Atambaev AQSh davlat kotibining yordamchisini qabul qildi

632
0

1396511708_70678600Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 3 aprel kuni AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi Nisha Desai Bisvalni qabul qildi.

 Prezident matbuot xizmatining xabariga ko’ra, uchrashuv davomida Qirg’izistonning AQSh bilan o’zaro manfaatli bo’lgan sohalardagi dolzarb masalalar muxokama qilingan.

 AQSh davlat kotibining yordamchisi Nisha Desai Bisval Qirg’iziston hukumatiga Afg’onistondagi vaziyatni izga solish bo’yicha ittifoqchi kuchlarni qo’llab-quvvatlashdagi harkatlari uchun tashakkur bildirib, “Manas” tranzit markazining Afg’oniston va butun Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashdagi ulkan salmog’ini belgilab o’tdi.

Prezident Atambaev, mintaqadagi xavfsizlik Qirg’iziston uchun xal qiluvchi masala ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Almazbek Atambaev Qirg’izistonni AQSh bilan hamkorligi bundan buyon ham mamlakat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda davom etishini belgilab o’tdi, deb xabar berdi matbuot xizmati.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.