Munzir Halum maqolasiga raddiya

434
0

01-11Matbuot bayonoti

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da) dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

Munzir Halum maqolasiga raddiya

Arabiyyul Jadid sayti yozuvchi Munzir Halumning «Rossiyada taqiqlangan Hizb ut-Tahrir… qidiruv ostida» nomli maqolasini nashr qildi. Unda axborot professionalizmi me’yorlaridan bir ozginasi ham yo’q gap-so’zlar bor. Chunki maqola muallifi yolg’onlarni zo’r berib tarqatish yo’lini tutgan. Holbuki bu yolg’onlarga endilikda biron kishini laqqa tushirib bo’lmay qoldi. Ayniqsa ma’lumotlar va internet asrida yashayotganimiz uchun bu yolg’onlarni hech kimga o’tkazib bo’lmay qoldi. Chunki hozirda qiziquvchi odam har qanday da’vo yoki bo’htonni – shosha-pisha uni bir haqiqat sifatida zo’r berib tarqatishdan oldin – aniqlab, bo’hton ekaniga ishonch hosil qilishi mumkin!

Shunisi aniqki bu yozuvchi o’zi «caspiania.org» elektron saytidan olgan Qozog’istondagi «xavfsizlik ishlari bo’yicha ekspert» Viktor Mixaylovning gaplarining haqiqat yoki yolg’on ekaniga ishonch hosil qilishni istamagan. Holbuki ana shu «ekspert» Hizb ut-Tahrir va uning a’zolari ustiga tuhmat va katta bo’htonlarni yog’dirgan. Bu yozuvchi esa uning «Hizb keyinchalik Suriyaga yuborish uchun terrorchi guruhlarga jangarilarni yollash bilan shug’ullanayotgan bir terrorchi tashkilotdir» degan yolg’onini qo’sh-qo’llab qabul qilib qo’ya qolgan… Holbuki Hizb Rosululloh A tariqatini mahkam tutgani uchun o’zining tarixida hech qanday moddiy amaliyot bilan shug’ullanmadi va faqat fikriy va siyosiy kurash yo’lini tutdi.

Bu esa bizni shunday savol tashlashga undaydi: nega «Arabiyyul Jadid» sayti o’zi tarqatayotgan xabarning rostligiga ishonch hosil qilish uchun bir ozgina bo’lsa harakat sarflamasdan Hizb ut-Tahrirga qarshi qilinayotgan bo’htonlar va yolg’onlarni zo’r berib tarqatishga hissa qo’shishga rozi bo’lyapti?!

Shuning uchun agar bu yozuvchi bir oddiygina, tez tadqiqot o’tkazganida edi rus federal sudining Hizb ut-Tahrirni taqiqlash to’g’risida 2003 yil 14 fevralda chiqqan qarori hech qanday qonuniy asosga tayanmaganini albatta bilib olgan bo’lardi. Buni bir necha huquq markazlari, jumladan ulardan eng muhimlaridan biri Moskvadagi «Memorial» inson huquqlari markazi ham ochib tashlagan. Biz 2013 yil 9 oktyabrda Kievda bir matbuot konferentsiyasi o’tkazib unda rus stalincha rejimning bo’htonlarini va bu rejimning nafaqat Hizb ut-Tahrir va uning a’zolariga qarshi, balki Islom bilan musulmonlarga qarshi qilayotgan repressiv hamlalarini fosh qilib tashlagan edik. Biz buni to’liq hujjatlab bergan edik. Shuning uchun kim sof haqiqatni bilmoqchi bo’lsa buning hech qiyin joyi yo’q, u bo’layotgan narsalar haqiqatini bilish uchun biz bilan bog’lansa bo’ldi… Putinning stalincha inkvizitsiya sudlarining zulmi shu darajada kuchaydiki oqibatda bu sudlar yaqinda Sahih Buxoriy, Hisnul muslim va Arba’ina Navaviyya kitoblarini taqiqlangan ekstremistik materiallar deb qaror chiqardi. Balki ish hatto Qur’oni Karimni ham taqiqlab qo’yish darajasiga ham etdi!!

Qrimni bosib olganidan keyin Putin rejimi uch yuzdan ko’proq kitoblar, kitobchalar va audio va video Islomiy materiallardan iborat uzun ro’yxatni taqiqlab qo’ydi, uning xavfsizlik idorasi Qrimdagi ko’pgina Islomiy saqofiy va ta’limiy markazlarda va masjidlarda taqiqlangan materiallarni – ularni «ekstremizm va terrorizmga chaqiruvchi materiallar» degan bahona bilan musodara qilish maqsadida – tintuv amaliyotlarini o’tkazdi…

Bu raddiyada Putin rejimi jinoyatlarining uzun ro’yxatini keltirib o’tirishning iloji yo’q. Bu rejim o’sha yovuz inkvizitsiya sudlari davrlari bilan raqobatlashishda o’zining o’tmishdoshi Stalin rejimidan ham o’tib ketdi… Shuning uchun biz bu o’rinda axborot vositalaridan yolg’onlarni zo’r berib tarqatishda bu rejimga sherik bo’lmaslikni talab qilamiz. Bizning matbuot bo’limlarimiz olam bo’ylab tarqalgan, ularning adreslari ma’lum, shuning uchun haqiqatni bilmoqchi bo’lgan va axborot tarqatishda xolis professionallik me’yorlariga amal qilmoqchi bo’lgan kishi bu axborot idoralari bilan oson bog’lanishlari mumkin. Aks holda u o’zi zo’r berib oqlaydigan jinoyatlarga sherik bo’lib qoladi.

Hizb ut-Tahrirga kelsak, u mustahkam tog’dek yuksakdir, uni yordamsiz tashlab qo’yganlar ham, unga bo’hton qilayotganlar ham unga zarar keltirolmaydi. Bu kek-adovatga to’la uslublar Hizb a’zolarining Alloh Subhanahu va Taolo rozi bo’ladigan narsani mahkam tutish va to Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tiklanib e’lon qilinmaguncha – bu esa Allohga aslo qiyin emas – harakatni davom ettiraverish borasidagi azm-qat’iyatlarini yanada ziyoda qiladi, xolos…

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari bu ishni to uni Alloh g’olib qilib ro’yobga chiqarmaguncha yoki uning yo’lida halok bo’lib ketmagunimizcha tark qilmasligimiz haqida Allohga ahd berganmiz.

«Albatta mo’min va mo’minalarni fitnaga solib, (bu qilmishlaridan) tavba qilmagan kimsalar uchun jahannam azobi bordir va ular uchun o’t azobi bordir!» [Buruj 10]

Usmon Baxxosh Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa- «KolumbiaTSentr» – blok b – ikkinchi qavat Pochta qutisi14­5010

telefon: 009611307594

uyali telefon: 0096171724043

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.