Maxfiy uchrashuv

589
0

0

Isroil tashqi ishlar vaziri ba’zi arab davlatlari bilan maxfiy uchrashuv bo’lib o’tganligini ma’lum qildi.

Ashsharq-ul Asvat gazetasining yozishicha, Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Leberman Isroil gazetasi Yediot Ahronot gazetasiga bergan intervyusida ba’zi arab davlatlari bilan maxfiy muzokara olib borganligini va ular bilan diplomatik aloqalar o’rnatish istagida ekanligini bildirdi.

Yahud rejimining yuqori martabali mas’uli bu mavzuda birinchi bor oshkora bayonot berdi. Lebermanning bunday izhoroti izidan darhol Saudiya Arabistoni va Quvayt davlati Isroil hukumati bilan o’rtalarida muzokara bo’lib o’tganligini rad etdi.

Isroilning sobiq tashqi ishlar vaziri TSipi Livni ham bir necha kun avval bergan bayonotida oxirgi ellik kun ichida o’n bir marta Arab o’lkalariga do’stona safar uyushtirganligini bildirgan edi. Livnining ma’lum qilishicha, bosib olingan Quddus shahri Isroil davlatining poytaxti bo’lishiga Arab o’lkalari e’tiroz bildirishmagan.

Ayni paytda Isroil Falastinlik musulmonlar uylarini buldozerlar bilan buzish ishlari va G’azo bo’lkasiga suv va quruqlikdan hujumlari davom etmoqda. Kecha G’arbiy qirg’oqda tinch aholiga qarshi uyushtirilgan Isroil askarlari hujumida bir muslima ayol shahid bo’ldi. Falastin shifoxonasidan olingan xabarga ko’ra, bu ayol uyining oldiga kelib tushgan zaharli gaz tufayli hayotdan ko’z yumgan. Isroil taraf esa uloqtirilgan gaz zaharli emas, ko’zdan yosh oqizuvchi gaz bo’lgan deb da’vo qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.