Ukraina krizisi oqibatlari

476
0

sasaبِسْمِ اللهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Ukraina krizisi oqibatlari

Savol:

Ukraina haqida 2014 yil 22 fevraldagi savolga berilgan javobda quyidagilar kelgan edi: «… Boshqacha aytganda Ukrainadagi yangi vaziyat shu uch tarafdan faqat bir tarafning foydasigagina hal bo’lishi e’timoldan uzoqdir. Shuning uchun demak Ukrainada saylanadigan har qanday prezident shu uch tarafning etagiga yopishgan bo’ladi. Loaqal yaqin kelajakda shunday bo’ladi. Lekin bu echim har qanday vaqtda, yangicha sharoit vujudga kelgan paytda portlashga tayyor bir bomba bo’lib qolaveradi. Yangicha sharoitda bu uch tarafdan har qaysisi Ukrainada to’la nufuzga ega bo’lib olishi mumkin. Chunki bu uch taraf kapitalizmni qabul qilgan, kapitalizm esa manfaatparastlik ustiga quriladi. Demak bu uch tarafning hech birida o’zgarmas qiymatlar yo’q, aksincha o’zgaruvchi bo’lib, bu uch tarafdan qaysinisi birlashganroq, yanada iflosroq va yanada zo’ravonroq bo’lsa o’shaning tomonida bo’ladi…».

Bugun biz Ukrainada hodisalar tezlashayotganini kuzatmoqdamiz. Ayniqsa Qrim Yarim orolida shunday bo’lmoqda. Hatto rus Qora dengiz floti 2014 yil 3 martda ukrain askarlarni 12 soat ichida taslim bo’lishlari to’g’risida ogohlantirib ultimatum yo’lladi! Bu narsa Rossiyaning Ukrainani o’z tomoniga kuch bilan tortib olish uchun o’zida qudrat topganini, shuning uchun qolgan ikki taraf: Amerika va Yevropani hisobga olmayotganini anglatadimi, ya’ni «portlashga tayyor bombaning» portlashi vaqti keldimi? Shunday bo’la turib bu krizisning nihoyasiga etishini va Ukrainadagi vaziyat barqarorlashini qanday kutish mumkin? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

Javob:

Biz o’sha savol javobida bunday degan edik: uchala tarafning hozirgi sharoitlari bu taraflardan hech qaysisiga Ukrainani butunlay o’z tomoniga tortib olish imkonini bermaydi. Chunki 2004-2005 yillardagi sharoitlar va 2010 yildagi sharoit hozirgi sharoitdagidek emas edi. Shuning uchun hozir bu uch tarafdan hech qaysisi bir-biriga orqa o’girolmaydi va Ukrainani butunlay o’z tomoniga tortib ololmaydi. Shunga ko’ra demak Urainadagi vaziyatning faqat quyidagicha barqarorlashishini kutish mumkin, xolos:

1 – Vaqtinchalik barqarorlashish: Ukrainadagi vaziyat – agar Ukrainaga prezident etib Rossiya, Amerika va Yevropaga yaqin bo’ladigan kimsa o’rnatilsa, ya’ni u shu uch tarafning etagiga bog’langan bo’lsa – barqarorlashishi mumkin…

2 – Ammo vaziyatning doimiy ravishda barqaror bo’lishiga kelsak, vaziyat faqat Qrim yana Islomiy Xalifalik bag’riga qaytsagina doim barqaror bo’ladi. O’shanda yaxshilik hammaga baravar yoyiladi, balki bu yaxshilik butun olamga etib boradi. Zero Islom olamlar uchun rahmatdir. Shuni ham eslatish kerakki, Qrim asrlar davomida Xalifalikka tobe bo’lib kelgan. Bu hol Rossiya G’arb davlatlari bilan til biriktirib Qrimni bosib olgunga qadar davom etdi. Ana shu bosqinchilikdan keyin Rossiya Qrimni o’n sakkizinchi asr oxirlarida o’ziga qo’shib oldi. Vaholanki Qrim 1430 yildan boshlab Islomiy amirlik bo’lgan, keyinchalik u Xalifalikning gullab-yashnagan davri 1521 yilda Usmoniy Xalifalik davlati viloyatlaridan biriga aylangan. Bu hol ruslar va kufr davlatlari o’zaro til biriktirgunga qadar davom etdi. Ana shundan keyin mustamlakachilar Qrimni 1783 yilda Usmoniy davlatdan ajratib tashlashga muvaffaq bo’lishdi. Mustamlakachilar Qrimda hatto vahshiylar ham jirkanadigan jinoyatlarni va qirg’inlarni amalga oshirishdi. Ana shundan keyin mustamlakachilar Qrimni Rossiya tarkibiga qo’shishdi va uning poytaxtining Oq masjid degan ismi hozirgi Simferopol degan nomga o’zgartirildi. Ma’lumot uchun shuni aytamizki, Qrim degan so’z uning aholisi tatar musulmonlar tilida qal’a yoki istehkom degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib demak Qrim ruslar uni bosib olishidan oldin qariyb uch yarim asr davomida bir islomiy viloyat bo’lgan! Shuning uchun demak doimiy barqarorlik faqat Qrim yana o’zining asliga qaytib insha Alloh yaqinda kirib keladigan Xalifalik davlatida bir islomiy viloyatga aylansagina bo’ladi.

