Misr xuntasining “guantamosi” fosh bo’ldi

476
0

sas 2013 yil iyul oyida amalga oshirilgan harbiy to’ntarishdan so’ng hozirga qadar insonlarning huquqlari turli shaklda toptalayotgan bir paytda xunta hukumatiga oid yana bir maxfiy qamoqxona fosh qilindi. Qiynoq markazi sifatida qo’llanilgan “Azuli” qamoqxonasida hozirda 400 kishi mavjudligi aytilayotgan bo’lsada, biroq u erdagi mahbuslarning aniq soni ma’lum emas. Chunki ularga oila a’zolari bilan uchrashish uchun aslo ruxsat berilmaydi. Ayni paytda bunday qamoqxonadagi mahkumlarga doir ma’lumotlar Misrning rasmiy mahkamalarida ham ochiqlanmaydi.

 Angliyaning Goridian gazetasi tarqatgan xabarga ko’ra, harbiy to’ntarishdan hozirgacha yuzlagan insonlar “Azuli” qamoqxonasida qiynoqlar ostida hayotdan ko’z yumgan. Xalqaro aministiya tashkiloti tarafidan fosh etilgan va har kuni yuzlarcha musulmonlar og’ir qiynoqlarga solinadigan bu qamoqxona “Xuntaning Guantamosi” deb sifatlanmoqda. Xalqaro aministiya tashkilotining baholashicha, Qiynoq markazi sifatida qo’llangan bu qamoqxonaga o’xshashi Misrning yangi tarixida bo’lmagan.

 Qo’lga kiritilgan dalillarga ko’ra, xunta hukumatiga qarshi bo’lgan fuqarolar harbiylarga oid maxfiy qamoqxonada bir necha oylar davomida ushlab turilgan va o’zlariga qo’yilgan ayblarga iqror bo’lishlari uchun uzluksiz har kun og’ir qiyloqlarga solingan.

 Shuningdek xabarlarda aytilishicha, xarbiy to’ntarishga qarshi bo’lgan Misrlik ayollarning ahvoli ham o’ta ayanchli. Inson huquqlari faollarining qayd etishicha, 2013-yil 3-iyulidan 2014-yil 1-iyungacha hibsga olingan ayollarning soni 1585 nafarga etgan. Hibsda saqlanayotgan ayollarga nisbatan jinsiy tajovuz va zo’rlash hollari keng tarqalgan. Ayniqsa talaba qizlarga nisbatan belgilangan jazolar o’ta og’ir, ayrimlari o’ldirilgan. Inson huquqlari faollariga ko’ra, qamoqxonalarda bu jinoyatlar hukumat vakillari va xavfsizlik xizmati xodimlari hamda qamoqxona nozirlari tomonidan amalga oshiriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.