O’zbekiston Xitoydan “dron” samolyotlari sotib oldi

451
0

11-300x211O’zbekiston harbiy havo kuchlari texnikalarining safi Xitoydan sotib olingan uchuvchisiz “dron” samolyotlari bilan to’ldirildi.

Xitoyning Chendu shahrida joylashgan Chengdu Aircraft Industry Group (Chengdu Ayrtsraft Industrii Grupp) zavodida ishlab chiqariladigan Pterodactyl (Pterodaktilya) “dron” samolyotlari josuslik va hujum uyushtirishga moslashgan bo’lib, o’rta balandlikda va uzoq masofaga parvoz qila oladi.

Ma’lum qilinishicha, Pterodactyl “dron” samolyotlari o’zining afzalliklari va bajaradigan vazifalari bilan Amerikaning General Atomics MQ-1 Predator uchuvchisiz samolyotlari bilan bellasha oladi. 1100 kilogramm og’irlikka ega bo’lgan “dron” samolyoti 200 kilogrammgacha yukni ko’tarib parvoz qilishi mumkin.

Mazkur apparat uchun bir necha turdagi qurol-aslahalar ishlab chiqarilgan bo’lib, bular turkumiga tankiga qarshi HJ-10 raketalar va 50 kilogrammlik aviabombalar kiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.