. Olbrayt Karimovning bunday zo’ravonligi Islomni etkazuvchilar harakatini zaiflashtirish o’rniga, yanada kuchaytirib yuborishiga xizmat qilishini anglab etgandi. U o’z bayonotida – bu ketishda O’zbekiston butun dunyo uchun xavfli bir portlovchi porox bochkasiga aylanishi mumkinligini Karimovga uqtirolmaganini ta’kidladi. Mana, bugunga kelib o’sha siyosiy taxminlar ro’yobga chiqmoqda. To’g’ri, Karimov bir qancha mayda siyosiy harakatlarda maqsadiga erishdi ham. Biroq uning mag’lub bo’layotgani aniq edi. Haqiqatda aqida sifatidagi Islomga qarshi o’z urushida u tor-mor bo’ldi.

Qalbida islomiy aqida takomillashgan jasur yigitlar o’n yillab Karimov zindonlarida yotishlariga va quvg’inda yurishlariga qaramay, o’z kurashlarini bir daqiqa ham to’xtatmadilar. Bil’aks, Islomga bo’lgan imonlari yanada ziyoda bo’ldi, nusratga yanada kuchliroq ishonadigan bo’ldilar. Darhaqiqat, qamoqda yotgan musulmonlarda, shu jumladan, Hizb ut-Tahrir yigitlarida Allohdan qo’rqish mujassam edi. Hukumat bu yigitlarni jamiyatda Karimov istagiga yurmagan kimsalar, deya jazolardi! Ulardan ayrimlari shahid bo’ldi, ayrimlari esa shahidlikni kutmoqda.

Bu faqat Karimovning mag’lubiyati emas, balki butun duyodagi barcha kufr aqidalarining Islom aqidasi oldidagi mag’lubiyati, albatta. G’arb siyosatchilari Karimovni ogohlantirayotgan ekanlar, go’yo «sen har qancha kurashmagin, Islom aqidasi oldida mag’lub bo’lishing muqarrar, bu bilan sen bizni zaiflashtirishga, musulmonlarni esa ularda umid paydo qilib, shijoatlantirishga erishasan, xolos», deyishayotgan edi. Shunday bo’ldi ham. Butun dunyo musulmonlari O’zbekistondagi musulmonlar sabotidan o’rnak oladigan bo’ldi. Hizbning o’sishida, xalq orasida uning shuhrati ortishida O’zbekistondagi hizb sabot-matonati muhim rol o’ynadi.

Karimovning bu yilgi mustaqillik bayramidagi tabrik so’zlarini diqqat bilan kuzatgan kishi uning xavfsizlik masalasida uzoq va juda xavotir bilan gapirganiga guvoh bo’ladi. Uning so’zlaridan demokratik O’zbekistonga qaratilgan tahdidlarni rivojlanib borayotganiga, Yaqin Sharqdagi terrorizm xavfi tobora kengayib kelayotganiga, butun dunyodagi hodisa va notinchliklar su’ratli tus olayotganiga asosiy e’tiborini qaratgani yaqqol sezilib turdi.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev ham o’z qo’shnilaridan o’rnak olishga intilib, Islom va musulmonlarga qarshi urushini kundan kunga kuchaytirmoqda. Aftidan, u sodir bo’layotgan ishlarga e’tibor qaratmagan ko’rinadi.

Biz Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi a’zolari prezident Atambaevga murojaat qilamiz:

Sizga nasihatimiz, Karimovga o’xshab Islom va musulmonlarga qarshi pozitsiyani egallamang. Chunki biz islomiy hayotni qayta boshlashga, kufrga va uning Qirg’iziston hamda butun islomiy yurtlarga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qarshi Islom aqidasi asosida kurashishga ahd qilganmiz. Biz musulmonlarning bir-birlariga qarshi qanday shaklda bo’lmasin kurashishlariga hargiz rozi emasmiz!

Biz sizda musulmonlarga qarshi hech qanday dushmanona tuyg’u yo’q, deb o’ylaymiz, balki ishonamiz ham. Biroq shu bilan birga, tushunib turibmizki, siz Karimov va Putin singari botqoqqa botib bo’lgan kimsalarning bosimlari ostida qolgansiz. Biz sizni kufr va kofirlar tarafiga emas, balki hech ikkilanmay, Islom va musulmonlar safiga o’tishga va ularni qo’llab-quvvatlashga chaqiramiz.

Cizga nasihatimiz, oxir oqibat siz ham jinoyatkor kofirlarning Islom bilan kufr o’rtasidagi jangda foydalanadigan qurollariga aylanib qolmang. Aks holda, biz ham Qirg’izistonda – Alloh Taoloning madadi ila – shunday sabr va sabot namoyish etamizki, bu butun Islom olami qulog’iga etib borajak. Biroq Alloh Taolodan so’raymiz, mana shunday his-tuyg’ular bizning kofirlarga qarshi kurashimizda namoyon bo’lsin, musulmonlarga qarshi emas.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.