Rossiyada 20 kishi qo’lga olindi

464
0

1 Rossiyaning Peterburg shahrida Rossiya davlat sudi tarafidan “terrorchi” tashkilot deb e’lon qilingan Hizbut Tahrir fikriy, siyosiy uyushmasiga qaratilgan navbatdagi bosqinchilik amaliyotida 20ta musulmon qo’lga olindi.

Bosqinchilik amaliyotlari Shaharning bir nechta nuqtalarida aynan bir vaqtda amalga oshirilgan.

 Amaliyotda rus milliy xavfsizlik xizmatining ko’p sonli josuslari bilan birgalikda “OMON” guruhi ham ishtirok etgani aytilmoqda. Bosqinchilik amaliyotlari o’tkazilgan joylar orasida o’quv yurtlari ham bor. Davlatga qarashli kuch ishlatar tizimlar talabalarning yotoqxonalarida ham tintuv o’tkazgani aytiladi xabarda.

Turkiston:

Rossiya hukumati Hizbut Tahrirning Rossiyadagi faoliyatiga tamoman chek qo’yish maqsadida bunday bosqinchilik amaliyotlarini tez tez amalga oshirmoqda. Shu vaqtgacha rus xavfsizlik xizmati xodimlari tarafidan Rossiyadagi musulmonlarga nisbatan juda ko’p bosqinchilik amaliyotgari uyushtirildi. Har gal soxta ayblar to’qib chiqariladi. Nima qilsin, bechora, boshqa iloji ham yo’q. O’tkir fikrdan boshqa quroli bo’lmagan xolis musulmonlarga qarshi kurashish uchun Rossiya hukumati boshqa hech qanday yo’l topa olmayapti. Topa olmaydi ham.

Hizb ut-Tahrir Rosululloh s.a.v.ning tariqatiga ergashgan holda faqat fikriy kurash olib borishini butun dunyo juda yaxshi biladi. Lekin Rossiya hukumati dunyo ko’z o’ngida hech uyalmay, Hizb a’zolariga qarshi kurashda “terrorizm” tamg’asini yopishtirib, yolg’on ayblovlar qo’yib kemoqda. Xuddi O’rta Osiyo davlatlari kabi. Lekin ularning qilayotgan ishlari aks ta’sir qilib musulmonlarning ko’zlari yanada kattaroq ochilishiga sabab bo’lyapti. Chunki bu ishlar voqelikni o’z ko’zi bilan ko’rib turgan Islom ummatini tiniqroq fikrlaydigan va adolatni izlaydigan qilib qo’ymoqda.

Qiyomuddin

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.