Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot bo’limi

64
0

01 (1)

Matbuot bayonoti

Iqtisod oltin va kumush qoidasiga asoslanmas ekan iqtisodiy o’sishning imkoni yo’q Rupiya qiymatining vaqtincha belgilanishi dollarli kreditlar nizomining rasvoligini fosh etib turibdi!

Rupiya qiymatining vaqtincha belgilanishi shu narsani ko’rsatib turibdiki, rupiya dollarga bog’langani uchun Pokiston iqtisodi butun dunyodagi dollarli kredit sistemasiga qaram bo’lib qoldi. Chunki bu kreditlar ulkan majburiyatlarni yuklaydi, sudxo’rlikka asoslanadi va buning oqibatida butun Pokiston iqtisodi falaj bo’ladi. Masalan, dollarli taklif qilingan kreditlarning o’z hukmini o’tkazishi, ma’lum shaxslar qo’lida uning yig’ilib qolishi va bundan boshqa chayqovchilar qo’llayotgan vositalar sababli Pokiston valyutasining qiymati ko’tarilib pastlab turadi. Bu esa pokistonliklar hayotida hamma narsaning narxiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

2014 yil 12 mart kuni Pokiston moliya vaziri janob Ishoq Dor rupiya qiymatidagi so’nggi o’zgarishlarning asosiy sababi 1,5 milliard kredit olingani ekanini tan oldi. Bu o’zgarishlar bozorga dollarlar oqib kelishi sababli yuz berganiga qaramay, Rohil-Navoz hukumati ushbu kreditlarni qo’lga kiritgani bilan maqtanmoqda. Vaholanki, rupiyaning dollarga bog’lanib qolishi yurt iqtisodini dollarga qaram qilib qo’ymoqda. Biroq mahalliy valyutaning bunday o’zgarishini to’xtatib qolish hamda yurtni inflyatsiyaning asl sababi bo’lgan dollar hukmronligidan ozod qilish uchun Islomda aytilgandek, mahalliy valyutani albatta oltin va kumush bilan ta’minlamoq lozim bo’ladi.

Rupiya ham ilgari dollar, funt sterling va frank kabi boshqa valyutalar singari qimmatbaho metall (oltin va kumush) shaklidagi haqiqiy boylik bilan ta’minlangan edi. Bu esa o’z navbatida, yurt ichkarisidagi hamda tashqi savdodagi mahalliy valyuta birligi qiymatini barqarorlashtirib turgan. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy resurslarini sotib olish va sotish, sanoat va texnika ishlab chiqarish… kabi turli muomalalardagi amaliy iqtisodni ta’minlash uchun dunyoda oltin kumush etarli bo’lgan va hozir ham etarli. Biroq sudxo’rlik asosida kredit olish kabi kapitalistik muomalalar sababli pulga bo’lgan talab oltin va kumushga bo’lgan taklifdan ortib ketdi, natijada, bu narsa davlatlarni o’z qimmatbaho metall normalaridan voz kechishlariga majbur qildi. Bu bilan ayni valyutalar faqat davlat hukmronligi bilan ta’minlanib qoldi, davlatlarni oltin va kumush bilan ta’minlamagan holda valyuta bosib chiqaraverishlariga qo’yib berildi. Bu esa valyutaning hozirgi qiymati o’zining avvalgi qiymatidan past bo’lishiga olib keldi. Odamlarda qiyinchilik ortib borishi sababli, bir necha davlatlar o’z valyutasini dollar bilan ta’minlab oldi…

Darhaqiqat, Britaniya bosqinchiligidan oldin rupiya qiymati o’n bir gramm kumushga teng qiymatda edi. Yuz yildan ziyod kapitalistik nizom hukmronligi davrida bu qiymat salkam 1.900 gramm kumushga teng bo’lib qoldi. Amerikaning Iroq va Afg’onistonni bosib olishidan oldin rupiya 1.31 Amerika dollariga teng edi. Keyin 2008 yili 15 avgustda Musharraf-Azizlar rejimi davrida bir dollar 76.9 rupiyaga ko’tarilib ketdi va bu yurt valyutasidagi eng katta inflyatsiyasi bo’ldi. Hozir 2014 yil 15 martda esa Rahil-Navoz rejimi ostida siz bir Amerika dollarini 100 rupiyaga sotib olishga majbursiz!

Islom bizga valyutani oltin va kumush yoki ikkalasidan biri bilan ta’minlashga buyurgan. Biroq buni bugungi diktatorlik yoki demokratik tuzumlar tomonidan tatbiq qilib bo’lmaydi. Balki faqat Xalifalik davlati tomonidangina tatbiq etiladi. Chunki Islomni barcha nizomlarda, jumladan, iqtisod nizomida butunicha tatbiq qiluvchi davlat aynan Xalifalik davlatidir.

Shahzod Shayx

Hizbut Tahrirning Pokistondagi rasmiy notig’i o’rinbosari

Twitter: http://twitter.com/htmediapak

Facebook: http://www.facebook.com/pages/Naveed-

Butt-Media-Office-HT/116266191744214

e-mail: htmediapak@gmail.com

Webpage: www.hizb-pakistan.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.