Savolga javob Amerikaning Xitoyga qarshi Hindiston siyosatiga ta’siri

490
0

images (29)

Savol:

Hindistonda 2014 yil 7 aprelda saylovlar boshlandi. Saylovlar 2014 yil 12 mayga qadar davom etadi va natijalari 2014 yil 16 mayda e’lon qilinadi. Bu saylovlarda ikki yirik siyosiy uyushma: Amerika bilan bog’langan Bxaratiya Janata partiyasi va uning ittifoqchisi hamda inglizlarga malay Kongress partiyasi o’zaro raqobatlashmoqda. Kongress partiyasi 2004 yildagi saylovlarda g’alaba qozonib hokimiyatga qaytganidan beri Britaniyaga bog’langani sababli Amerika bilan aloqada sustlik ko’rsatib keladi. Bu partiya Xitoyga qarshi turishda xavotirlikni ham izhor qildi… Savol: Hindistonning Xitoyga qarshi turish siyosatiga Amerika qanchalik ta’sir o’tkaza oladi? Buning Osiyo-Tinch Okeani borasidagi Amerika strategiyasiga hamda Amerikaning Avstraliya va Yaponiyani bu qarama-qarshilikka kirishga gijgijlashiga nima aloqasi bor? Kongress partiyasi yoki Janata partiyasi g’alaba qozonsa hukmron partiyaning kanchalik kuchga ega bo’lishiga qarab bu siyosat qanchalik o’zgaradi? Hindistonning Xitoyga qarshi turishga qudrati etadimi? Xitoy bilan Hindiston o’rtasidagi kuchlar muvozanati qanday?

Javob:

Bu savollarga javob quyidagi ishlarni ko’rib chiqish bilan aniq bo’ladi:

1 – Amerika Xitoyni uni qurshab turgan davlatlar vositasida, Tinch Okeanidagi, ayniqsa Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizidagi davlatlar vositasida iskanjaga olishga harakat qilmoqda. Amerika shu maqsadda bir necha turdagi ittifoqlarga va bloklarga tayanib ish ko’rmoqda va shu regiondagi davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. Bu narsa jiddiy shaklda o’n yildan ko’proq vaqt oldin, Amerika Xitoyni iskanjaga olish siyosati nihoyasiga yoki qoniqarli darajaga etdi degan fikrga kelgan paytda boshlandi. Ya’ni Amerika Xitoyni bundan ortiq iskanjaga ololmadi. Shuning uchun Xitoyni dunyo savdo tashkilotiga kiritib unga yaqinlashdi, u bilan savdo aloqalarini kuchaytirdi, Amerikaning Xitoy bilan strategik dialogi ilgarigidek nozik bo’lmay qoldi… Shunga qaramay Xitoy ana shu siyosat bo’yicha Amerika chizgan chiziqda aylanadigan bo’lmadi va hatto uning ittifoqchisiga ham aylanmadi. Amerika Xitoyning muhim va hayotiy mintaqasi, balki taqdiriy masalasi hisoblanadigan Janubiy Sharqiy Xitoy dengizi mintaqasi ustidan o’z nazoratini o’rnatish to’g’risidagi istaklariga chek qo’ya olmadi. Xitoy regional buyuk davlat sifatida o’z vujudini, yaxlitligini va mustaqilligini saqlab qolgan davlat bo’lib qolaverdi. Xitoy o’z harbiy va iqtisodiy qudratini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Shu darajadaki, u o’zining iqtisodiy qudratidan nafaqat foydalarga ega bo’lish uchun, balki ba’zi mintaqalarga siyosiy ta’sir o’tkazish uchun ham foydalana boshladi. Xitoy o’z regionidagi nufuzini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Bu esa Amerika siyosatiga zid keladi yoki boshqacha aytganda Amerika nufuzini xatarga qo’yadi. Xitoy taqdiriy masalasi deb hisoblagan ana shu mintaqasi ustidan hukmron bo’lish to’g’risida o’zining regional istaklari bor. Xitoy o’zining erlari cho’zilib boradigan quruqlik bilangina kifoyalanishni, iqtisodiy jihatdan bir buyuk davlat sifatida ana shu erlardagina qamalib qolishni istamaydi… Amerika ham Xitoy dengizini o’zi uchun bir muhim hayotiy mintaqa deb hisoblaydi. Chunki Amerika mag’rurligi sabab ikki Amerika materigi chegarasida qamalib qolgan bir regional davlat bo’lish bilan kifoyalanmaydi, aksincha u olamni o’zining mintaqasi deb hisoblaydi! Shuning uchun ham Amerika o’zining xalqaro hukmronligini kengaytirish maqsadida Xitoyni uning o’z regionida siquvga olmoqda… Shunday qilib demak Xitoyga savdo aloqalarida va strategik dialoglarda yaqinlashib iskanjaga olish siyosati Xitoyni Amerika chizgan chiziqda yuradigan qilolmadi, uni hatto Amerikaga ma’lum ma’noda ittifoqchi ham qilolmadi. Aksincha Xitoyning regional siyosati Amerikani tashvishga solmoqda va shundan kelib chiqib aytish mumkinki iskanjaga olish siyosatining bir o’zi foyda bermadi. Shuning uchun Amerika o’zining yangi rejasini ishlab chiqishga kirishdi. Bu reja Osiyo-Tinch Okeaniga taalluqlidir. Bu siyosat Amerikaning o’z dengiz kuchlaridan 60 %ga yaqinini shu mintaqada to’plashini taqozo qiladi. Bu Xitoyni o’z regionidagi masalalar bilan band qilib qo’yish to’g’risidagi Amerika yuritgan Xitoyni iskanjaga olish siyosatiga qo’shimchadir… Amerika o’zining butun harakatini mintaqadagi davlatlarni mana shu iskanjaga olish siyosati bo’yicha harakatga keltirishga qaratdi. Bu iskanjaga olish to’g’risida kuchli ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan ana shu davlatlarning eng ko’zga ko’ringanlari uchtadir: Hindiston, Yaponiya va Avstraliya.

