Xartum-Sharq Nildagi Ifro O’quv yurtida davra suhbati o’tkazildi

455
0

1a4e78fffe617c26bd2ca802254fab70

Matbuot bayonoti

Davra suhbatining uchinchisi ham muvaffaqiyatli o’tdi. Xavfsizlik xizmatining ayrim tazyiqlariga qaramasdan, opa-singillarimiz o’quv yurti talaba qizlari bilan bo’lgan davra suhbatida Xalifalik mafkurasini o’rtaga tashladilar va ularning ushbu buyuk farzni ado etishga javobgar ekanliklarini sharhlab berdilar.

Ushbu tadbir 2014 yil 19 aprel shanba kuni Mayquma mintaqasidagi «Hoji Yusuf» nomidagi qizlar o’quv yurti oldida, Sudan o’rta maktablar imtihonlari kunida o’tkazildi. Garchi opa-singillarimizga ayni tadbirni o’quv yurti ichkarisida o’tkazishlariga ruxsat berilmagan bo’lsa-da, Allohning fazlu karami ila, yig’inga kelgan talaba qizlar ko’p bo’ldi. Biroq tadbir oxirida o’quv yurti ma’muriyati bilan xavfsizlik xodimlari talaba qizlarni bino ichkarisida ushlab turishib, tadbir o’tkazuvchi ayollar bilan savol-javob almashishdan va tadbirda qatnashishdan man qilishdi. Shunga qaramay, Hizbga a’zo ayollar o’zlari bilan birga olib borgan «materiallar»ni o’quv yurti ma’muriyatiga etkazishga muvaffaq bo’ldilar va ma’muriyat unda aytilgan fikrlarni yuksak baholadi. Shuningdek, ma’muriyat da’vat etkazuvchi opa-singillarimizga negr jinoiy to’dalari tomonidan o’quv yurtiga xujum qilinishi ehtimoli borligini, tezroq tarqalishlari lozimligini, aks holda, ularni himoya qilish ma’muriyat zimmasida emasligini ma’lum qildi. Yig’inda qatnashgan talaba qizlar berilgan «materiallar»dan, fikrlardan mamnun bo’ldilar, savollar berdilar, ularning savollariga opa-singillarimiz javob berdilar hamda talaba qizlar berilgan «materiallar»ni oldilar.

O’z ne’mati ila mana shunday solih amallarga muvaffaq qilgan Allohga hamdu sano bo’lsin!

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi

rasmiy notiqasi ayollar qismi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.