Melman: Isroil uchun IShID emas Jabhatun Nusra tahdiddir

1625
1

Isroilda chiqadigan “The Jerusalem Post” gazetasining bosh redaktori tahlilchi Yossi Melmannin bildirishicha, Isroil hukumati “IShID” tashkilotiga asosiy tahlika sifatida qaramaydi. Ya’ni Isroil IShID tashkilotini o’ziga nisbatan jiddiy xavf tug’diradigan “terrorchi” tashkilot deb hisoblamaydi.

 “Timeturk” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, yahudiy tahlilchi Yossi Melman “IShID” tashkiloti Isroil davlati uchun asosiy tahlika sifatida qaralmasligiga uning Isroil chegarasidan uzoqda ekanligini sabab qilib ko’rsatadi. Ammo Asad kuchlariga og’ir zarbalar berib, bir necha kun avval Isroil chegaralari atrofidagi mintaqalarni qo’lga kiritgan Jabhatun Nusra mujohidlari esa Isroil uchun asosiy tahlika sifatida baholanmoqda.

Isroil chegarasida Islomiy jabha va Jabhatun Nusra mujohidlaridan juda ko’pchiligi o’rnashib olganligi haqida yozgan gazeta ularning ichida “Musulmon birodarlar” jamoasiga mansub shaxslar ham borligi va bu holat Isroilga katta ta’sir qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 Suriyada Asad kuchlariga qarshi kurash olib borayotgan va bir qancha guruhlardan tuzilgan Jabhatul Islom va Al-Qoidaga aloqador deb ko’rilgan Jabhatun Nusra kabi jihodiy guruhlar bir necha kun avval Isroilning qo’l ostida bo’lgan Jo’lon tepaligi chegaralarini buzib o’tishgan edi.

1 izoh

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.