2 – Hindiston haqida aytadigan bo’lsak, u Xitoy bilan 3488 km. uzunlikda chegaradosh. U erda ana shu chegaralarga taalluqli ikki mamlakat o’rtasida echilmay kelayotgan muammolar bor. Shuning uchun chorak asrdan buyon so’zlashuvlar o’tkazib kelinadi. Bu so’zlashuvlarning oxirgisi ikki mamlakat o’rtasidagi chegaralarni belgilab chiqishga oid so’zlashuvlarning o’n to’rtinchi raundi bo’ldi. Shundan keyin bu so’zlashuvlar to’xtab qoldi va o’n beshinchi raund o’tkazilmadi. 2013 yil 15 aprelda mojaro yuz berib, xitoylik askarlar Hindiston bilan bo’lgan chegarani buzib o’tib, Ladak mintaqasidagi hind erlariga bostirib kirishdi, chodirlarni o’rnatishdi, lekin uch haftadan keyin chiqib ketishdi. Bu Xitoy tomonidan Hindistonga o’z «muskullari»ni ko’rsatish amaliyoti bo’ldi. Bu bilan Xitoy Hindistonga o’zining 1962 yil oktyabrda bo’lganidek chegarani buzib o’tib Hindiston bilan urushga kirishga tayyor ekanini bildirib qo’ymoqchi bo’ldi. Chunki Xitoy armiyasi Arunachal-Pradesh mintaqasiga hujum qilib, hind kuchlarini quvib chiqardi. Ana shu amaliyotdan bir oy keyin Xitoy kuchlari hind erlariga ikkinchi marta hujum qilib, 2000ga yaqin hindni qirib tashladi. Bu ish hamon hal qilinmay kelmoqda va «amaliy nazorat chizig’i» deb atalmoqda. U ikki mamlakat o’rtasidagi to’qnashuv nuqtasi bo’lib, davomli keskinlikni paydo qilib turadi. Bundan tashqari Xitoy 1950 yilda bosib olgan Tibet mintaqasi muammosidan kelib chiqqan keskinlik ham bor. Tibet Hindiston bilan chegaradoshdir. Shuning uchun Hindiston bu muammoni qo’zg’ashda Amerikaga sherik bo’lmoqda, buni shu mintaqadagi buddistlarga va ularning rahnamosi Dalay Lamaga homiylik qilish bilan amalga oshirmoqda. Hindiston Dalay Lamaga surgundagi hukumat sifatida markaziy Tibet idorasini ta’sis qilib berdi. Bu omillarning barchasi Hindiston bilan Xitoy o’rtasidagi keskinlikni tinchimay davom etaveradigan qilib qo’ymoqda…

3 – Amerika Xitoy bilan Hindiston o’rtasidagi bu keskinliklardan Hindistonni Xitoyga qarshi qo’yishda yoki ikki mamlakat o’rtasidagi muammolarni qo’zg’ab Xitoyni shu masala bilan band qilib qo’yish uchun foydalanishga urindi. Lekin Hindiston Xitoy bilan quruqlikda qarama-qarshilikka kirishdan qo’rqadi. Xitoyning Hindistonning chekka erlariga qilgan hujumlari buni aytib turibdi. Shunga ko’ra demak Amerika uchun Hindistonni avrab uni Xitoyni doim bezovta qilib turishga gijgijlash va Xitoyni chegara muammolari bilan band qilib qo’yish muhimdir, Amerikaga shu kerak… Shu maqsadda Amerika Hindiston bilan strategik sheriklik bitimini tuzdi, ikki mamlakat o’rtasida yadroviy hamkorlik kelishuvi ham tuzildi… Qo’shma Shtatlar Hindiston bilan bir necha iqtisodiy va xavfsizlikka oid kelishuvlarni ham imzoladi. Masalan 2005 yilda mudofaa kelishuvi tuzildi, 2008 yilda esa tinch yadroviy hamkorlik kelishuvi tuzildi. Bularning barchasi ikki mamlakat o’rtasidagi xavfsizlik hamkorligini kengaytiradi. Buning natijasida hozirda bu ikki mamlakat bir necha misli ko’rilmagan mushtarak harbiy manyovrlarga kirishmoqda, katta miqdordagi Amerika qurol-aslahalarini Hindistonga sotish ham davomli tarzda kuchayib bormoqda… Hind armiyasi bosh shtabi boshlig’i general Dipak Kapur 2009 yil dekabr oxirida: «Hind armiyasi ikki frontda urushga kirish uchun tayyorgarlik ko’rishi lozim» deb aytgan paytda Amerika Pokistonga u Hindiston bilan bo’lgan sharqiy frontda o’z kuchlarini kamaytirishi va o’z kuchlarini Afg’onistonda va qabilalar mintaqalarida Amerikaga qarshi jihod qilayotgan mujohidlarga qarshi urush qilish maqsadida g’arbiy frontda to’plashi uchun bosim o’tkazdi. Bularning barchasidan maqsad Hindistonning butun e’tiborini Xitoy bilan bo’lgan shimoliy frontga qaratishi edi… Amerika Hindiston bilan savdo ayirboshlashni ko’paytirishga ham harakat qildi. Shuning uchun Amerikaning Hindistonga eksportlari hajmi boshqa har qanday davlatga solishtirganda oxirgi besh yilda ortdi. Masalan hind sanoat ittifoqi hisob-kitoblariga ko’ra xizmatlar ko’rsatish bo’yicha ikki tomon o’rtasidagi tijoratning kelgusi olti yilda oltmish milliard dollardan 150 milliard dollarga ko’tarilishi ehtimoli kuchlidir… Shunga qaramay Hindiston Xitoy bilan quruqlikda kurashga kirishdan ko’p qo’rqadi. Qolaversa Hindistonning Amerikadan ko’ra ko’proq Britaniyaga malay bo’lgan Kongress partiyasidan saylangan hokimlari Amerika manfaatlari uchun Xitoy bilan yutqaziladigan qarama-qarshilikka kirishga tayyor emas!

