KXShT havo va raketa hujumiga qarshi yagona birlashgan tuzilma barpo etish niyatida

452
0

images (8)KXShT bosh kotibi Nikolay Bordyuja 13 mart kuni bo’lib o’tgan Rossiya davlat Dumasining parlament yig’ilishida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) faoliyati masalalari bo’yicha chiqish qildi. Bu haqida tashkilotning rasmiy sayti 17 mart kuni xabar qildi.

Yig’ilishdan asosiy maqsad, KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining 2013 yil sentyabr oyida bo’lib o’tgan sesiyasida qabul qilgan qarorlarini amalga oshirish bo’yicha rejalar va 2013-2014 yillardagi tashkilotga Rossiya raislik qilgan vaqtlarda kiritgan takliflar ustuvorligini muxokama qilishdan iborat edi.

KXShT faoliyatining asosiy vazifalaridan biri, hozirgi harbiy-siyosiy vaziyatda tashkilotning kuch imkoniyatlarini oshirishdan iborat, dedi Nikolay Bordyuja.

“Hozirgi harbiy-siyosiy vaziyatni o’zgarishi va rivojlanishi davrida kollektiv xavfsizlik tuzilmalarini tashkil etuvchi harbiy salohiyatlarni takomillashtirish birinchi darajali zaruriy vazifaga aylanadi”, – dedi Bordyuja yig’ilishda so’zlagan nutqida.

Uning belgilashicha, KXShT kollektiv kuchlari (qo’shin)ni vujudga keltirishni davom ettirish, bu kuchlar tarkibiga aviatsiya va maxsus bo’linmalarni qo’shish, kollektiv kuchlari tezkor bo’linmalarini zamonaviy qurol-yaroq va texnika bilan jihozlash asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi.

Bundan tashqari, Bordyujaning so’zlariga ko’ra, KXShT uchun havo va raketa hujumiga qarshi yagona barlashgan tuzilmani tashkil etish muhim masala bo’lib turipti. Kadrlash tayyorlash masalasiga to’xtalgan bosh kotib, KXShT qoshida Amerikaning Marshal markaziga o’xshash markaz tashkil etish masalasini ko’rib chiqish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek Nikolay Bordyuja, KXShTning asosiy vazifasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish ekanligini belgilab o’tdi.

Parlamen yig’ilishida TIV, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, FXX (FSB), Federal migratsiya xizmati, KXShT birlashgan shtabi va parlament assambleyasi kotibiyatlarining rahbar va vakillari ishtirok etishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.