Qirg’iziston Tojikiston bilan chegaralarini ochdi

473
0

02

Qirg’iziston respublikasi davlat chegara xizmatining raisi Raimberdi Duyshenbievning 31 mart dushanba kuni Botken viloyatiga uyushtirgan xizmat safari vaqtida aytgan so’zlariga ko’ra, Qirg’iziston Tojikiston bilan chegeralarini ochdi.

Xabar qilinishicha, Qirg’iziston Tojikiston so’roviga asosan qirg’iz-tojik chegarasidagi ayrim nazorat o’tkazish punktlarini ochgan.

“Bordoba-avtoyo’l” va “Qoramiq-avtoyo’l” nazorat o’tkazish punktlari to’liq ochildi. “Qayrag’och-avtoyo’l” va “Qulundi-avtoyo’l” nazorat o’tkazish punktlari o’z faoliyatlarini cheklangan holda yurgizmoqdalar. Mazkur punktlardan faqat piyodalar o’tishiga ruxsat berilgan. “Qizilbel-avtoyo’l” o’tkazish punkiti hozircha yopiq”, -dedi chegara xizmati raisi.

Duyshenbievning so’zlariga ko’ra, Tojtkiston hukumatining rasmiy so’rovidan so’ng shunday qarorga kelingan. Ikki davlat fuqarlari uchun yopiq bo’lgan nazorat o’tkazish punkitidan uchunchi davlat fuqarolari hech qanday cheklovlarsiz o’tkazib kelingan.

Shu yilning 11 yanvar kuni Botken viloyati Botken tumanida qirg’iz-tojik chegarachilari o’rtasida otishma bo’lib o’tgan va shu sababli chegaralar vaqtinchalik yopib qo’yilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.