As-Sisi: “Musulmon birodarlar”dan asar ham qolmaydi

486
0

1399389826_1 Misrning sobiq mudofaa vaziri, prezidentlikka nomzod feldmarshal Abdul Fattoh As-Sisi “Musulmon birodarlar” jamoasini tugatganlar Misr xalqi ekanligini bildirib, agar saylovda g’alaba qozonadigan bo’lsa, Misrda “Musulmon birodarlar” jamoasidan asar ham qolmasligini ta’kidladi.

 Feldmarshal “CBC” va “NTV” fazoviy kanaliga bergan intervyusida “Musulmon birodarlar” jamoasini tag tomiri bilan quritishga va’da berdi.

 “Mening prezidentligim muddatida bu erda “Musulmon birodarlar”, degan narsa bo’lmaydi. Men Islom diniga mutlaqo qarshi emasman, bu hayolimga ham kelmaydi. Biror kishi meni hech bir shaklda Alloh Taologa qarshi turadi deb o’ylamaydi”, dedi u.

 Shuningdek, As-Sisi “Musulmon birodarlar” jamoasi haqida so’z yuritar ekan, bu jamoani siyosiy va diniy axmoqlikda aybladi.

“Misr hukumati hozirgi holatni e’tiborga olganda yutuqqa erishmadi. Musulmon birodarlar amalga oshirgan ishlar siyosiy va diniy axmoqlikdir”, dedi prezidentlikka nomzod sobiq mudofaa vaziri.

 As-Sisining ta’kidlashicha, diniy partiyalar davlat boshqaruviga yaramaydi.

 “Konistitutsiya bizga diniy asoslarga ko’ra tuzilgan partiyalarni ta’qiqlash vazifasini yuklaydi. Men Misrdagi juda ko’p diniy Hizblar va etakchilar bilan gaplashdim. Mening ularga aytadigan gapim aniq, ularning diniy xutbalari davlatni boshqarishga yaramaydi”, dedi As-Sisi.

 “Musulmon birodarlar” jamoasining etakchilaridan biri bilan 45 daqiqa suhbat qilganligini ochiqlagan As-Sisi yana shunday dedi: “U menga Suriya, Afg’oniston va Liviyadan jangarilar jang qilish uchun Misrga keladi, deb tahdid qildi. Men unga Allohga qasamki, misrliklarga biror kishi tahdid solishiga aslo yo’l bermayman, dedim.

 Turkiston:

 Sisi Asadning gaplarini takrorlayapti. Uning taqdiriga xam sherik bo’lib qolmasaydi. Yuqoridagi kibrga to’la balandparvoz gaplari, uni xali siyosatchi bo’lib shakllanmaganini anglatadi. U xali xam kufr boshqaruv sistemasining ko’ppagi. U diniy xizblarni inkor qilishi bilan, o’zining boshqaruv sistemasini kufr asosida olib borishini tan olmoqda. U xatto buni boshqa kufrga tobe’ siyosatchilar kabi yashirishga xarakat xam qilmayotgani, uni xali xam askarlarcha fikrlayotganini bildiradi.

 Endi Sisi aytayotgan islomiy xizblar xaqida qisqacha: – xizb degani biror bir mabda’dan balqib chiquvchi fikrat va tariqati bilan voqe’ni o’zgartirish asosida xarakatlanadigan siyosiy uyushmaga aytiladi. Bir mabda’ni voqe’da bor bo’lishi uchun, aytaylik Islomni xayotga olib kelish uchun boshqa mabda’ tariqati asosida xarakatlangayotgan xizblar, islomiy xizb deyilmaydi. Chunki xizbning asosi uning mabda’iyligida. Mabda’ esa, o’z fikrati (xayotdagi barcha muammolarning echimi) va o’z tariqati (fikratni sofligini ximoya qilish) ga ega bo’lishi shart. Aks xolda ko’rib turganimiz “musulmon birodarlari” singari muvaffaqqiyatsizlikka uchrayverishadi. Sisi afsus bu gaplarni xatto tushuna olmaydi. U xar qanaqangi islomiy xizblar bilan gaplashmasin, manqurtlarcha kufr boshqaruv sistemasini mavzu’ asosi qiladi. Islomning boshqaruv sistemasini e’tirof etishdan qo’rqadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.