O’zbekistonda 243ta qishloq vrachlik punkti tugatiladi

23
0

8FD844AF-02E9-4BB2-9229-CDE7AAA97EFC_w268_r1_cx15_cy11_cw85

O’zbekistonda 243ta qishloq vrachlik punktlarini tugatishlikka qaror qilindi. Bunga, mazkur vrachlik punktlarini samarasiz ishlayotgani, qurilish talablariga javob bermaydigan, moslashtirilgan binolarda joylashganligi hamda xavfsizlik talablariga javob bermasligi sabab qilib ko’rsatildi.

Bu qaror 2014 yil 5 mart kuni Vazirlar mahkamasining “Qishloq vrachlik punktlarini yanada takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Qarorda respublika mintaqalari bo’yicha qishloq varchlik punktlari tarmoqlarini takomillashtirish ko’zda tutilgan. Takomillashtirilganidan keyin 3201 ta qishloq vrachlik punktining o’rniga 2958 ta qoladi.

Bundan tashqari, uzoqdagi, borish qiyin bo’lgan va cho’ldagi aholi punktlarida joylashgan qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga 25 foiz miqdorida maxsus oylik ustama joriy etiladi.

Bundan avvalroq, O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi mamlakat tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadigan o’rin-joylar sonini qisqartirish jarayonini boshlagan edi. 2012-2015 yilar uchun mo’ljallangan o’rin-joy fondini optimallashtirish grafigi O’zbekiston Vazirlar mahkamasining “Tibbiy muassalalar moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash va faoliyati tashkillashtirilishini takomillashtirish” maqsadida amalga oshirilayotgani aytilgan edi. Mazkur qarorga muvofiq, 2012-2015 yillar davomida respublika bo’ylab bepul o’rin-joylar soni qariyb 18 mingtaga qisqartiriladi va hozirgi 127 ming o’rindan 109 mingtasi qoladi.

Zoxiriy ko’rinishda hukumat chiqarayotgan barcha qarorlar xalq farovonligi va manfaatlarini o’ylab chiqarilganga o’xshab ko’rinsada, aslida bu qarorlar zamirida oddiy xalq uchun hech qanday ro’shnolik mavjud emas.

Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumati davlat byudjetini talon-taroj qilib, umumiy boyliklardan kelayotgan ulkan mablag’larni o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida sarflab bitirgach, byudjetdagi kamomadni oddiy xalq hisobidan yopishga harakat qilmoqda. Chunki qishloq joylarida tugatilgan vrachlik punktlarida xizmat qilayotgan shifokor, hamshira va boshqa xodimlarni maoshlari, dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag’lar iqtisod qilib qolinishi aniq. Bunday chekka hududlarda yashayotgan xalq esa yana o’nlab kilomert yo’l bosib tuman yoki shahar markazlariga borishlariga majbur bo’lishadi.

Shifoxonalarda shu vaqtga qadar nomiga bo’lsa mavjud bo’lgan bepul o’rin-joylarni elektr, gaz, oziq-ovqat va dori-darmonlari davlat byudjetidan ta’minlanishi kerak, ammo shunga qaramay bepul o’rin-joylarda davolanayotgan bemorlar o’zlariga kerakli barcha narsalarni – dori-darmondan tortib oddiy paxta va bintni ham – shaxsiy hisoblaridan olishga majbur bo’lar edilar. Endilikda esa mana shu nomiga bo’lsa ham ajratilayotgan va boshqa mansabdorlar tomonidan o’zlashtirib yuborilayotgan mablag’lar ham hukumat tomonidan iqtisod qilib qolinadi.

Rasmiy xabarga ko’ra, byudjet o’rin-joylarni optimallashtirish, ya’ni qisqartirish xususiy sektorning rivojlanishiga ham hissa qo’shadi. O’zbekistonda bugun ko’plab xususiy klinikalar mavjud. Bu muassasalarda davolanganlarning aytishlaricha, ko’rsatiladigan xizmatlar sifati odatda yaxshi bo’ladi. Biroq o’rtacha o’zbekistonlik xususiy klinika narxlarini ko’tara olmaydi. Shu sababli oddiy xalqning aksari malakali tibbiy xizmatdan bebahra qolmoqda.

Tibbiyot odamlarga kerakli manfaatlardan bo’lib, zaruriy ehtiyojlar turkumiga kiradi. Shaxs o’zining zaruriy ehtiyojlarini to’la ta’minlay olishiga imkoniyat yaratib berish Xalifalik davlati zimasidagi vojib vazifa hisoblanadi.

Darhaqiqat, Rosululloh SAV davolanishga buyurdilar: Bir badaviy kelib, yo Rosululloh, davolansak bo’ladimi? deb so’ragandi, ul zot:

“نَعَمْ، فَإِنَّ اللَّهَ لَمْ يُنْزِلْ دَاءً إِلاَّ أَنْزَلَ لَهُ شِفَاءً، عَلِمَهُ مَنْ عَلِمَهُ”

Ha, Alloh hech bir kasallikni shifosiz yaratgan emas, uni bilgan biladi”, dedilar (Imom Ahmad Usoma ibn Sharikdan rivoyat qilgan). Klinika va kasalxonalar tekshirish va davolanish tarmoqlaridan bo’lib, davlat Rosululloh SAVning:

“الإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ وَمَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ”

Imom-xalifa boshlikdir va u o’z qo’l ostidagilardan javobgardir”, degan hadislariga amal qilgan holda bu tarmoqni ishga solish bilan shug’ullanadi.

Xalifalik davlatida sog’liqni saqlash tizimi bepul tibbiy xizmat ko’rsatish, bepul davolash, davolash muddatiga amal qilish, bemorning ruhiy holatiga rioya qilib, unga yumshoq muomalada bo’lish borasida tezlik va oddiylikka asoslanadi hamda buni boshqarishga mutasaddi bo’lgan shaxsda qobiliyat va iqtidor bo’lishini shart qiladi.

Allohning izni ila yaqinda tiklanajak Xalifalik davlati ham barcha fuqarolarning tibbiy ehtiyojini ta’minlaydigan tibbiy xizmat ko’rsatish nizomini yaratadi. Bu nizomga muvofiq barcha odamlarning – irqi, dini, mazhabi va jinsidan qat’iy nazar – tibbiy ehtiyojlari kafolatlanadi. Chunki tibbiy xizmat ko’rsatish davlatning vazifalaridan bo’lib barcha fuqarolar bu xizmatdan qulay foydalana olishi lozim. Shuning uchun davlat fuqarolarni davolanishlari uchun shifoxonalar va davolanish tarmoqlari bilan ta’minlashi hamda bepul tibbiy xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishi lozim. Biroq davlat tabiblarni yollashni va dorilarni sotishni man qilmaydi.

Abdurahmon Odilov

11 mart 2014 yil

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.