3 – Busiz vaziyat portlashga tayyor bir bomba bo’lib qolaveradi. Chunki uch taraf: Rossiya, Amerika va Yevropadan har qaysisi Ukrainani butunlay tortib olish uchun o’zida qudrat yuzaga kelganini ko’rsa yoki boshqa ikki tarafga orqa o’girishi uchun imkoniyat tug’ilganini ko’rsa o’shanda shunday ish tutishi kutiladi. Chunki bu taraflar – aytib o’tganimizdek – kapitalizm asosida harakat qiladi. Kapitalizmda esa manfaatparastlikdan boshqa qiymatlar va o’lchovlar yo’q. Shuning uchun qaysi taraf o’zida qudrat paydo bo’lganini ko’rsa boshqalarni darhol unutadi… Ammo agar o’zida qudratni topmay turib boshqalarga orqa o’giradigan bo’lsa u holda Ukrainadagi krizis yanada chigallashadi. Shunday bo’lishi Yanukovich hisobdan adashib Yevropa Ittifoqi bilan savdo kelishuvini imzolashdan bosh tortgan paytda yaqqol ko’rindi. Yanukovich Rossiya bilan Amerikaning «apoq-chapoq» bo’layotganiga ishonib ana shu kelishuvni imzolashni rad qilgan edi. Chunki u Yevropa Ittifoqiga qarshi turishda Amerika o’zi bilan birga turadi, deb xomxayol qilgan edi. Buning natijasi uning o’z jonini qutqazib qochib qolishi bo’ldi… Kievning yangi hokimlari ham xato qilib hisobdan adashishdi. Chunki ular Rossiyaga orqa o’gira olamiz va Ukrainani Rossiyadan yiroqlashtira olamiz deb o’ylashgan, shuning uchun G’arb sari, ayniqsa Yevropa Ittifoqi sari yuzlanishgan edi… Oqibatda ular hozirgi davlat bo’g’inlaridagi shollik holatiga va boshqa muammolar girdobiga tushib qolishdi!

Xulosa qilib shuni aytamizki, bu uch tarafning Ukrainada manfaatlari bor:

Masalan Rossiya Ukrainani o’zining «tomorqasi» deb biladi! Amerika esa Ukrainaning Atlantik Ittifoqqa qo’shilishini istaydi. Yevropa esa Ukrainaning Yevroittifoqqa qo’shilishini istaydi. Shuning uchun hozirgi sharoitlar bu taraflardan hech qaysisiga boshqa ikki tarafdan butunlay g’olib bo’lib Ukrainani butunlay o’z tomoniga tortib olishiga imkon bermaydi. Endi ruslarning «Interfaks» axborot agentligi 2014 yil 3 martda tarqatgan «rus Qora dengiz floti Qrimdagi ukrain askarlarga 12 soat ichida taslim bo’lishlari to’g’risida ogohlantirib muhlat berdi» degan xabarga kelsak va Rossiyaning hozirda o’z «muskullari»ni ko’rsatib qilayotgan ishlari haqida aytadigan bo’lsak, bular yanada qattiqroq bosim o’tkazish va tahdid qilib vaziyatni yanada «qaynoq» tus oldirish bobiga kiradi. Rossiya o’zining ra’yiga kuchli va Ukrainadagi vaziyatga oid har qanday echimga ta’sir o’tkazadigan shaklda quloq soldirish uchun shunday qilmoqda…

Shunga ko’ra demak uchala tarafning biri qo’yib biri keskinlikni kuchaytirishi kutiladi. Bularning barchasi uchala tarafning manfaatlarini hisobga oladigan bir prezidentni etishtirib chiqaradigan bir echimga olib kelishi uchun shunday qilinadi. Bu echim albatta vaqtinchalik bo’ladi. Ya’ni uchala tarafdan biriga Ukrainani o’z tomoniga tortib olish imkonini beradigan yangi mahalliy, regional va xalqaro shart-sharoitlar yuzaga kelgunga qadar davom etadi yoki Xalifalik yana tiklangunga qadar davom etadi. Chunki Xalifalik Qrimni yana ilgarigi asl holiga qaytaradi…

 وَاللّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ

«Alloh O’z ishida g’olibdir, lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21] 3 jumodul-avval 1435h 4 mart 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.