4 – Amerika Hindiston e’tiborini Tinch Okeanidagi sharqiy mintaqa sari, aniqrog’i Janubiy Xitoy dengizi sari burish va uni Xitoy bilan raqobatga kirishishi uchun bu mintaqadagi neft va gazdan iborat energiya manbalari borligi bilan qiziqtirib, uni o’zining Osiyo-Tinch Okeani strategiyasi doirasida Xitoyga qarshi qo’yish fikriga keldi. Shunday ham bo’ldi. Chunki Hindiston Vetnam bilan Spratli orollari ro’parasidagi territoriyada neft va gaz qidirish bo’yicha kelishuv tuzdi. Bu orollar Vetnam bilan Xitoy o’rtasida talash bo’lgan nizoli orollardir. Ana shundan keyin Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Lyu Veymin bunday deb bayonot berdi: «Biz biron bir xorijiy kuchlarning Janubiy Xitoy dengizida ko’rishni, ajnabiy shirkatlarning Xitoy suvereniteti, huquqi va manfaatlarini poymol qiladigan ishlarga aralashishini istamaymiz». (Sharqul Avsat 2011 yil 28 dekabr). Oldinroq kommunistik partiyaning matbuot organi xalq gazetasi Hindistonni ham, Vetnamni ham Xitoyga qarshi mas’uliyatsiz urinishlarni amalga oshirishda ayblagan edi. Amerika esa Hindistonni ana shu mintaqa sari gijgijlashga urinishlarni davom ettirdi. Chunki Amerika vitse prezidenti Jozef Bayden Hindistonga safar qilish oldidan Vashingtonda Hindiston e’tiborini Tinch Okeanning sharqiga qaratishga zamin hozirlash maqsadida bayonotlar berib bunday dedi: «Hindiston tinchlik va rivojlanishning bir quvvati sifatida sharq sari tobora ko’proq intilmoqda, bizga nisbatan bunday xabar olqishimizga sazovordir». U yana bunday dedi: «Biz Hindistonning bu mintaqaga kirib borishini olqishlaymiz, uning bu mintaqada quruqlik va dengizdagi tijorat va transport sohasida yangi aloqalarni rivojlantirish maqsadi ko’zlangan harakatlarini olqishlaymiz». (IIP Digital 2013 yil 23 iyul). Bundan bir oy oldin, ya’ni 2013 yil 24 iyunda Kerri o’zining hind hamkasbi Shri Salman Xurshid bilan Nyu-Delida uchrashdi va ikkalasi Qo’shma Shtatlar bilan Hindiston o’rtasidagi strategik dialogning to’rtinchi raundiga birgalikda raislik qilishdi. Ikkalasi Osiyo-Tinch hamda Hind Okeanidagi tinchlik va barqarorlik borasida mushtarak qarashda ekanliklarini yana bir bor ta’kidlashdi. Ikkalasi regional aloqalarni kuchaytirishni doim qo’llab-quvvatlashlarini va dengizdagi tinchlik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidlashdi…». (IIP Digital 2013 yil 24 iyun). Bularning barchasi Amerikaning Hindistonni Tinch Okeanidagi sharqqa, aniqrog’i Janubiy Xitoy dengiziga e’tiborni qaratishga gijgijlashga qattiq ahamiyat berayotganiga dalolat qilmoqda… Shunga qaramay Amerika o’zining Osiyo-Tinch Okeaniga taalluqli yangi rejasini ishlab chiqib, Hindistonni sharq sari gijgijlaganidan keyin o’tgan ikki yil davomida Hindiston Amerika talabiga etarli javob bergani yo’q. Bu Britaniyaga malay Kongress partiyasi siyosatiga taalluqli sabablarga hamda Hindistonning Xitoyga qarshi turishdan qo’rqayotganiga borib taqaladi…

