«Xalifalik»ni e’lon qilish IShID tushib qolgan bir tuzoqdir va bu narsa uning bir tashkilot ekanligini aslo o’zgartirmaydi

44
0

01-11Hijriy 1435 yil ramazonning birinchi kuni, milodiy 2014 yil 29 iyunda IShID (Iroq va Shom Islom Davlati) tashkilotining rasmiy notig’i «Abu Muhammad Adnoniy» Islomiy Xalifalik davlati tiklanganini e’lon qildi. U shuningdek a’yonlar, qo’mondonlar, amirlar va IShIDdagi sho’ro majlisidan iborat ahli hal val aqd o’zlarining amirlari «Abu Bakr Bag’dodiy» laqabi bilan tanilgan «Ibrohim Avvod Badriy»ga xalifalik bay’atini berishganini, u bu bay’atni qabul qilib bu bilan musulmonlar xalifasiga aylanganini, shuning uchun qolgan musulmonlarning ham unga bay’at berishi va unga itoat etishi vojib bo’lib qolganini ham e’lon qildi.

Xalifalikni e’lon qilish borasidagi bu og’ir xato biz uchun kutilmagan ish bo’lgani yo’q. Chunki bu ish o’zini itoat etish vojib bo’lgan Islomiy davlat deb hisoblab «Iroq Islomiy davlati»ni e’lon qilganidan keyin, so’ngra «Iroq va Shomdagi Islomiy davlat»ga aylanish uchun o’ziga Jabhatun Nusrani qo’shib olganini e’lon qilganidan boshlab o’zi uchun musulmonlar orasida qabul bo’lishni topolmaganidan keyin oldinga qarab qochishga odatlanib qolgan tashkilot tomonidan sodir bo’lishi kutilgan edi.

Xalifalik haqidagi bu e’lon Iroqda Molikiyning adolatsiz siyosatiga qarshi qo’zg’olon intifozasiga o’xshash narsa yuz berganidan keyin yuzaga keldi. Bu intifozada arab urug’lari, baaschi zobitlar…dan iborat bir necha taraflar ishtirok etdi… va ishlar tartiblashtirildi so’ngra rejalashtirganlar tomonidan puxtalandi. Qo’zg’olonchilar qarshisida mag’lub bo’lib o’z harbiy qismlarini tark qilgan va o’z ortlarida og’ir qurol-aslahalarni, Mosul bankida esa milliardlab pullarni qoldirgan xizmatdagi zobitlar bilan tuzilgan yashirin kelishuv bilan shunday bo’ldi! Buning ortidan axborot vositalarida bu g’alabalar ortida IShID turibdi, deb uqtirish va katta shov-shuv ko’tarib shishirib ko’rsatishlar boshlandi… Natijada bu tashkilot o’zi haqida bu yurtni o’zining imoni bilan ozod qildi va o’zining qat’iyati bilan bu pullar va harbiy texnikalarni g’aniymat-o’lja qilib oldi, deb xayol qildi! Bu tashkilotdagilar butun er yuzi o’zini boshqarishga ularni chaqiryapti, Xalifalik o’zini e’lon qilishlari uchun ularni intizor kutyapti, deb xayol qilishdi! Ular yaxshi gumonda amalga oshirilgan bu narsa aslida G’arb tomonidan ularni aldab-avrab sekin-asta mana shu qotil tuzoqqa tushirish ekanligidan ogoh bo’lishmadi. Bu tuzoq Xalifalik suratini buzib ko’rsatish uchun Xalifalikni e’lon qilish tuzog’i edi!

Ey dorul Islom markazi bo’lmish Shom Suriyasidagi musulmonlar!

