Atambaev Karimovga qarshi!

413
0

01-11Atambaev Karimovga qarshi!

«24.kg» sayti 2014 yil 7 iyunda xabar tarqatishicha Qirg’iziston janubi Osh shahrida yashovchi o’n minglagan odamlar asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun gaz topa olmayapti. 2014 yil aprel oyidan buyon Qirg’iziston aholisi boshdan kechirayotgan bu muammoga sabab O’zbekiston bilan Qirg’iziston o’rtasidagi aloqalar keskinlashganidir. Bu aloqalar Qirg’iziston «Qirg’izgaz» shirkatini Rossiyaning «Gazprom» shirkatiga sotishi natijasida keskinlashdi. «Qirg’izgaz» shirkati 2014 yil 10 aprelda faqat 1 dollarga sotib yuborildi! Bunga qarshi o’zbek hukumati Qirg’izistondagi Osh shahriga gaz etkazib berishni to’xtatib qo’ydi va gaz etkazib berishni qayta boshlashni qat’iyan rad etdi!

Rossiya shirkatining savdo bitimi 25 yilgacha kuchda bo’ladi va bu muddat tugaganidan keyin bitimda ko’rsatilishicha Qirg’iziston gaz shirkatini qaytarib oladi, lekin bu shirkatning o’sha vaqtdagi qiymatida qaytarib oladi. Holbuki, u paytga kelib uning qiymati millionlab, balki milliardlab dollar bo’lishi ham mumkin! Bitim shartlari ichida Rossiyaning Qirg’izistonni shu bitim muddati davomida gaz bilan ta’minlash majburiyatini olishi ham bor edi. Lekin Rossiya bu kelishuvga amal qilmadi va va’dasiga vafo qilmadi. Natijada mana bitim kuchga kirganiga ikki oydan ko’proq vaqt o’tganiga qaramay Qirg’izistonga gaz etkazib berilmadi. Buning oqibatida Qirg’iziston gaz uzib qo’yilgani sababli tang ahvolda qoldi!

Boshqa tomondan esa «CA-NEWS» agentligining xabar tarqatishicha bosh vazir Abdurahmon Mamataliev Uchqo’rg’on mintaqasiga qilgan safari chog’ida ekspertlarni tinglaganidan keyin katta Namangan kanali uchun suv to’planadigan joylarni ta’mirlash ishlari o’tkazilishi bahonasida yopib qo’yish kerak degan fikrni olg’a surdi! Qirg’iziston suv to’planadigan joylarni to’sib qo’yish uslubini bundan oldin 2010 yilda Qozog’istonning Qirg’iziston bilan bo’lgan chegaralarini ikki hafta davomida yopib qo’yganiga qarshi javob sifatida qo’llagan edi. Chunki o’shanda Qirg’iziston Kirov suv omborini yopib qo’ydi. Natijada Qozog’iston keyingi kuni o’z chegaralarini ochishga majbur bo’ldi… Namangan orqali o’tadigan katta Namangan kanali Farg’ona vodiysi uchun bir muhim suv arteriyasi hisoblanadi, uning uzunligi 135 kilometrdir. Bu kanal O’zbekistonni sekundiga 30 kub.metr suv bilan ta’minlaydi…

Bu to’g’rida Qirg’iziston prezidenti Atambaev «Gazprom» shirkati bilan tuzilgan bitim haqidagi murojaatida bunday deb bildirgan edi: «Qirg’izistonga gaz etkazib berish ishonchsiz sherikdan, ya’ni Toshkentdan, boshqa ishonchli sherik, ya’ni Moskva, qo’liga o’tdi, shuning uchun gaz etkazib berilishi borasida bir oz kutish zarur». Biroq «ishonchli sherik» Moskva Toshkent bilan kelisholmayapti. Toshkentga Qirg’izgaz shirkati xo’jayinining o’zgarishi aslo yoqmasligi aniq. Shuning uchun bu ish Qirg’izistonga gaz etkazib berishni to’xtatib qo’yishga olib keldi. Bu esa o’z navbatida Bishkekni Qirg’izistonga gaz etkazib berilishini qayta boshlashga majbur qilish uchun bir bosim o’tkazish «kartasi» sifatida O’zbekistonga suv etkazib berishni to’xtatib qo’yishga majbur qildi.

Binobarin demak bu bitim va bu qizib borayotgan nizo to’lovini to’layotganlar O’rta Osiyo musulmonlari bo’lyapti. Chunki gaz yo’qligi sababli Qirg’iziston aholisi qiynalayotgan bo’lsa, suv resurslari yo’qligi sababli O’zbekiston aholisi qiynalmoqda!

Mustamlakachi kofirlarning yurtlarimizga qarshi fitnaga til biriktirishlari davom etmoqda va avj olmoqda. La havla vala quvvata illa billah. Bu zaiflik va xoru zorlik holati hamda boshqa millatlarning ustimizga itdek tashlanishi qachongacha davom etar ekan?!

Ey musulmonlar!

Islomiy Ummatga qarshi jinoyatkorona fitna to’rlari to’qilayotganini tushunib etish boshimizga yog’ilayotgan bu muammolardan xalos bo’lish uchun tashlanadigan birinchi qadamdir. Lekin buni tushunishning bir o’zi kifoya qilmaydi! Chunki Xalifalikni tiklash uchun bor kuch va tezlik bilan jiddiy harakat qilish zarur. Xalifalik odamlar manfaatlarini himoya qiladi, korruptsiyachilarning va mustamlakachi kofirlarning bu Ummat imkoniyatlari va boyliklarini sovurishiga to’siq qo’yadi… Xalifalik Ummat qalqonidir, uning yordamida mustamlakachilarning kishanlari sindirib parchalab tashlanadi, yurtlarimizga ko’z olaytirayotgan mustamlakachilar nufuzi Xalifalik yordamida yo’q qilinadi…

Ey musulmonlar!

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari sizlarni biz bilan birgalikda Payg’ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni tiklab islomiy hayotni qayta boshlash uchun harakat qilishga chaqiramiz. O’shanda Ummatimiz o’zining avvalgi kuchli, qudratli, tinch, osuda davriga qaytadi. Natijada er o’z boyliklarini tashqariga chiqaradi, er yuzi ahli uning boyliklaridan bahramand bo’ladi. Bu esa Allohga aslo qiyin emas…

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.