Qozog’iston parlamenti Rossiya bilan havo hujumiga qarshi yagona mudofaa tizimini barpo etish to’g’risidagi kelishuvni tasdiqladi

7
0

 photo_78128Qozog’iston parlamentining yuqori palatasi deputatlari 15 may kuni “Rossiya Federatsiyasi va Qozog’iston respublikalari o’rtasida havo hujumiga qarshi yagona mintaqaviy mudofaa tizimini barpo etish to’g’risidagi” qonunni qabul qildilar.

 “Kelishuv kuchga kirgan kundan boshlab uch oy mobaynida tizim tarkibiga kiruvchi harbiy boshqaruv organlari, boshqaruv punti, birlashmalar, harbiy qism va bo’linmalar ro’yxati tasdiqlanadi. Yagona havo hujumiga qarshi tizimni qo’mondon boshqaradi. U mudofaa vazirliklari taqdimotiga ko’ra ikki davlat rahbarlari tomonidan tayinlanadi. Qo’mondonlik Almati shahrida joylashadi”, – dedi Qozog’iston mudofaa vazirining o’rinbosari O’kas Saparov.

 Saparovning belgilashicha, yagona mudofaa tizimining takomillashtirishni aniq qadamlaridan biri Qozog’iston qurolli kuchlarini zenit-raketa majmualari bilan evazsiz ta’minlash bo’ladi. Bu to’g’risida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qozog’istonga qilgan safari davomida kelishib olishgan edi.

 Qozog’iston va Rossiya o’rtasida havo hujumiga qarshi yagona mudofaa tizimini barpo etishdan assiy maqsad, ikki davlat xavfsizligi va havo bo’shliqlarini mudofaa qilish ekanligi aytilmoqda.

 Turkiston:

 KXShT bosh kotibi Nikolay Bordyuja 2014 yil 13 mart kuni bo’lib o’tgan Rossiya davlat Dumasining parlament yig’ilishida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) faoliyati masalalari bo’yicha hisobot bergan edi.

 “Hozirgi harbiy-siyosiy vaziyatni o’zgarishi va rivojlanishi davrida kollektiv xavfsizlik tuzilmalarini tashkil etuvchi harbiy salohiyatlarni takomillashtirish birinchi darajali zaruriy vazifaga aylanadi”, – degan edi Bordyuja yig’ilishda so’zlagan nutqida.

 Bundan tashqari Bordyuja, KXShT kollektiv kuchlari (qo’shin)ni vujudga keltirishni davom ettirish, bu kuchlar tarkibiga aviatsiya va maxsus bo’linmalarni qo’shish, kollektiv kuchlari tezkor bo’linmalarini zamonaviy qurol-yaroq va texnika bilan jihozlash asosiy vazifa bo’lib hisoblanishi hamda KXShT uchun havo va raketa hujumiga qarshi yagona barlashgan tuzilmani tashkil etish muhim masala bo’lib turganini belgilab o’tgan edi.

 Bugungi kunga kelib esa Rossiya hukumati o’zining janubiy chegaralarini yanada mustaxkamlash uchun yangi qadamlarini tashlashni boshladi. Chunki 2014 yilning oxiriga qadar Afg’onistondan Amerika boshchiligidagi bosqinchi kuchlarni olib chiqib ketilishi, Rossiya va Markaziy Osiyo respublikalari uchun haqiqiy muammoga aylanmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.