Yuz bergan bu hodisa buyuk Xalifalik loyihasini yo’q qilish maqsad qilingan qator ishlar silsilasidagi bir yangi halqa bo’lishdan nariga o’tmaydi. Suriyadagi qo’zg’olon vaziyati rivoji Xalifalikni kuchli talab qilish darajasiga, ilmoniylar loyihasi esa yo’q bo’lish sari yuz tutish darajasiga etganidan keyin va milliy koalitsiyadan iborat bir hovuch qolgan-qutgan ilmoniylarning xalq orasida aytarli hech qanday obro’si qolmaganidan keyin shu halqani qo’llab ko’rishga o’tishdi… Suriyadagi ana shu vaziyat oqibatida G’arb shu darajada qo’rquvga tushib qoldiki bu qo’rquv uni g’arbcha ilmoniy echim faqat G’arb manfaatlari va nufuziga xatar tug’dirayotgan Suriyadagi ana shu kuchli islomiy holatga zarba berishdan keyingina dunyo yuzini ko’radi, deb aniq ishonch hosil qilishga olib keldi.

Biz albatta Xalifalik loyihasiga qarata kofir G’arb qopchig’idan otiladigan oxirgi «o’q» u xalifalik degan bir narsani tiklash ekanligini juda yaxshi bilar edik. Lekin bu xalifalik nima o’zi? U hech shubhasiz Xalifalikni xunuk qilib ko’rsatadigan, sodda musulmonlarni Xalifalikdan nafratlantiradigan, ana shundan keyin G’arb xohlasa musulmonlarning o’zlarining qo’li bilan qulatadigan haqiqiy bo’lmagan «xalifalik»dir. Maqsad ana shundan keyin Xalifalikni talab qilayotgan yuz millionlab musulmonlar qalblarida Xalifalikni qulatishdir… Zero biz yaqinda Amerika prezidenti Barak Obamaning maslahatchisi Muhammad Abyoriyning: «Xalifalikning qaytishi bir muqarrar ishdir, shuning uchun Qo’shma Shtatlar oldidagi yagona variant Xalifalikni o’z izmiga solishdir» degan gaplarini hammamiz eshitdik.

Biz Xalifalikni ilmoniylar aslo tiklamasligini ham yaxshi bilamiz. Chunki aks holda u birinchi kundanoq fosh bo’lib sharmandasi chiqadi… Aksincha Xalifalikni musulmon odamlar tiklaydilar, ular uni tiklash yo’liga o’z qonlarini rohatlanib baxsh etadilar, Xalifalik yo’lida o’zlariga qarshi chiqqanlarga qarshi jang qiladilar… Bu esa amalda bo’lgan ishdir… Bu «davlat»ni e’lon qilganlar yo’l qo’ygan eng katta xato o’zlarini mansur-nusrat berilgan toifa va ahli sunna val jamoa deb, qolgan musulmonlarni esa murtadlik va munofiqlik ahli bo’lmasa-da bid’at va zalolat ahlidir, deb xayol qilishgani bo’lsa kerak.

Chunki davlat u haqida quruq e’lon qilib qo’yish bilangina yoki u haqda xushxabar berib qo’yish bilangina yoki uning ahlidan qarshi chiqqanlarni jazolash bilangina bo’lmaydi. Aksincha davlat – apparat, nizomlar va muassasalardir. Davlat o’z zimmasidagi vojib vazifalarni bajaradi, qolaversa o’z haq-huquqlariga ega bo’ladi… Davlat – barcha sohalarni qamrab oluvchi konstitutsiya, aniq qonunlar bo’lib, hokim fuqarolar tomonidan shu konstitutsiya va qonunlar asosida muhosaba qilinadi… Davlat – ijroiy vujud bo’lib, u o’z hokimiyatini va shar’iyligini musulmonlardan oladi, u musulmonlarga ularning roziligisiz majburlab yuklanmaydi… Davlat – armiya, politsiya, voliylar, qozilar va xizmatchi xodimlardir… Davlat – bir ma’lum poytaxtdagi tinchlik va omonlikdir, bir qodir, layoqatli, aniq sulton-hukmronlik egasi bo’lgan imom bu davlatni boshqaradi, istagan odam bu imomni topa oladigan bo’ladi. Davlat – imom bay’atga loyiq bo’lsa ahli hal val aqd unga rozilik va o’z ixtiyori bilan beradigan bay’atdir.

