Takbir sadolari Daniya ko’chalarini larzaga keltirdi

490
0

1262-390x290

Skandinaviyadagi Hizbut-Tahrir yigitlari Daniyada ko’p sonli musulmonlar ishtirokida yurish tashkil qildi. Yurish “Nyorrebro” stantsiyasidan boshlanib “Sankt hans torv” maydonigacha davom etdi.

Musulmonlar dunyoning bir qancha erlarida dahshatli qatliomlar, jamoiy hujumlar va quvg’inlarga duch kelar ekan, o’zlarini “inson huquqlarining himoyachilari”, deb atayotgan davlatlar va turli tashkilotlar musulmonlarning dodlariga quloq solish o’rniga vahshiy qotillarga yordam berib, ularning jinoyatlariga sherik bo’lmoqda.

Tarixda qoladigan eng ayanchli genotsidlardan biri Markiziy Afrika respublikasida kechayotgan hodisalardir. U erdagi aka-ukalarimiz va opa-singillarimiz tiriklayin yoqilmoqda va odamxo’rlar tarafidan go’shtlari eyilmoqda. Ammo butun dunyo bunga jim qarab turipti.

G’arb davlatlari Islom o’lkalariga qarshi til biriktirish natijasida Somali, Afg’oniston, Suriya, Muanmar, Kashmir, Falastin va Tataristondagi musulmonlar vahshiylarcha qatl etilmoqda, yoqilmoqda, hatto tiriklayin ko’mib yuborilmoqda.

“Sankt hans torv” maydoniga yig’ilganlar qarshisida nutq so’zlagan Hizbut-Tahrir yigitlari bu vahshiyliklarga ko’z yumib turish musulmonlar uchun aslo durust emasligini izhor qilar ekan, butun dunyodagi musulmonlarni Alloh Taoloning amrlariga bo’ysunib, shariat hukmlarini amalga oshiradigan bir davlatni tiklashga va bitta bayroq ostida jamlanishga da’vat qilishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.