Xalqaro Amnistiya: O’zbekiston qidirayotgan qochqin Umid Yoqubov Moskvada o’g’irlandi

368
0

D4EA7FC7-6874-4C28-A086-45DF7A288692_w640_r1_s_cx0_cy15_cw0 “Ozodlik” radiosi tarqatgan xabarda aytilishcha, Xalqaro Amnistiya inson huquqlari tashkiloti Rossiyada BMTning qochqinlik maqomini olgan 45 yoshli o’zbekistonlik Umid Yoqubov 29 aprel kuni Moskva ko’chalaridan birida o’g’irlab ketilgani haqida bong urdi. Tashkilotning ta’kidicha, O’zbekiston prokuraturasi Yoqubovni Hizb ut-Tahrir islomiy partiyasiga a’zolikda ayblagan.

 Xalqaro Amnistiya tashkiloti rasmiysiga ko’ra, 29 aprel kuni o’zbekistonlik qochqin Umid Yoqubovni uch kishi mashinaga solib olib qochgan va guvohlar bu uch shaxsdan biri politsiya kiyimida bo’lganini aytishgan.

 – Umid Yoqubov 29 aprel kuni BMT Qochqinlar idorasiga boshqa mamlakatdan boshpana olish uchun suhbatga borayotganida politsiya xodimi u mingan mashinani to’xtatgan. Politsiya haydovchining hujjatlarini tekshirayotganida uch kishi Umid Yoqubovni yoniga kelib, mikroavtobusga solib olib ketishgan, – deyiladi Xalqaro Amnistiya tashkiloti bayonotida.

 Yoqubovni taqdiri o’shandan buyon noma’lum bo’lib qolmoqda. Xalqaro Amnistiya qochqin o’zbek xavfsizlik xodimlari ishtirokida o’g’irlanib, O’zbekistonga olib ketilgan bo’lishi mumkin, degan xavotirda.

 Turkiston:

 Moddiy manfaatlar ustida bir-biri bilan ixtilof qilsada, ammo, o’ziga asosiy raqib sifatida tanlab olgan Islom va musulmonlarga qarshi kurashda kufr davlatlari doimo birlashishga va o’zaro yordam kshrsatishga tayyorlar, garchi bu ko’rsatayotgan yordamlari o’zlari ishlab chiqqan va qabul qilgan qonunlarga zid bo’lsa ham.

 Asosan Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo bo’lgan Rossiya va O’zbekiston kuch organlari Islom va musulmonlarga qarshi kurashda anchadan buyon hamkorlik qilib kelishadi. O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) xodimlarini Rossiya hududida bemalol izg’ib yurishlari, o’zlariga kerak bo’lgan odamlarni ko’cha-kuydan va hatto maxsus qo’riqlanatgan qamoqxonalardan ham hech qanday qiyinchiliklarsiz o’g’irlab ketishi va har qanday chegara nazorati va tekshiruvlarsiz O’zbekistonga olib kelishlari ham aynan mana shu tashkilotga a’zoligi “sharofati” bilan bo’lmoqda.

 Qonxo’r Karimov rejimidan nafaqat O’zbekiston ichkarisidagi, balki bu zolim zulmidan qochib chet davlatlarga chiqib ketgan va hatto o’zlarini “mustaqil” hisoblaydigan qo’shni davlat fuqarolari bo’lgan musulmonlari ham omon qolmayaptilar. O’sh viloyati Qorasuv shahridagi “As- Sarahsiy” jome masjidini imomi shahid Rafiq qori Kamolov, Shvetsiyada o’z uyi ostonasida otib ketilgan va hozirga qadar komada qolayotgan Obid qori Nazarovlar ham aynan shu qonxo’r rejim qurbonlaridir.

 Kuni kecha esa Qorasuv shahrida shahid Rafiq qorining o’g’li Roshod qori Kamolovga suiqasd uyushtirish uchun kelgan O’zbekiston maxsus xizmati xodimi ushlandi. Bu mal’un josus Roshod qori va yana bir necha musulmonga qarshi suiqasd uyushtirish uchun kelganligini ochiq tan oldi va toki Ichki ishlar bo’limiga borib janjal uyushtirmaguncha Qorasuv shahar militsiyasi uni qo’lga olishga jur’at qilmadi.

Musulmonlar birlashib o’z haq-huquqlari va molu jonlari xavfsizligini kafolatlab beruvchi Xalifalik davlatini barpo etmagunlariga qadar, mustamlakachi davlatlar va ularning yuvindixo’r malaylari tomonidan ta’qib va tazyiqqa duchor bo’laveradilar. Musulmonlarga qarshi sodir etilayotgan o’g’irlash, qiynoq, taxqirlash va suiqasdlarni oldini oladigan va o’z fuqarolari bo’lgan musulmonlarni himoya qila oladigan yagona kuch bu – Xalifalik davlatidir.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.