Ammo Xalifalik yo’qotilganiga to’qson yildan ko’proq vaqt o’tganidan keyin haqiqiy bo’lmagan xalifalikni e’lon qilinganiga kelsak, uning u erda hech qanday tayanchlari yo’q, bir ma’lum poytaxti ham yo’q, ko’zga ko’rinib turgan g’olib hukmronligi ham yo’q, uni e’lon qilganlarda shariat borasida ham, siyosat borasida ham hech bir ong yo’q… Demak bu – Allohga qasamki – musulmonlar tuyg’ularini o’yinchoq qilib o’ynash, ularning orzu-umidlarini chil-parchin qilish, ularning asablarini qiynash, yosh o’g’lonlarini kuydirib kul qilish, ularning dushmanlari foydasiga xizmat qilishdir.

So’zimiz yakunida dorul Islom markazi bo’lmish Shomdagi ahlimizga quyidagilarni aytamiz:

Makru hiyla tegirmoni G’arb davlatlari elchixonalarida ularning malaylarida tinimsiz aylanmoqda. Ular sizning qo’zg’oloningizni va qo’zg’olonchilaringizni malaylik, xiyonat va dinga dushmanlik «kushxonasi»da qurbon qilishmoqchi… Shunday ekan uyg’oninglar va ularning sizlarni bir-biringiz bilan urushtirish uchun jar solishayotgan chaqiriqlaridan o’ta ehtiyot bo’linglar. O’zingizni – o’zingiz bila turib – dushmanlaringiz xizmatkorlariga aylantirib olmang… Kishi modomiki bironta harom qonni to’kmas ekan doim dinning rohatbaxsh kengliklarida bo’ladi… Demak biz uchun bu jahannamiy loyihaga qarshi turishning yo’li faqat payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik fikratini mahkam tutish, uning uchun ildam harakat qilish, G’arbning Xalifalikni xunuk ko’rsatib uni yo’q qilishga oid o’yinlaridan va qabih rejalaridan ongli ravishda ogoh bo’lish, o’z siyosiy etakchiligimizni unga loyiq bo’lgan ongli muxlis kishilarga berishdir. Bu loyiq ongli muxlis kishilar Ummatni sevadilar, Ummat ham ularni yaxshi ko’radi, ular Ummatga xayri duoda bo’ladilar, Ummat ham ularga xayri duoda bo’ladi… Ular Xalifalikni tiklasalar u bilan erni zilziladek larzaga soladilar, olamdagi kuch muvozanatlarini butunlay o’zgartiradilar, Xalifalikni – uni xunuk qilib ko’rsatishdan – himoya qiladigan qo’rg’on bo’ladilar, uni makru hiylalardan va fitnalardan himoya qiluvchi qalqon bo’ladilar.

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari musulmonlarning barcha yurtlarida doimo musulmonlarning eng birlamchi masalasi bilan birga qolaveramiz. Bu masala payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklashdir. U hamma musulmonlarning Xalifaligidir. Zero u biron tashkilot, hizb, jamoat va mazhabning monopoliyasi emas. Shuning uchun biz Xalifalikka da’vatni davom ettiraveramiz, uni himoya qilishda davom etamiz, unga qarshi tadbir qilinayotgan barcha makr hiylalarni fosh etaveramiz, butunlay jiddiylik, sabr va shariat ahkomlariga qattiq amal qilish bilan uni tiklashga harakat qilaveramiz. To Alloh O’z amri bilan hukm qilgunga qadar shunday qilishda davom etaveramiz. Alloh har bir narsaga Qodirdir.

Hizb ut-Tahrir

12 ramazon 1435h

10 iyul 2014m

Suriya viloyati

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.