5 – Avstraliya haqida aytadigan bo’lsak, Amerika o’zi chizgan chiziqda aylanayotgan Avstraliya rolini kuchaytirishga va o’zining Osiyo-Tinch Okeaniga taalluqli rejasi doirasida Xitoyga qarshi turish uchun Avstraliya bilan iqtisodiy va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishga harakat qila boshladi. Shu maqsadda eng yuqori mansabdagi amerikalik mas’ullar harakatga tushishdi. Ayniqsa sobiq tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton, sobiq mudofaa vaziri Leon Panetta, bosh shtab boshlig’i Martin Dempsi Avstraliyaning Pert shahrida o’zlarining avstraliyalik hamkasblari bilan uchrashishdi. Klinton o’sha kuni Pert shahridagi g’arbiy Avstraliya universitetida Amerika-Osiyo markazi ish boshlashi marosimi chog’ida bunday dedi: «Avstraliya ikki buyuk okean: Tinch Okeani va Hind Okeani o’rtasidagi strategik kesishish nuqtasini tashkil qiladi. Bu ikki okean faol tijorat eshiklaridir va olamning barcha tomonlari sari oqadigan energiya mahsulotlari etkazib berishning chorrahasidir». U yana bunday dedi: «Avstraliyada ajnabiy investitsiyalarning bu darajada yuksalishi kutilmagan hol emas. Bu investitsiyalar orasida Qo’shma Shtatlardan kelgan 100 milliard dollardan oshiq mablag’lar ham bor. Chunki bu suvlar tobora olam iqtisodining qoq markazida bo’lib qolmoqda va Amerikaning bu mintaqaga kengroq kirib kelishi uchun asosiy markaziy nuqtani tashkil qilmoqda. Shuning uchun biz uni gohida bizning Osiyodagi mehvar (o’q)imiz, deb ataymiz». Klinton yana bunday dedi: «Qo’shma Shtatlar Osiyo va Tinch Okeani mintaqasini hech qachon e’tibordan chetda qoldirmagan. Qo’shma Shtatlar Tinch Okeanida hamon bir kuch bo’lib qolmoqda, u bu erda qolish uchun turibdi». U bunday deb qo’shimcha qildi: «Qo’shma Shtatlarning Osiyo, Tinch Okean va Hind Okeani bilan Tinch Okeani o’rtasida joylashgan mintaqalar haqida fikr yuritish uslubi Avstraliya va Qo’shma Shtatlar kelajagi uchun hal qiluvchi bo’ladi». (IIP Digital 2012 15 dekabr). Klinton ana shu markazda Amerikaning Hindistonga bo’lgan qarashi va undan nimani istashi haqida ham gapirib bunday dedi: «Qo’shma Shtatlarning birlamchi strategik ishlaridan biri Hindistonning sharqqa e’tiborni qaratishga oid siyosatini qo’llab-quvvatlash va Nyu-Delini Osiyo muassasalarida va ishlarida kattaroq rol o’ynashga qiziqtirishdir». U yana bunday dedi: «Qo’shma Shtatlar Avstraliya va Hindiston o’rtasida kelgusida mushtarak dengiz manyovrlari bo’lishini olqishlaydi. Qo’shma Shtatlar 2013 yilda Avstraliya raislik qiladigan Hind Okeani qarshisida joylashgan davlatlarning regional hamkorligi ittifoqi bilan teng ish olib borishdan manfaatdordir. Qo’shma Shtatlar unga dialogdagi bir sherik sifatida qo’shildi». (Yuqoridagi manba). Bu fikrlar Amerikaning bu mintaqaga taalluqli fikrlash uslubiga dalolat qilib turibdi. Demak Amerika Avstraliyani Xitoyning bu mintaqadagi harakatlanishiga to’siq qo’yishda bir kuchli yordamchi sifatida ishga solmoqchi va bu Amerikaning o’z maqsadlariga Xitoyga quruqlikda qo’shni bo’lgan Hindiston orqali erisholmaganiga hamda Amerikaning Avstraliyani Janubiy Xitoy dengizi suvlarida Hindiston bilan sherik qilmoqchi bo’layotganiga dalolat qiladi. Chunki Avstraliya Amerika siyosatini amalga oshirishga Hindistondan ko’ra yaqinroqdir. Chunki u kapitalizmni asos qilib olgan va har qanday kapitalistik G’arb davlati kabi mustamlakachi bo’lishga intiladigan G’arb davlatidir. Shuning uchun ham Avstraliya mustamlakachilik bosqinlarida ilgari Britaniyaga sherik bo’lganidek Amerikaga ham sherik bo’ldi va hamon shu ikki mustamlakachiga sherik bo’lib kelmoqda. Chunki u shu ikki davlat chizgan chiziq bo’yicha aylanadi…

