Tunislik bir partiya etakchisi Qur’oni Karim sahifalarini yoqdi

466
0

01-11Tunislik bir partiya etakchisi Qur’oni Karim sahifalarini yoqdi

Ularga Allohning la’nati bo’lsin!

2014 yil 10 sentyabrda axborot agentliklarida tunislik ayol Xadija bin Ibodning sigaret yordamida Qur’oni Karimni yoqqani to’g’risida xabarlar tarqaldi. «Nidou Tunis» partiyasi rahbariyatidagi bu ayol o’zining feysbuk sahifasida Frantsiya poytaxti Parijdagi uyida Qur’oni Karim varag’ini g’ijimlab, so’ng sigareti bilan uni yoqayotgani aks ettirilgan fotosuratni tarqatgan.

Islom daxlsizligini himoya qiluvchi Xalifalik davlatining ag’darilganidan buyon, Islomga turli uslub va vositalar bilan hujum qilish to’xtamadi, kapitalistik ilmoniy tushunchalar hukmron bo’ldi. Ulardan biri erkinliklar tushunchasi bo’lib, manfaat va nafs-havoga muvofiq ziddiyatga asoslangan bu tushuncha agar ularning rejalariga mos kelsa, maqbul va e’tiroz qilinmaydi, ammo rejalariga zid kelsa, bunday erkinlik tushunchasiga o’rin yo’q. Masalan, shar’iy libos bir necha G’arb davlatlarida ular og’iz ko’pirtiradigan shaxs erkinliklari sirasiga kiritilmagan. Biroq Islomga to’xtovsiz hujumlar qilinsa, buning hech qanday zarari yo’q. Bu borada Frantsiya hamma davlatdan peshqadam. U hijobga taqiq qo’yib, uni kiygan talaba qizlarni universitetlarga kiritmaydi. Biroq Frantsiyada Qur’oni Karimning yoqib yuborilishini yoki butun olamga rahmat qilib yuborilgan Nabiy Aning tahqirlanishini og’izda bo’lsa ham ta’qib qilmaydi va buni shaxs erkinliklari sirasiga kiritadi!

Islom hayotdan yo’q qilindi va yurtlar davlatchalarga bo’lib tashlandi, Burqiba kabi mustamlakachilar yasagan qo’g’irchoqlar paydo bo’ldi, uning hokimiyatdalik davrida Tunisga o’zgartirish, soxtakorlik, Ummat boyliklaridan voz kechish, islomiy shariatni tahqirlash, hatto uni butunlay bekor qilib, turli vositalar yordamida unga qarshi urush qilish kabi kuchli to’lqin kirib keldi. Keyin qo’zg’olon boshlanib, uning ortidan mana shu «Nidou Tunis» kabi bir necha partiyalar vujudga keldi. Ushbu ilmoniy «Nidou Tunis» partiyasiga Islomga g’arazi bor mana shu xotin ham a’zo bo’ldi. Bu xotin Nahzatul Islomiya harakatiga qarshi ko’zga ko’ringan raqiblardan biridir. Nahzatul Islomiya harakati esa Tunis hokimiyatiga kelgan bo’lsa-da, ammo u ham sobiq rejimning ikkinchi basharasi bo’lishdan nariga o’tmadi. Nidou Tunis partiyasi raisi Sibsiy esa joriy yil 23 noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlariga o’z nomzodini qo’ydi.

Ey er kishilar va hur ayollar doxil Tunis ahli!

Islomning hayotdan chetlatilishi oqibatidagi Tunis ahvoliga bir nazar soling. Ilgari Islom va musulmonlarning qo’rg’oni bo’lgan bu yurt G’arb va uning fikrlariga maydon bo’lib qoldi, ilm va ulamolar uchun ziyo maskani bo’lgan bu yurt G’arbning Islomga qarshi iflos rejalarini ijro etuvchi ilmoniylar iniga aylandi! Nega siz ahvol bundan ham battarlashishiga, hammaning bunga sukut qilib qo’l qovushtirib o’tirishiga, hatto oralaridagi qo’rqoqlariga va til biriktiruvchilariga jim qarab turibsiz!? Axir, dasturul amal bo’lmish Qur’oni Karimingiz o’z yurtdoshingiz tomonidan yoqilsa-ya! Bu ayol o’z partiyasi bilan mana shunday qilmish orqali bir shariat, minhoj va dasturdan voz kechishyaptiyu, siz Uqba ibn Nofe avlodi bunga nisbatan nima qilyapsiz?! Ey buyuk Islom zaminidagi Tunis ahli, yurtingiz xalifa Usmon ibn Affon davrida fath qilingan bo’lib, Islom armiyasi qarorgohiga aylangan, Qayravon shahri va islomiy Zaytuna universiteti bunyod etilgach, ilmning asosiy manbaiga aylangan. Siz bunday xudosizlar va ularga sukut qilayotganlarning hokimiyatga kelib olishlariga yoki musulmonlar ustidan hukmronlik qilishlariga qo’yib berasizmi!?

Ey ahlimiz unutmang, to Qur’on, uning ahkomlari va shariati hukmron qilinmaguncha ahvolimiz hargiz o’zgarmaydi, Xadija bin Ibod singari xudosiz kofir kimsalardan faqat Xalifalik davlati qasos oladi. Unga o’xshaganlarni payini qirqib, ularni qo’llab-quvvatlayotgan kimsalarni ham urug’ini quritadi.

«Zolimlar uchun hech qanday yordam beruvchi yo’q» [Baqara 270]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.