Falastinliklar G’azo sektoridan qamalni olib tashlashga muvaffaq bo’ldilar

386
0

_74400878_74401519“IslamNews” axbarot agentligining Falastin qarshilik harakatiga yaqin manba ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilishicha, Qoxira vositachiligida bo’lib o’tgan ko’p kunlik muzokaralar natijasida Falastin qarshilik harakati va Isroil qamal qilingan G’azo sektorida otishmalarni butunlay to’xtatish to’g’risidagi kelishuvga imzo chekdilar. Mazkur kelishuv to’laligicha Falastin tomoni qo’ygan shartlar asosida imzolangan va bu orqali falastinliklar mislsiz diplomatik g’alabaga erishganlar.

Hujjat kelishuv bajarilishiga kafil bo’lgan Yevropa ittifoqi vakillari ishtirokida imzolandi.

Agentlik suhbatdoshining so’zlariga ko’ra, imzolangan hujjat Falastin qarshilik harakati talab qilgan deyarli barcha punktlarni o’z ichiga oladi.

Shunday qilib Isroil G’azo sektoridan qamalni olib tashlashga, barcha nazorat o’tkazish bo’limlarini ochishga, mintaqaga qurilish materiallari olib kirish va pul o’tkazmalariga to’sqinlik qilmaslikka rozi bo’lgan.

Kelishuvga muvofiq G’azo sektorini qayta tiklash Rami Hamidulloh boshchiligidagi Falastin hukumati nazorati ostida olib boriladi.

G’azoni elektr bilan ta’minlash muammosi hujjat imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida xal etiladi.

Bundan tashqari falastinlik baliqchilar qirg’oqdan to’qqiz mil uzoqligda baliq ovlashlari mumkin va keyingi yarim yil ichida baliq ovlash masofasi 12 milgacha kengaytiriladi.

Falastinliklar sektorda dengiz porti ochishga Isroil roziligini olishgan. Port ochish tafsilotlari sentyabr oyida muxokama qilinadi.

Isroil qamoqlarida saqlanayotgan falastinlik mahbuslarni ozod qilish masalasi keyinga qoldirildi.

Kelishuv tafsilotlari yaqin kunlarda ma’lum qilinishi xabar qilinmoqda.

Hozircha Falastin delegatsiyasi 19 avgust kuni nihoyasiga etgan vaqtinchali sulhni yana bir kunga uzaytirganini ma’lum qildi.

Turkiston:

Orzuga ayib yo’q. Xa bular urushni bir kunga uzaytirishdi! Tinchlikni emas! Chunki kechadan Isroil yana avvalgidek bombardimon qilishni boshladi.

Bu va shular kabi, muammoni mavjud belgilangan o’lchamlar asosida o’zgartirish mumkin deb o’ylayotgan xar qanday delegatsiya yoki boshqa gurux, xatto davlatlar uyushmalari bo’ladimi, birortasi muvoffaqqiyat qozona olmaydi. Ular o’zlarini nimadir qilayotgandek ko’rsatishga urunishadi xalos. Chunki ularning o’zlari xam muvoffaqqiyatdan umid qilishmaydi. Faqat orzu qilishlari mumkin. Bularning xarakatlari kufr tomonidan uyushtirilayotganiga kelsak. Ummatni xaqiqiy o’zgarishlar yasashi mumkin bo’lgan to’g’ri xarakatlardan vaqtincha bo’lsa xam chalg’itib berishlaridan umid qilishadi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.