6 – Yaponiyaga kelsak, Amerika o’zining Yaponiyadagi kuchlarini kuchaytirishga va Xitoyga qarshi mintaqani mudofaa qilishda kattaroq rolni berishga harakat qilmoqda. Chunki Amerika 2014 yil 6 aprelda raketa bilan qurollangan qo’shimcha mudofaa kemalarini Yaponiyaga yuborishini e’lon qildi. Amerika mudofaa vaziri Chak Xeygel bergan intervyuda quyidagilar keldi: «Qo’shma Shtatlar 2017 yil kirib kelishi bilan Yaponiyaga raketa mudofaa sistemasi bilan ta’minlangan mina tashuvchi ikki qo’shimcha kemani yuboradi. Bu qadam yangi yadroviy sinovlar turkumini o’tkazish bilan tahdid qilgan shimoliy Koreya tomonidan bo’ladigan g’alamislikka qarshi javob sifatida tashlanadi». U Xitoyni o’zining yirik kuchlarini ishga solishning yomon oqibatlaridan ogohlantirib bunday dedi: «Buyuk davlatlar majburlash va qo’rqitishni ishga solmasligi lozim. Chunki bu kurashlarni keltirib chiqarishi mumkin». Xeygel o’zining «Xitoy bilan uning harbiy kuchlarini ishga solishi haqida va shaffoflikka undash haqida so’zlashuvlar olib borishni istashini» aytdi (Reyter 2014 yil 6 aprel). Xeygel Rossiyaning Qrimda qilgan ishini ko’rsatib o’tdi. U buni Yaponiya bilan Xitoy o’rtasidagi nizoli orollarda xuddi shunday ishni qilgan Xitoyni ogohlantirish uchun ko’rsatib o’tar ekan bunday dedi: «Sen chegaralarni qayta chizib chiqolmaysan, davlatlar erlari va suverenitetini kuch yoki zo’rlik yoki qo’rqitish bilan buzolmaysan. Bu Tinch Okeanidagi bir kichik orollarda bo’ladimi yoki Yevropadagi katta davlatlarda bo’ladimi, buning farqi yo’q». Xeygel yana bunday dedi: «Men xitoyliklar bilan so’zlashadigan yana bir narsa ularning o’z qo’shnilarini hurmat qilishi kerakligi haqidadir, majburlash va qo’rqitish faqat kurashgagina olib keladigan juda qotil narsadir». Amerika vaziri o’tgan hafta Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan uchrashib, Amerikaning Janubiy Xitoy dengizi borasida tobora ko’proq tashvishga tushayotganidan ogohlantirgan edi. (Yuqoridagi manba). Yaponiyaning Kyodo News axborot agentligi 2014 yil 5 aprelda bunday deb yozdi: «Amerika mudofaa vaziri va Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning Yaponiyaning yapon konstitutsiyasiga o’zgartirish kiritish orqali o’zini mudofaa qilishiga yo’l ochish mavzusini muhokama qilishlari kutilmoqda. Bundan tashqari Onodera Amerika mudofaa vaziri bilan bo’ladigan uchrashuvi chog’ida qurol-aslahalar va mudofaa texnik jihozlari etkazib berilishi mavzusini ham muhokama qiladi. Ikkala tomon mudofaa texnik jihozlari sohasida hamkorlikni kuchaytirishga oid bir kelishuvga erishishi ham mumkin». Ya’ni Amerika Yaponiyaga Xitoyga qarshi bu mintaqani mudofaa qilish rolini berib, o’zidan yukni engillatmoqchi va yaponlarning milliy tuyg’ularini qitiqlamoqchi. Chunki yaponlar o’zlarini himoya qilishga harakat qiladigan va Amerikadan mustaqil bo’lgan o’zlarining kuch-qudratlari bo’lishiga intilishmoqda.

7 – Endi Amerika siyosatining Osiyo-Tinch Okeaniga taalluqli Amerika rejasi borasida Kongress partiyasining yoki Janata partiyasining g’alabasi bilan ta’sirlanishi haqida aytadigan bo’lsak, bu siyosat hech shubhasiz ta’sirlanadi. Chunki Kongress partiyasi inglizlarga eskidan malay bo’lib keladi. Bu partiyada siyosiy ayyorlik bor. U bu ayyorlikni o’zining qari xo’jayini Britaniyadan meros qilib olgan. Shuning uchun demak u Amerikani tashvishga soladi. Ayni vaqtda bu partiya xuddi Britaniya kabi Amerikaga suykalib u bilan ba’zi harbiy kelishuvlarni tuzadi va savdo aloqalarini o’rnatadi. Lekin u Amerikaga siyosiy aloqalarda va strategik masalalarda tashvish paydo qiladi. Masalan Kongress partiyasi o’zining 2004 yilda g’alaba qozongan saylov kampaniyasi chog’ida bir bayonotni ishlab chiqib unda o’zining Amerikaga bo’lgan qarashini aniq bayon qildi, o’zidan oldin hokimiyatda bo’lgan Janata partiyasi siyosatini tanqid qildi. O’sha bayonotda quyidagilar kelgan: «Hindistondek bir buyuk mamlakatning AQShga tobe aloqaga ega bo’lish darajasiga tushib qolishi juda achinarlidir. Chunki AQSh hukumati Hindistonning tobeligini isbot talab qilmas (kafolatlangan) haqiqatlardan biri hisoblaydi. Bu esa Janata hukumatlarining birlamchi vazifalarni va siyosatlarni AQSh bilan moslashtirishga tayyor bo’lishiga olib keldi. Bunda Hindistonning xos hayotiy tashqi siyosatiga va uning milliy xavfsizlik manfaatlariga munosib ahamiyat berilmadi». Bu bayonotning Amerikani qanchalik tashvishga solishi unda aniq ko’rinib turibdi. Shunga qaramay strategik dialog uzilmadi, balki 2010 yil iyunda qayta tiklandi. Bu dialog 2004 yilda Bushning prezidentlik davrida boshlangan edi. Dialog muloqotida Amerika delegatsiyasi boshlig’i tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton Hindistonga «Muhtoj bo’linadigan sherik va ishonchli do’st» deb baho berdi. Shuning uchun demak Amerikaga malay Janata partiyasi qulaganidan keyin hokimiyatga Kongress partiyasining kelishidan boshlab Hindistonning Amerikaning Xitoyga qarshi rejasini ijro qilish bo’yicha yurishi qiyin bo’lib qoladi, faqat agar Amerika Hindistonga – oldinroq aytib o’tganimizdek – qiziqtiruvchi ko’p narsalarni va’da qilsagina Hindiston Amerika rejasi bo’yicha harakat qilishi mumkin. Shunga qaramay Hindiston yangi bo’lmagan, balki Janata partiyasi davrida bo’lgan shart-sharoitlarni hujjat qilib bundan bosh tortib kelmoqda. Ma’lumot uchun shuni aytamizki, Britaniya Kongress partiyasini o’ziga to’la an’anaviy malaylik qiladigan partiyaga aylantirib unga o’zining chiqib ketishidan boshlab hokimiyatni topshirgan, bu partiya hokimiyatdan butunlay uzoqlashmagan, faqat 1998 yildan 2004 yilgacha bo’lgan qisqa davrdagina uzoqlashgan, chunki o’shanda Amerikaga malay Janata partiyasi g’alaba qozongan edi, ana shundan keyin 2004 – 2009 yillardagi saylovlarda Kongress partiyasi g’alaba qozondi.

