Jabra Suriyaga borganligini da’vo qildi

592
0

0

Suriyadagdi jihoddan uzoqda, Turkiyaning Istambul shahrida istiqomat qilib kelayotgan Suriya milliy koalitsiyasi rahbari Ahmad Jabra Suriyaning port shahri bo’lgan Latakiyaning Bayurbuchak turkman mintaqasini ziyorat qilganligini bildirdi. Ziyorati chog’ida rejimga qarshi kurashayotgan turkman muxolif kuchlari va mintaqa xalqi bilan uchrashganligini ma’lum qilgan Jabra oxirgi vaziyat bilan yaqindan tanishganligini va turkman jangchilarining ko’taringki kayfiyatda ekanligini qayd etdi.

Koalitsiya rahbari u erdagi guruhlarga dastak berish lozimligini urg’ular ekan, “milliy koalitsiya muxolif guruhlarga avval ham dastak yuborgan edi. Ammo kelgusi kunlarda bu dastaklar yanada ortadi”, dedi.

Ahmad Jabra Suriyada o’ziga turkman jamoasining a’zolari hamrohlik qilganligi haqida gapirar ekan, turkman guruhlarning fidokorliklarini tilga olib o’tdi.

“Turkmanlar Bayurbuchak mintaqasi, Latakiya, Az-Zara, Badi-Amr va boshqa erlarda shahidlar berishdi, fidokorliklar ko’rsatishdi”, “Asad rejimi Turkmanlarni o’ziga xatar deb biladi va o’zi uchun xatar deb bilgan jamoalarga tahdid solmoqda.” dedi u rejimdan kelayotgan tahdidlar qarshisida Turkmanlar yoninda turishini ta’kidlab.

Turkiston:

Suriyada jang olib borayotgan mujohidlar Ahmad Jabra boshchilik qilayotgan Suriya milliy kolitsiyasini tan olishni keskin rad qildi. Shuningdek, Jabra Allohning shariati ijro qilinishini talab qilayotgan xalq ichida ham umuman qo’llab quvvatlovga ega bo’la olmadi. Bu esa uning uchun og’ir zarbadir. Chunki u Suriya ichida biror obro’ga ega bo’lmasa AQSh va G’arb nazdida hech kim bo’lmay qoladi. Natijada Salim Idrisning boshiga tushgan ish buning ham boshiga tushishi mumkin. Shuning uchun Ahmad Jabra oxirgi paytlarda ba’zi guruhlar bilan uchrashganligi haqida o’zi xabar bermoqda. Albatta Jabhatun Nusra kabi jihodiy guruhlar bilan emas. Chunki u Suriyada shariyat hukmlarini tiklash istagida jang olib borayotgan mujohidlarni dushman deb biladi.

Jabra frantsuz tashqi aloqalar komissiyasi bilan bo’lgan uchrashuv chog’ida Jabhatun Nusra etakchisining «jihod va shariatni tatbiq etish»ga chaqirib aytgan gaplarini tanqid ostiga olib: «Suriyadagi qo’zg’olon bir diktatorni haydab uning o’rniga ekstremist va fanat bir nizomni olib kelish uchun yuzaga kelgan emas… Jihodchilardan eng birinchi aziyat chekkanlar bizmiz» degan edi. Jabra Kerri bilan uchrashgan paytida unga Suriya milliy koalitsiyasi Suriyaga demokratiyani (ya’ni g’ayriislomiy tuzumni) olib kelish majburiyatini to’liq o’z zimmasiga olganini va u «terror»ning barcha turlarini (ya’ni Islomni) butunlay qoralashini, Suriyani avtoritar davlatga (ya’ni roshid Xalifalik davlatiga) aylantirishni rad etishini ham ta’kidlagan edi.

Barchaga birdek ma’lumki, Ahmad Jabra 2013 yil 6 iyulda Suriya milliy koalitsiyasiga rais bo’lib saylangan kundan buyon bu koalitsiya Amerika rejasi bo’yicha harakat qilib keladi. AQShning rejasi bir qancha ishlarni o’z ichiga oladi. Ulardan biri Asad rejimiga emas, islomchilarga zarba berishdir. Buning evaziga boshqaruv Asaddan Jabraga o’tadi va u Amerika topshiriqlarini bajaradigan bo’ladi. Bu topshiriqlarning asosiysi islomiy loyihaga qarshi kurash bo’ladi. Ammo bunga yo’l bo’lsin…

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.