Erdogan qasamiyod marosimiga Obama va Putinni da’vat qildi

395
0

2014-08-20-11-26-59Turkiyaning yangi prezidenti Rajab Toyyib Erdogan xalq tarafidan saylangan birinchi prezident bo’lganligi sababli uning qasamyod marosimi ham “birinchilar”ga sahna bo’lishi kutilmoqda. Bundan avval Turkiya prezidentlari parlament tarafidan tayinlangani uchun qasamyod marosimi parlamentning bir faoliyati sifatida o’tkazilar edi.

Erdogan xalq tarafidan saylanganligi uchun uning qasamyod marosimi ham avvalgilardan o’zgacha bo’lishi aytilmoqda. Xabarlarda aytilishicha, Erdoganning qasamiyod marosimida xorijiy davlat rahbarlari ham ishtirok etadi.

Shunga binoan Prezident Erdogan 28 avgust kuni o’tkazilishi belgilangan prezidentlik qasamyod marosimiga dunyoning bir qancha davlatlaridan prezidentlar va bosh vazirlarni taklif qildi. AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nomlari taklifnoma ro’yxatining boshidan o’rin olgan.

Shuningdek qasamyod marosimiga Qatar kabi Ko’rfaz davlatlarining rahbarlari ham ishtirok etadi.

Turkiston:

“Sen manga do’stingni ayt, men senga kimligingni aytib beraman”. Suriyani eslab, minbarlarda turib ko’z yoshi to’kayotgan Erdagonga eslatib o’tamiz! Aynan shu siz mukarramlamoqchi bo’layotgan kufr etakchilari, nafaqat Suriya, balki musulmonlarning boshiga tushayotgan barcha muammolarning asl sababchilari.

Payg’ambarimiz SAV “qiyomatda xar bir inson, o’z do’sti bilan birga tiriladi” dedilar. Erdagon o’z xalqining ustida makr qilmoqchi. U musulmonlarning pokiza tuyg’ularidan foydalanib, o’zining islomiy chiqishlari bilan o’ziga nisbatan ishonch paydo qilib oldi. Endi esa, Islom va musulmonlarning asl dushmanlarining tashriflarini, o’zi uchun sharaf deb bilishini e’lon qilmoqda. Biz Erdagon va boshqa islomiy yurt etakchilarini, shu kabi Olloxga qarshi makr qilishdan ogoxlantiramiz. Olloxning makri juda qattiq!

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.