Endi 2014 yil 7 aprelda boshlangan hozirgi saylovlar haqida aytadigan bo’lsak, ularning natijalari 2014 yil 16 mayda e’lon qilinadi. Ba’zi fikr so’rovlari muassasalarining aytishicha so’rov natijalari Bxaratiya Janata partiyasi va uning ittifoqchilarining bu saylovlarda g’alaba qozonishi kutilishidan darak bermoqda. Shuning uchun agar fikr so’rovlari bo’yicha taxminlar va Hindistondagi saylovlar haqidagi fikrlarni kuzatib boruvchi muassasalar taxminlari to’g’ri bo’lib chiqsa, Janata partiyasi bir o’zi hukumat tashkil qila olishi uchun ko’pchilik ovoz bilan g’alaba qozonsa (bunday bo’lishi ehtimoldan ancha uzoq) yoki bu partiya erishgan natijalar u o’zining shartlarini tuziladigan har qanday hukumatga o’tkaza oladigan darajada salmoqli bo’lsa, agar ish shunday bo’lsa u holda Amerikaning Hindiston orqali Xitoyga tazyiq o’tkazish siyosatini yurgizish Amerika uchun Kongress partiyasi davridagidan ko’ra ko’p darajada oson bo’lib qoladi, balki o’ziga malay bo’lgan Janata partiyasi hukumati davrida bo’lganidek Amerika uchun o’z siyosatini amalga oshirish oson bo’lib qoladi. Chunki bundan oldin Kongress partiyasining o’nlab yillar davom etgan hukmronligidan keyin Janata partiyasi hokimiyatga kelgan paytda Amerika engil nafas olgan edi. 2004 yilda Kongress partiyasi hokimiyatga kelgan paytda esa Amerikaning Hindistondagi siyosatiga qarshi tashvish tug’dirish siyosati boshlandi, balki Kongress partiyasi Amerikaga uning siyosatida yordam berish qadamini tashlashdan oldin o’z manfaati uchun undan kelishuvlarni olish uchun Amerikaga ayyorlik bilan tilyog’lamalik qilgan edi.

8 – Endi Xitoy bilan Hindistonni bir-biriga solishtiradigan bo’lsak, tarozi pallasi Xitoy foydasiga og’ishi aniq. Bu quyidagi bir necha jihatdan shunday:

Chunki Xitoy garchi u o’z mabdasini ko’tarib chiqmayotgan, tashqi siyosatda, iqtisodiy va moliyaviy siyosatda bu mabdadan voz kechgan hamda hayotning ko’pgina sohalarida mabdadan voz kechgan bo’lsada biroq Xitoy bu mabdani hokimiyatda kommunistik partiya nomi bilan saqlab qoldi. Bu partiya ergashuvchilari manfaatlarini hamda davlat yaxlitligini va mustaqilligini saqlab qolish uchun shunday qildi. Bularning barchasi Xitoyning o’z xohishi bilan mustaqil harakat qilishiga olib keldi, unda tobe davlatga yoki biron yirik davlat chizgan chiziq bo’ylab aylanadigan davlatga aylanib qolishdan saqlaydigan immunitetni paydo qildi, uni olamdagi bir buyuk davlatga aylanishni orzu qiladigan davlatga aylantirdi. Milliy mudofaa universiteti professori polkovnik Leo Minju – u yosh zobitlarni mashqdan o’tkazadi – buni o’zining «Xitoy orzusi» nomli kitobida ifodalab bergan. U o’sha kitobida o’zining mamlakati Xitoyni olamdagi eng kuchli armiyaga ega bo’lishga va olam zo’ravoni Amerikani ag’darib tashlash uchun tezlik bilan harakat qilishga chaqirgan. U Xitoyni olamshumul maqsadlarga taalluqli narsalarda kamtarlikdan voz kechishga va olamda birinchi o’rindagi davlatga aylanish uchun sakrashga chaqirgan. U «Xitoy agar yigirma birinchi asrda olamda birinchi o’rinda turadigan davlatga aylanishga va olamdagi eng oliy qudrat bo’lishga muvaffaq bo’lolmasa u holda Xitoyning bir chetdagi davlatga aylanib qolishi muqarrardir…» deb qo’shimcha qilgan. Demak Xitoyda quvvatni va tahdidli chorlovni his qilish bor. Shuning uchun agar Xitoy o’z regionini saqlab qolish bilangina kifoyalanmaganida edi, o’zining regioni sari Amerikaning ko’z olaytirib harakatlanishiga qarshi javob sifatida Amerikaga qarshi turish bilangina cheklanib qolmaganida edi (shuning uchun ham Xitoy Amerikani uning mintaqalarida va nufuzi mintaqalarida larzaga solib beqaror qilishga chiqmayapti)… agar Xitoy ko’p sohalarda, ayniqsa iqtisodiy sohada kapitalizmni qabul qila boshlamaganida edi… agar mana shular bo’lmaganida edi Xitoyning xalqaro maydondagi ovozi albatta eng baland bo’lar va uning Amerika manfaatlariga ta’siri eng kuchli bo’lgan bo’lar edi… Qanday bo’lmasin, Xitoyda quvvatni his qilish bor, shuning uchun ham u o’z vujudining – garchi o’z regioni mintaqasida bo’lsa ham – o’z xohish-irodasi bilan mustaqil harakat qilishini saqlab qolishga harakat qilmoqda…

