NATO Rossiya bilan hamkorlikni qayta tiklashni rad etdi

353
0

905277-6 NATO bosh kotibi Andres Fog Rasmussen ittifoqqa a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvidan so’ng, NATO Rossiya bilan amaliy hamkorlik qilishni to’xtatib turish muddatini uzaytirishga qaror qilganini ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, shimoliy ittifoq Rossiyaning hatti- harakatlarida o’zgarishni sezmayapti va NATOda Moskva bilan harbiy va fuqaroviy hamkorlikni rad etish siyosatini davom ettirishdan boshqa yo’l qolmayapti.

 Yig’ilish oldidan bosh kotib NATOning keyingi rejalari haqida aytib o’tgan edi. Shimoliy ittifoq yangi maqsadli mablag’lar yordamida Ukraina armiyasining harbiy salohiyatini oshirish, Gruziya bilan munosabatlarni rivojlantirishga yirik mablag’ ajratish hamda 2016 yilga borib Chernogoriyani o’z tarkibiga qo’shib olish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Eng asosiysi, shimoliy ittifoq uchinchi mamlakatlar fikrlarini e’tiborga olmay yangi a’zolarni qabul qilish huquqini o’zida qoldiradi.

 NATO Rossiya bilan harbiy va fuqaroviy hamkorlikni to’xtatishi haqida shu yilning 1 aprel kuni xabar qilgan, ammo shu bilan birga suhbat imkoniyatini saqlab qolish uchun Rossiya-NATO kengashi yig’ilishini davom ettirishini ma’lum qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.