Dushanbeda bo’lib o’tadigan ShHT sammiti xavfsizligini ta’minlash uchun Tojikiston barcha choralarni ko’rmoqda

428
0

C80A5259-C0EB-451C-A2DE-406E4CF850A7_mw1024_s_nTojikiston ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko’ra, Dushanbe shahrida sentyabr oyida bo’lib o’tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida xavfsizlikni to’la ta’minlash uchun Tojikiston hukumati imkoniyatidagi barcha choralarni ishga solmoqda.

“2014 yilning sentyabr oyida Dushanbe shahrida ShHTga a’zo davlat rahbarlarining yig’ilishi bo’lib o’tadi. Bugungi kunda mazkur tadbir bo’lib o’tayotgan vaqtda xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha choralarni ko’rish juda muhim”, – deyiladi xabarda.

19 avgust kuni Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda ish safari bilan Xitoyga borgan va Xitoy Jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun bilan uchrashib qaytgan edi.

Ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarda aytilishicha, “Tojikiston ichki ishlar vaziri bo’lib o’tadigan siyosiy tadbir xavfsizligini ta’minlash bo’yicha imkoniyatdagi barcha choralar ko’rilayotganini ta’kidlab o’tdi. Vazir boshchiligida respublikaning barcha huquqni muxofaza qiluvchi tuzilmalaridan iborat Muvofiqlashtiruvchi shtab tashkil etilgan. Mazkur shtab jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha kuchaytirilgan choralarni ko’rmoqda hamda bajarilgan ishlar to’g’risida har kuni hukumat boshlig’iga hisobot topshirmoqda”.

Tojikiston poytaxtida 1 avgustdan boshlab xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, pasport nazorati bo’yicha tadbirlar o’tkazilmoqda. ShHT sammiti o’tkaziladigan hududga yaqin joylashgan odamlar ommaviy to’planadigan joylar, ko’cha, hududlar kuchaytirilgan va doimiy nazorat ostiga olingan.

Avgust oyi oxirlaridan boshlab Tojikistonning barcha kuch organlari shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan xizmatga o’tkaziladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.