Tolibon qamoqxonaga hujum uyushtirdi

416
0

0

Tolibon mujohidlari Afg’onistonning Faryob viloyatidagi Maymana shahrida joylashgan markaziy qamoqxonaga og’ir qurollar bilan hujum uyushtirishdi. Hujum chog’ida juda ko’p mahkumlar qamoqdan qochishga muvaffaq bo’lishdi.

Afg’oniston Islom amirligi saytida berilgan bayonotda aytilishicha, hujum kech soat 21:00da uyushtirilgan.

Xabarlarda aytilishicha, Tolibon mujohidlari tarafidan hujumga uchragan markaziy qamoqxona shahar politsiyasi idorasidan 200 metr masofa, milliy xavfsizlik idorasidan esa 300 metr masofa uzoqlikda joylashgan.

Hujum paytida 3 politsiya xodimi o’lganligi va 2 politsiyachi jarohat olganligi bildirilgan xabarga ko’ra, qamoqxondan qochgan mahbuslar xavfsiz joyga etkazilgan.

Boshqa bir tarafdan olingan xabarda aytilishicha, Tolibon kuchlari Bagram mintaqasida NATO harbiylari olib ketilayotgan kanvoyga hujum qilishi oqibatida 8ta NATO harbiysi halok bo’lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.