Hindistonda esa hech bir mabda yo’q, u mabdadan kelib chiqqan fikrlarga ega emas. Aksincha unga kapitalizm mabdasi tatbiq etilmoqda, uning G’arbga, xususan Britaniyaga tobe bo’lib qolaverishini kafolatlash uchun unga kapitalizm tatbiq etilmoqda. Maqsad uni uyg’otish va bir mustaqil davlatga aylantirish emas. Demak u mintaqadagi boshqa tobe davlatlar kabidir. Chunki unga mustamlakachi kapitalizm nizomini kuch bilan zo’rlab tiqishtirgan va hamon tiqishtirib kelyapti. Shuning uchun demak u o’zicha mustaqil olg’a intilolmaydi, unda kuch, tezlik, ong va mustaqil reja bilan olg’a intilishga undovchi omil yo’q. Shuning uchun u tobe davlatligicha qolib ketmoqda va u o’z siyosatida mustaqil emas. Hindistonda siyosiy maydonda sustlik bilan harakat qilishi kuzatilmoqda, u doimo ta’sir ostidadir, ta’sir qiluvchi ham, tashabbus ko’tarib chiquvchi ham emas. Buning natijasida u o’zining birinchi xo’jayini Britaniyaning yoki o’ziga changalini cho’zayotgan Amerikaning ta’siri ostiga tushib qolmoqda. Chunki Amerika Hindistonda o’ziga tobe bo’lgan siyosiy kuchlarni paydo qilib ulgurdi. Shuning uchun demak Hindiston Xitoydan mana shu jihatdan farq qiladi. U fikriy jihatdan qoloqdir, muayyan fikriy qoidalarning tartib-andozasiga tushmagan. Shuning uchun siyosiy maydonda ish olib borayotganlar hech qanday asos bilan tartibga tushishmagan. Shuning uchun ham moliyaviy va siyosiy korruptsiya barcha siyosatchilarni o’z domiga tortadigan darajada hamma yoqni qamrab olgan. Buning oqibatida Hindistonning bir buyuk davlatga, hatto regional buyuk davlatga aylanishi ham qiyin. U juda nari borsa kelgusida boshqa biron buyuk davlatning, Amerika yoki Britaniyaning yoki birdaniga ikkalasining chizgan chizig’i bo’ylab aylanadigan davlatga aylanishi mumkin.

Bu siyosiy tomondan shunday. Ammo iqtisodiy tomondan oladigan bo’lsak, Xitoy iqtisodi Hindiston iqtisodidan to’rt baravar ortiqdir. Xitoy o’zidagi kambag’allik darajasini pasaytirishga muvaffaq bo’lgan bir paytda olamdagi kambag’allarning 66 %i Hindistonga to’g’ri keladi. Shuning uchun Hindiston iqtisodiy jihatdan Xitoy bilan raqobatlasha olmaydi. Chunki Xitoy sanoat sektorini juda rivojlantirib yubordi. Bu esa uning valyutaning ulkan zahiralariga ega bo’lib olishiga olib keldi, bu zahiralar uning olam iqtisodiga ta’sir ko’rsata olishiga imkon yaratdi. Hindistondagi sanoat esa mahsulot ishlab chiqarish va sanoatlashtirishda hamon Xitoy darajasidan yiroqda qolib ketmoqda. Ayniqsa og’ir sanoat stanoklari va zamonaviy texnologiya sohasida Hindiston shunday oqsamoqda. Bu Hindistonning shu ishlardan voz kechganini anglatmaydi albatta, balki uning Xitoy darajasidan ortda qolganini anglatadi…

