Edil Baysalov: Bojxona ittfoqiga a’zo bo’lish xiyonatdir

425
0

imagesRossiya matbuoti Qirg’izistonning bojxona ittfoqiga a’zo bo’lishi bo’yicha “yo’l xaritasi” shu oyning oxirida qabul qilinishi haqida yozayotgan bir paytda Qirg’iziston hukumatining ba’zi vakillari bu ittifoqning keraksiz ekanligini qayta qayta takrorlashmoqda.

14 aprel kuni Bishkekda Qirg’iziston bosh vazirining o’rin bosari Valeriy Dil etakchiligida hukumat a’zolari yig’ilish o’tkazdi. Yig’inda mamlakatning iqtisodiy jihati muhokama qilinib, ungabir necha mustaqil eksperlar ham qatnashdi. Muhokama chog’ida ba’zi siyosatchilar bojxona ittifoqiga a’zo bo’lishni yoqlagan bo’lsa, ba’zilari unga zid so’zlarniaytishdi.

Qirg’iziston moliya vaziri Temir Sariev Qirg’iziston bojxona ittfoqiga qo’shilishi oldidan Rossiyadan yirik miqdorda yordam kelishi va bu mablag’bojxona ittifoqining standartlariga mos maxsus fond tuzishga ishlatilishini bildirdi.

“So’z 300 milliondan ortiq AQSh dollari haqida ketmoqda. Biz uni infrastruktura va bojxona ittifoqining standartlariga o’tish uchun ishlatamiz. Bu haqida Sochida kelishim bo’lib o’tgan. Bojxona ittifoqiga qo’shilsak rus-qirg’iz investitsiya fondi tuzishimiz kerak. Bu fond ishi yurishmay qolgan ishbilarmonlarni qo’llab quvvatlaydi”, dedi Sariev.

Sariev Qirg’izistonga eng ko’p sarmoya yotqizadigan davlat deya Rossiya va Qozoqistonni tilga oldi.

Ammo qirg’iz siyosatchilaridan biri siyosiy arbob Edil Baysalovning aytishicha,bojxona ittifoqi Qirg’iziston uchun katta zarar keltiradi, o’lkada qimmatchilik yuzaga kelib, sifatli mollar qamayadi. Uning fikricha, ittifoqqa qo’shilish bilan mamlakat byudjetiga tushadigan bojxona daromadlari keskin kamayib, bundan biznes faollargina emas, davlatning o’zi ham katta zarar ko’radi.

“Bojxona ittifoqiga qo’shilsak ish o’rinlari ochiladi, fabrikalar ishga tushadi degan gap quruq va’da. Foydasini bilmaymiz, ammo ziyonini hukumat vakillarining hech biri tan olgisi kelmayapti. Masalan, avtomobillar ikki-uch barobarga qimmatlaydi. Oziq ovqatning ham narxi ko’tariladi. Bizga faqat Rossiyaning mollari kelib, Xitoy, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlarning mollari kelmay qoladi. Bular 300 million dollar keladi deb aytishmoqda, kompensatsiyaning o’zi kamida bir yarim yoki ikki milliard bo’lishi kerak edi. O’ta katta zarar ko’ramiz, hukumat esa 300 million dollar keladi deb xursand bo’lib o’tiripti. Bu juda katta xato, kerak bo’lsa, xiyonatdir.”, deydi Baysalov.

Qirg’izistondagi ishbilarmon doira vakillari ham Bojxona ittifoqiga qo’shilishga qarshi fikr bildirib kelishadi. Ularning fikricha, ittifoqqa qo’shilgandan so’ng bir qator tarmoqlar zarar ko’radi, yakka tadbirkorlikka zarba etadi. Faqat hukumat vakillari bu ittifoqqa qo’shilishdan foyda bor deb ishonishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.