Musulmonlarga Suriyadagi «harom» nizoni qo’llab-quvvatlash vojibmi?

480
0

images (9)Bashar Asad rejimiga qarshi tinch va kuchli da’vat bu rejim tomonidan qilingan qo’pol va shafqatsiz qarshi munosabatga uchraganiga to’liq uch yil bo’ldi. Hozir esa Britaniya hukumati Bashar rejimiga qarshi chiqayotgan ana shu kishilarni jinoyatchiga chiqara boshladi. Xo’sh, biron narsa o’zgardimi? Ular (G’arbdagilar) Basharni qo’llab-quvvatlay boshlashdimi?

Aslida olam davlatlarining, jumladan Britaniyaning ham pozitsiyasi o’zgargani yo’q. Chunki ular boshidanoq Basharni tezroq chetlatish uchun hech narsa qilishgani yo’q. Masalan Xillari Klinton va Uilyam Xeygga o’xshaganlar o’z tanqidlarida ehtiyotkor yo’l tutishdi. Chunki ular Basharni boshidanoq islohotchi deb atashdi va shunga binoan unga «islohot» uchun ketma-ket muhlatlarni berishdi. Uning jirkanch jinoyatlari yanada avj olgan paytda esa ular faqat uning hokimiyatdan ketishi kerakligini taklif qilishdi. Ana shundan keyin Axzar Ibrohimiyning va Kofe Ananning vazifasi o’zgardi va hammasi Basharning kimyoviy qurollarni ishga solishi qarshisida deyarli churq etishmadi.

Haqiqatda bu davlatlar birinchi jahon urushi davridagi Sayks-Piko kelishuvidan beri o’zlarining nufuzi ostida bo’lib kelgan bu mintaqa ustidan hukmronliklarini yo’qotib qo’yishdan qo’rqmoqda. Zero bu mintaqa Iroqqa, Turkiyaga va sionistlar bosib olgan Falastinga yaqinligi uchun muhim strategik ahamiyatga ega.

Bu mustamlakachilar ana shu vaqt davomida o’zlarining malaylari Bashar o’rniga bo’ladigan, Bashar ularning manfaatlarini kafolatlagandek ularning manfaatlarini kafolatlaydigan va odamlar ishonchiga kirib oladigan bir malay oppozitsiyani qidirib kelishdi. Shunga qaramay ularning Jeneva, Qatar va boshqa joylardagi, ana shu sifatlar to’liq topiladigan oppozitsiyani tuzish borasidagi shuncha rejalari va til biriktiruvlari barbod bo’ldi.

Bashar rejimi amalga oshirgan ommaviy qirg’inga nisbatan G’arb egallagan bu pozitsiya Suriyadagi musulmonlarning Yolg’iz Allohgagina tavakkul qilishlari vojibligini anglatadigan bo’ldi. Shuning uchun bu musulmonlar G’arb bilan bog’langan har qanday siyosatchiga va ularning siyosiy xatti-harakatlariga tamoman shubha bilan qaraydigan bo’lib qoldilar. Balki birinchi kunlardanoq musulmonlar o’z namoyishlarida islomiy shiorlarni ko’tarib chiqadigan bo’ldilar. Ularning jangovar otryadlari ham o’zlariga islomiy ismlarni nom qilib olishdi. Hatto musulmonlarning kelajakka, Suriyaga oid e’lon qilingan maqsadlari ham ochiq islomiy bo’ldi.

Shunga qaramay Basharga qarshi chiqayotganlarni keyingi paytlarda «ekstremistlar» va «islomchilar» deb atay boshlashdi. Ularning xatolari o’ta ko’pirtirib ko’rsata boshlandi. Vaholanki bu xatolar rejim jinoyatlari oldida hech narsa bo’lmay qoladi. Shuning uchun hozir Britaniyada Suriyaga u erdagi odamlarga yordam ko’rsatish maqsadida safar qilgan musulmonlarni «terrorizm» degan shubha bilan qamoqqa ola boshlashdi. Va hatto islomiy xayriya tashkilotlari ustida ham bu tashkilotlar Suriyaga ehson-sadaqalarni yuborganligi sababli tergovlar boshlandi.

