Turkiya Qirg‘iziston bilan hamkorlikni rivojlantirish niyatida

445
0

0,Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Nejdet O‘zel 23-25 aprel kunlari Qirg‘izistonga qilgan rasmiy tashrifi vaqtida, o‘z mamlakati Qirg‘iziston bilan hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi matubot xizmatining dushanba kuni xabar qilishicha, rasmiy tashrif Qirg‘iziston Bosh shtabining rahbari Asanbek Alimxo‘jayev taklifiga binoan bo‘lib o‘tgan.

“Turkiya Qurolli kuchlari o‘zlaridagi mavjud bilim, tajriba, imkoniyatlarni Qirg‘iziston Qurolli kuchlari bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Harbiy delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari harbiy munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini paydo qiladi. Shuningdek biz, Turkiya Qurolli kuchlari o‘quv muassasalarida Qirg‘iziston Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari sonini oshishidan xursandmiz”,- dedi Nejdet O‘zel.

Qirg‘iziston Mudofaa vaziri Abibullo Qudayberdiyev, Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan buyon Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan 12 million dollardan ziyod harbiy yordam ko‘rsatilganini belgilab o‘tdi va ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

Turkiston:

Qirg‘iziston oxirgi paytlarda, O‘zbek va Tojik chegaralaridagi muammolar va ular tomonidan Qirg‘izistonga berilayotgan xar xil bosimlari ostida qoldi. Buni ko‘ra bila turib Rossiya tomonidan deyarli xech qanday yordam berishga urinish bo‘lmaganligi Qirg‘iz xukumatini o‘ylantirib qoldi. Atambayev o‘zining bir tomonlama xarakatining noto‘g‘ri ekanini anglab yetdi. Bundan tashqari O‘zbekiston Rossiyani pisand qilmay,gazprom shartnomalari bo‘yicha Qirg‘izistonga olib o‘tayotgan gazini berkitib qo‘yishida, Rossiya bu muammoni yechishga botina olmay uni qirg‘iz xukumatiga tashlab qo‘yishi, uni ancha xolsizlanganini ko‘rsatdi. U Takabayev tomonidan tavfsiya qilingan, o‘zi Rossiyaparast bo‘lmagan Otorbayevni bosh va’zir qilib sayladi.

Turkiya NATOga a’zo davlat ekanligidan, u bilan yaqinlashish AQShva G‘arb bilan yaqinlashishni anglatadi. Atambayevning bu xarakatlaridan, unga nisbatan AQShning pozitsiyasini o‘zgartirib appozitsiyani vaqtincha bo‘lsa xam bosib turish imkonini beradi va Rossiyani xam o‘ziga nisbatan e’tiborliroq muomilada bo‘lishga majbur qiladi deb umid qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.