Qirg’izistonda aholi uchun elektr energiyadan foydalanish me’yori (limit) belgilanadi

473
0

118 Qirg’izistonda energetika sohasi mutaxassislari elektr energiyasidan foydashanishda “maishiy me’yor” belgilash tashabbusini ilgari surmoqda. Bunday chora ko’rishga, respulikada elektr energiyasi balan ta’minlash “yig’lagudek holatda”ligi sabab qilib keltirilmoqda. Bugungi kunda elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatishda foydalaniladigan asbob-uskunalarni 50 foizdan ziyodi eskirib ketganligi aytilmoqda.

 Soha mutaxassislarining aytishiga ko’ra, agar ish shunday davom etadigan bo’lsa ahvol battar murakkablashishi mumkin. Energetika vazirligida yuzaga kelgan vaziyatni elektr uchun amaldagi narx mutanosib emasligi bilan izohlashmoqda. Mutaxassislar, elektr ishlab chiqarish va aholiga etkazib berish chiqimlari, soha kirimlaridan oshib ketayotganidan shikoyat qilishmoqda.

 Qirg’iziston energetika vazirligi qoshidagi issiqlik-energetika majmuasini tartibga solish Departamenti boshlig’i Mirgul Aydarovaning so’zlariga ko’ra, aholining 67 foizi uchun elektr haqi bir kilovvat-soat uchun 70 tiyinligicha qolmoqda. Aynan shu iste’molchilar yoz oylarida 300 kVt.soat, qish oylarida 600 kVt.soatni tashkil etuvchi “maishiy me’yor” toifasiga kiritiladi. Kim bu me’yordan ko’p foydalanadigan bo’lsa, har kVt.soat uchun 1 som 20 tiyindan haq to’laydi.

 Shunga qaramay oxir oqibat “maishiy me’yor”dan oshmaganlar ham elektr uchun ko’proq haq to’lashlariga to’g’ri keladi. Chunki Energetika vazirligi ilgari surayotgan yangi narx (tarif) siyosati yaqin to’rt yil mobaynida elektr enargiyasi uchun narxni bosqichma-bosqich ko’tarishni o’z ichiga oladi. Elektr uchun narxning oshirishni birinchi bosqichi iyul oyiga mo’ljallanmoqda. Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitobiga ko’ra, narxlarni oshirish va “maishiy me’yor”ni joriy etilsh shu yilni o’zida qo’shimcha 16 million dollar keltirishi mumkin. Energetiklarning va’da qilishicha, kelgan bu qo’shimcha pullar eskirgan asbob-uskunalarni yangilashga sarflanadi.

 Qirg’iziston respublikasi sanoat va energetika vazirligi stats-kotibi Botirqul Baetov, “Bugungi kunda elektr ta’minoti tizimi shoshilinch ta’mir va asbob-uskunalarni almashtirishga muxtoj. Uskunalarni 50 foizdan ziyodi eskirib ketgan. Agar inqiroz oldi holati 15 foizni, inqiroz holati 25 foizni tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, biz ikki karra inqiroz holatidamiz. Shundan, aholini elektr bilan ta’minlash sifati, uzilishlar, avariyalar va oxir oqibat energertika xavfsizligi masalasi kelib chiqadi”, – dedi.

 Kapitalistik mabda maxsuli bo’lgan hamda shu mabdaga amal qiluvchi barcha davlatlar qatori Qirg’izistonni ham o’z domiga tortgan korruptsiya deb atalmish balo Qirg’iziston iqtisodini deyarli izdan chiqarib bo’ldi. Nafaqat Qirg’izistonda, balki, kapitalistik tuzumni o’z hayotlariga tatbiq etayotgan davlatlarda birorta ham soha yo’qki korruptsiya botqog’iga botmagan bo’lsa. Shunday sohalardan biri bo’lgan Qirg’iziston energetika sohasi ham jarlik yoqasiga kelib qoldi.

 2013 yil noyabr oyida energetika sohasi mutaxassislarining davra suhbatida ishtirok etgan sobiq Bosh vazir Jonto’ra Sotboldiev jumladan; “Qirg’izistonda energetika sohasiga jalb qilinayotgan xorijiy kreditlarni 94,1 foizini birgina “Qirg’iziston milliy energetika tarmog’i” (QMET) sarflaydi. 1991 yildan 2010 yilgacha energetika sohasiga 380 million dollar investitsiya yotqizildi. 2011yildan boshlab esa sarmoya yotqizish keskin oshdi. Shu vaqtdan buyon QMETga 275 million 880 ming dollar, “Elektr stantsiyalari”ga 78 million 160 ming dollar kelib tushgan”, – degan edi.

 Rasmiy hukumat energetika sohasiga yotqizilib, oddiy xalq bo’yniga qarz bo’lib ilinayotgan millionlab dollar xorijiy mablag’larni qanday va qaysi maqsadlarda sarflanayotganini nazorat qilish, mazkur sohada ildiz otgan korruptsiya illatini ildizi bilan qo’porib tashlash o’rniga, turli amaldor va idoralarni yillar davomida to’plangan o’n va hatto yuz minglab somlik qarzlarini narxni oshirish evaziga oddiy xalq hisobidan qoplamoqchi bo’lyapti.

 Abdurahmon Odilov

 5 may 2014 yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.