Islomni bu tarzda jinoyatchiga chiqarish va oppozitsiyaga bo’lgan bu hujum quyidagi ikki ma’noni anglatadi: Suriyadagi musulmonlardan G’arb manfaatlariga bosh egishni talab qilish, aks holda Bashar boshqaruvi ostida baxtsiz bo’lib qolaverishlari bilan qo’rqitish… Britaniyadagi musulmonlardan esa Suriyadagi Islomiy Ummat haqida qayg’urishdan ko’ra ko’proq Britaniyaning tashqi siyosiy manfaatlari haqida qayg’urishlarini talab qilish.

Islomdagi ey aziz birodarlar va opa-singillar! Diasporamiz Suriyadagi musulmonlarni qo’llab-quvvatlashda to’g’ri pozitsiyani egallashi vojib!

 Alloh Subhanahu va Taolo deydi:

«(Ey Ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo’ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110]

1 – Bizning mana shu «eng yaxshi ummat»ning bir ajralmas qismi ekanligimiz Alloh bizni ikrom qilganini va zimmamizga Suriyadagi birodarlarimiz va opa-singillarimizga bo’layotgan narsalar borasida qayg’urishimizni farz qilganini anglatadi. Shuning uchun biz ularni duolarimiz, sadaqa-ehsonlarimiz va ovozlarimiz orqali doim qo’llab-quvvatlashimiz vojib. Chunki Rosululloh A bunday dedilar:

«المُسْلِمُ أَخُو المُسْلِمِ، لَا يَخُونُهُ وَلَا يَكْذِبُهُ وَلَا يَخْذُلُهُ»

«Musulmon musulmonning birodaridir, unga xiyonat qilmaydi, uni yolg’on bilan aldamaydi va uni yordamsiz tashlab qo’ymaydi». Bu hadisni Termiziy chiqardi.

Shuning uchun birlashgan qirollikdagi – Suriyadagi musulmonlarni qo’llab-quvvatlaganlari uchun jazolanayotgan – ana shu oilalarni yordamsiz tashlab qo’yishimiz aslo joiz emas. Ular yakka shaxslar bo’ladimi yoki xayriya tashkilotlarimi, buning farqi yo’q. Diasporadagi ba’zi odamlar Britaniyadagi musulmonlarning Suriyaga borishi hikmatdan emas, yaxshisi ularga boshqacha yo’llar bilan yordam ko’rsatishdir, deb hisoblayotgan bo’lsa-da lekin islomiy undov bilan Suriyaga borayotgan ana shu musulmonlarga «jinoyatchi» yoki «terrorchi» degan tamg’ani yopishtirib qoralashimiz aslo joiz emas.

Chunki ularga ham xuddi niqob taqayotgan muslima ayollarga yoki ommaviy aktsiyalarda bir-birlariga aralash-quralash bo’lmay alohida o’tiradigan muslim erkak va ayollarga «ekstremistka va ekstremist» degan tamg’a yopishtirilayotgandek «ekstremist»degan tamg’a yopishtirilmoqda. Bularning barchasi man qilish siyosatining bir qismidir. Bu siyosatdan maqsad dinimizga milliy davlatlarning ilmoniy e’tiqodlarini, liberal qiymatlarini va kapitalistik tushunchalarini zo’ravonlik bilan majburlab kiritishdir.

