Rossiya Qrimda to’liq qurollangan armiya joylashtirmoqda

415
0

2014-09-16-20-20-30Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qrimda olg’a surilayotgan harbiy rejani ochiqladi. Sergey Shoyguga ko’ra, Rossiya Qrimda to’liq qurollangan armiya joylashtirilishi uchun yuqori darajada harbiy tayyorgarlik ko’rmoqda.

Rossiya mudofaa vazirligi tarqatgan xabarga ko’ra, Ukrainada davom etayotgan inqirozning kundan kunga yomon tus olishi va mamlakat hududlarida xorijiy askarlarning toboro ortib borishi sababli Qrimni ham o’z ichiga olgan janubiy harbiy mintaqa qo’mondonligi ustuvorliklarida o’zgartirishlar kiritishga zarurat tug’ilgan.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu harbiy mas’ullar ishtirokida tashkil qilingan yig’inda 2014 yildan e’tiboran mamlakatning janubiy g’arbiy mintaqasida harbiy va siyosiy vaziyatning o’zgarganligini urg’uladi.

“Birinchi qiladigan vazifamiz Qrim mintaqasida o’z boshqaruviga ega to’liq qurollangan armiyani joylashtirdir”, dedi Rossiya mudofaa vaziri.

Qrimning Rossiyaga bog’lanishi bilan janubiy harbiy mintaqaning geografik maydoni kengayganligini va Ukrainada yuzaga kelgan inqiroz tufayli mamlakat hududlari atrofida xorijiy askarlarning ko’payib borayotganligini aytib o’tgan Shoygu “hodisalarning bu shaklda avj olishi harbiy ustuvorlikni qayta ko’zdan kechirish uchun mintaqaga yo’l olishimizga zarurat tug’ildi”, dedi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.