Endi harbiy tomondan oladigan bo’lsak, Xitoyning rasmiy harbiy byudjeti 119 milliard dollarga etdi, bu esa Hindistonning 38 milliard dollarga etgan mudofaa byudjetidan uch baravardan ham ortiqdir. Xitoy o’z qurolli kuchlarini zamonaviylashtirishda muhim oldinga siljishga erishdi. Masalan u hozirda o’zining maxsus arsenallarini (kemalar, tanklar va qiruvchi samolyotlar kabi ulkan harbiy aslaha-anjomlar sanoati arsenallarini) bunyod qilmoqda, o’z flotini kengaytirmoqda. Xitoy o’z mintaqasi ustidan nazorat o’rnatish uchun faol qadamlarni ham tashlamoqda. Lekin Hindiston yaqinda bir qancha muammolardan qiynalib kelayotgan harbiy modernizatsiya programmasini mablag’ bilan ta’minlash uchun o’z qudratini rivojlantirishga kirishdi. Hindiston olamda harbiy aslaha-anjomlarni eng ko’p import qiluvchi davlatlardan biri bo’lib ham qolmoqda. O’zining harbiy qudratini rivojlantirish uchun ikki o’n yillik davomida kuch sarflaganiga qaramay Hindiston salmoqli qiymatga ega biron arsenalni rivojlantirishga muvaffaq bo’la olmadi. Stokgolmdagi olamda tinchlik tadqiqotlari institutining katta tadqiqotchisi Piter Di Vaysman bunday dedi: «Men bu erda olamda Hindiston kabi qurol-aslaha ishlab chiqarishga jiddiy uringan va butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchragan boshqa biron mamlakat bor deb bilmayman». (Olamdagi eng katta qurol-aslaha import qiluvchi, Hindistonning mahalliy mahsulotni sotib olish borasidagi istagi, Nyu-York Tayms, 2014 mart).

Shunday qilib demak Xitoy bilan Hindistonni bir-biriga solishtirilsa Xitoy pallasi Hindistonnikidan ko’p marta og’ir keladi…

9 – Xulosa: Amerika Hindistonning Pokiston bilan bo’lgan g’arbiy frontdan xotirjam bo’lishini ta’minlaganidan keyin uni Xitoy bilan kurashish uchun Hindistonni shimoliy front sari yo’llashga harakat qildi. Chunki Pokistonning Amerikaga malay hokimlari Hindiston foydasiga – Amerikaga malay Bxaratiya Janata partiyasi hukmronligi davrida – katta yon berishlarni taqdim qilishdi. Kongress partiyasi hokimiyatga qaytganidan keyin amaliy nazorat chizig’i deb nom berilgan bu front (shimoliy front) bo’ylab harakat qilishda ortga chekinishni namoyon qildi. Bunga sabab Hindistonning Xitoy bilan qarama-qarshilikka kirishdan qo’rqqanligi va uning oxirgi tahdidi edi. Qolaversa bunga yana bir sabab bu partiyaning inglizlarga malay ekanligidir. Inglizlar esa Hindistonning Amerika rejalari bo’ylab harakat qilishini ma’qullashmaydi. Amerika Hindistonni sharq sari yo’nalish deb nomlangan narsa sari yo’llashga, ya’ni Tinch Okeani mintaqasi sari, aniqrog’i Janubiy Xitoy dengizi sari yo’llashga harakat qildi. Amerika Hindistonni bu mintaqada neft va gazdan iborat energiya manbalari borligi bilan, undan o’z ulushini olishga haqqi borligi bilan avrab qiziqtirdi va uni Vetnam bilan hamkorlik qilishga majbur qildi. Chunki Vetnam bu mintaqada o’zining haqqi borligini da’vo qilmoqda va u erdagi Spratli orollari borasida Xitoy bilan nizolashmoqda… Amerika Avstraliyani ham Xitoyga qarshi gijgijladi, Xitoyga qarshi bir necha davlatlardan iborat bir blokni tuzishga urinib Avstraliyani ham o’z tomoniga tortishga harakat qildi… Amerika o’zining bo’ynidagi mudofaa sarf-xarajatlari yukini engillatish uchun Yaponiyaga faolroq rolni berishga ham harakat qilmoqda. Shuning uchun agar Bxaratiya Janata partiyasi hozirda bo’layotgan saylovlarda g’olib chiqib yana hokimiyatga kelsa Hindistonning sharqiy mintaqada, ya’ni Janubiy Xitoy dengizida Amerika tomonida turib faoliyatni kuchaytirishi ehtimoldan xoli emas. Xitoy qudrati bilan Hindiston qudratini bir-biriga solishtirilsa bu erda Xitoy foydasiga bo’ladigan katta farq bor. Chunki Xitoyning qudrati Hindistonnikidan bir necha baravar ortiq… Shuning uchun agar Xitoy o’z regionini saqlab qolish bilangina kifoyalanmaganida edi, o’zining regioni sari Amerikaning ko’z olaytirib harakatlanishiga qarshi javob sifatida Amerikaga qarshi turish bilangina cheklanib qolmaganida edi (shuning uchun ham Xitoy Amerikani uning mintaqalarida va nufuzi mintaqalarida larzaga solib beqaror qilishga chiqmayapti)… agar Xitoy ko’p sohalarda, ayniqsa iqtisodiy sohada kapitalizmni qabul qila boshlamaganida edi… agar mana shular bo’lmaganida edi Xitoyning xalqaro maydondagi ovozi albatta eng baland bo’lar va uning Amerika manfaatlariga ta’siri eng kuchli bo’lgan bo’lar edi…

12 jumodus-soniy

1435h 12 aprel 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.