2 – Amri ma’ruf va nahiy munkar o’zimiz haq deb e’tiqod qilayotgan narsamizni ochiq, baralla aytishimizni, uning ziddini ham nohaq deb baralla aytishimizni anglatadi. Hatto biz aytayotgan narsalar ichki ishlar va tashqi ishlar vazirliklariga yoqmasa ham, bu ikki vazirlik ovozimizni bo’g’ib haq so’zni aytishimizga yo’l qo’ymaslikka urinib bizga qarshi yolg’on, tuhmatlarni ishlatib bizga «terrorchi» degan tamg’ani yopishtirsa ham biz haqni haq, deb, nohaqni nohaq, deb baralla aytishimiz kerak. Amr ma’ruf va nahiy munkar shudir.

Zero Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

«Ey mo’minlar, Allohdan qo’rqinglar, to’g’ri so’zni so’zlanglar! (Shunda Alloh) ishlaringizni o’nglar va gunohlaringizni mag’firat qilur. Kim Allohga va Uning payg’ambariga itoat etsa, bas u ulug’ baxtga erishibdi» [Ahzob 70-71]

Shuning uchun biz siyosatchilardan bunday deb so’rashimiz lozim: Islom va musulmonlarni jinoyatchiga chiqarishdan nima foyda? Har qanday jiddiy hukumat Britaniyadagi odamlarga hech qanday aziyat etkazmagan odamlarni quvg’in qilishda o’z kuchini sarflaydimi yoki buning o’rniga o’g’rilar va zo’rlovchilarni hibsga oladimi? Jiddiy hukumat deb Bashar qurbonlariga sadaqa-ehsonlarni etkazib berayotgan islomiy xayriya tashkilotlarini quvg’in qiladigan hukumatni aytiladimi yoki buning o’rniga olam iqtisodini deyarli vayron qilgan moliyaviy korruptsiyadan olamni tozalaydigan hukumatni aytiladimi?

Biz mintaqaga aralashayotgan yirik davlatlarning hozirgi regional o’yinlariga, ayniqsa ularning Jeneva konferentsiyasida ishtirok etadigan oppozitsiyani tuzishga oid harakatlariga qarshi turishimiz va bunday o’yin, harakatlarni fosh qilib ochib tashlashimiz lozim. Chunki bu mintaqada strukturaviy muammolarni paydo qilgan ana shu kimsalar bu muammolarni hal qilishga loyiq emas.

Bunga qo’shimcha o’laroq biz Suriyadagi musulmonlarning hozirgi zulmni islomiy nizomga o’zgartirish to’g’risidagi istak-rag’batlarini ochiqdan-ochiq qo’llab-quvvatlashimiz vojib. Bu esa «bunday islomiy nizom Bashar erk berib qo’ygan toifachilik degan yomonlikni yanada kuchaytirib yuboradi yoki ozchilik millatlarni ta’qib qiladi», degan bo’hton iddiolarga qarshi turish bilan bo’ladi. Vaholanki aslida islomiy nizom – ya’ni Xalifalik – uzoq asrlar davomida mintaqadagi barcha odamlarni birlashtirib kelgan yagona nizomdir. Bu nizom tugatilganidan keyin Sayks-Piko va Balfur tomonidan odamlarni bo’lib, parchalab tashlandi. Bunga yirik davlatlar ishlab chiqqan boshqa regional rejalar ham o’z hissasini qo’shdi. Islomiy nizom soyasida esa ana shu nasroniy va yahudiy diasporalar himoya qilindi, shuning uchun ular Shom yurtida doim mavjud bo’lib keldi.

3 – Bularning barchasidan ham eng muhimi Allohgagina ishonishimiz va Uning O’zigagina tavakkul qilishimizdir, doimo Alloh Subhanahu va Taoloning ushbu qavlini yodda tutishimizdir:

«Agar sizlarga Alloh yor bo’lsa, hech kim sizlardan g’olib bo’lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo’ysa, Undan o’zga hech bir zot yordamchi bo’lmas. Imon keltirgan zotlar Allohning o’zigagina suyansinlar!» [Oli Imron 160]

Hizb ut-Tahrir

Britaniya

13 jumodul-avval 1435h

14 mart 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.