O’zbekistonda internet-kafelar kuzatuv kameralari o’rnatishlari shart

6387
1

O’zbekistonda internetdan foydalanuvchi punktlar va internet-provayderlarga nisbatan talablar oshib bormoqda. Internet-provayderlarga “mijozlar xavfsizligini ta’minlash” uchun kuzatuv kameralari o’rnatish majburiyati yuklandi.

O’zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining 28 mart kungi qaroriga muvofiq umumiy foydalanish punktlarida Internet tarmog’iga kirish xizmati ko’rsatish tartibi to’g’risidagi nizomga o’zgartish kiritildi.

“Norma.uz” nashri xabar qilishicha, o’zgartirishlar tijoriy asosda internet tarmog’lariga kirish xizmatini ko’rsatayotgan internet-provayderlarga taalluqli. Xususan, umumiy foydalanish punktlariga nisbatan talablar ko’lami kengaytirildi. Bundan buyon mazkur punktlarni ko’p qavatli uylarning erto’la va yarim erto’la bo’limlarida tashkillashtirish qati’yan ta’qiqlanadi.

Shu bilan birga, zaruriy texnik jihozlardan tashqari, internetga kirish xizmatini ko’rsatayotgan internet-provayderlar umumiy foydalanish punktlarida “mijozlar xavfsizligini ta’minlash” uchun kuzatuv kameralarini ham o’rnatishlari shart bo’ladi.

Bundan tashqari, 31 martdan kuchga kirgan yangi tartibga ko’ra, internet-provayderlar, xususan, kuzatuv kameralar yordamida “mijozlar xavfsizligini ta’minlash” bilan birgalikda, ular kirayotgan veb sahifalar haqidagi ma’lumotlarni 3 oy davomida saqlab turishlari talab qilinadi.

Turkiston:

So’ngi yillar davomida xalqaro tashkilotlar tomonidan “internet dushmani”, deya tanqid qilib kelinayotgan O’zbekistonda ko’plab mustaqil xabar agentliklarining saytlariga to’siq qo’yilgan. Rasmiy hukumat bunday to’siqlar qo’yish orqali xalqni olamda va O’zbekistonda sodir bo’layotgan xodisalardan muqobil yo’l orqali ma’lumot olishlariga yo’l qo’ymaslikka harakat qilmoqda. Bu orqali rasmiy hukumat oqimga qarshi suzishga va o’z xalqini siyosiy jihatdan yanada qoloq va mute qilishga intilmoqda.

O’zbekistonda foaliyat yuritayotgan “mustaqil va erkin” OAVlari esa ma’lumotlarni faqat bir tomonlama va rasmiy hukumat tomonidan ruxsat berilgan mavzunigina yoritishlari mumkin. Shu vaqtga qadar O’zbekiston televideniyasi va matbuoti Suriya, Markaziy Afrika yoki Ukrainada sodir bo’lgan xodisalar haqida bir og’iz ham xabar bermadi. Chunki bu xabarlar amaldorlar va xususan Karimov tomonidan istalmagan mavzular sirasiga kiradi.

Agar O’zbekistondagi rasmiy OAV xabarlarini ko’rsangiz yoki o’qisangiz faqatgina prezident “rahnamoligida olib borilayotgan oqilona siyosat”ni guvohi bo’lasiz. Xorij xabarlarida esa Xitoyda panda ayig’i tug’ganligi yoki G’arb davlatlaridan birida qutqaruvchilar mushuk bolasini kanalizatsiya quvuridan chiqarib olganligi to’g’risidagi “olamshumul” xodisalar xabar qilinadi.

Garchi rasmiy hukumat internet-kafelarga kuzatuv kameralarini o’rnatilishini “mijozlar xavfsizligini ta’minlash” bilan oqlashga harakat qilayotgan bo’lsada, aslida bundan asosiy maqsad mustabid hukumat o’z xavfsizligini kafolatlashdan iborat xolos. Agar rasmiy hukumat rostdan ham o’z xalqi xavfsizligini o’ylagan bo’lganda har yili Rossiyaga majburiy ravishda ish izlab chiqib, u erda millatchilar qo’lida qurbon bo’layotgan minglab begunoh fuqarolari taqdiri bilan zarracha bo’lsa ham qiziqqan bo’lar edi. Ammo Karimovni birdan-bir tashvishi o’z hokimiyatini imkon qadar uzoqroq saqlab qolishdan iborat.

1 izoh

  1. bu jirkanch karimov uzbek halqini hor qildi shu darajada zulmlar vahshiyliklar bo’lishiga qaramasdan uzbek halqi qo’rqoqlik qilib sabr qilib kelmoqda alloh taolo shu uzbek musulmonlariga va butun musulmonlarga jasorat bersin bitta bayroq ostida birlashib islomiy davlat tiklashish nasb qilsin amin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.