Rasmussen: NATOning kengayib borishiga hech kim VYeTO qo’ya olmaydi

392
0

NATOning bosh kotibi Andres Fog Rasmussen NATO tashkilotining “Ochiq eshik” siyosati tarixiy muvaffiyatni qo’lga kiritganligini bildirdi.

“NATOning eshiklari doimo ochiq. Hech qanday uchinchi davlat NATOning kengayib borishiga qarshilik qilish uchun VETO qo’ya olmaydi”, dedi Fog Rasmussen.

NATOga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi oldidan nutq so’zlagan Rasmussen o’tgan yig’ilishda NATOga a’zo bo’lish niyatida bo’lgan to’rt davlat tarafidan taqdim qilingan kelishmalar va NATO tashkilotining “Ochiq eshik” siyosati muhokama qilinganligini ma’lum qildi.

Bu kelishmalar ham NATOga, hamda unga a’zo bo’lgan davlatlarga yaxshi natijalar keltirishini bildirgan Rasmussen 4-5 sentyabrda Britaniyaning Uels shahrida tashkil qilinadigan NATO oliy yig’ilishida bu mavzular ko’rib chiqilishini bildirdi.

“Har bir davlatlarning turli sohada qilishi kerak bo’lgan vazifalari bor. Eshikdan kirishlari uchun kerak bo’lgan yordamni beramiz”, dedi Rasmussen.

NATO bosh kotibining bildirishicha, yig’ilishda Ukraina masalariga tegishli siyosat sababli Rossiya va NATO aloqalari qayta ko’zdan kechirilishi va bundan so’ng tashlanadigan qadamlar belgilanishi talqin qilinadi. Agar Rossiya Ukrainadagi mojaroga barham berishga hissa qo’shmayotganligi ma’lum bo’lsa, NATO Kremlga qarshi kuchliroq sanksiyalar qo’llashi mumkin. Rasmussenning fikricha, Rossiya Ukraina yuzasidan xalqaro xavotirlarni inobatga olmayapti.

Ammo Rossiya NATOning har qanday kengayishini, xususan o’zining chegarasiga yaqin mintaqalar haqida gap ketganda bu narsani o’zi uchun tahdid deb biladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.