“8 mart kofira xotin qizlar bayrami – muslimalar esa horlikka yuz tutgan kundir”

903
0

2132551E-A1D7-4CDA-A71C-15BCFB517637_mw1024_n_s

Turkiyaning Istambul shahrida 8 mart kuni Hizbut Tahrirga mansub ayollar “8 mart kofira xotin qizlar bayrami – muslimalar esa horlikka yuz tutgan kundir”, nomli konferentsiya o’tkazishdi. Konferentsiya Qur’oni Karim tilovatidan so’ng ayollar haqida namoyish qilingan film bilan boshlandi. Undan so’ng so’zga chiqqan Amina Duman “8 mart xotin-qizlar kuni” loyihasining ixtirochisi bo’lgan kofir g’arbning ikkiyuzlamachiligini ochib tashladi.

“G’arb davlatlari “Ayol huquqlari” deya jar solar ekan, Islom o’lkalaridagi muslima ayollar turli zulm, qiynoq va tajovuzlarga uchrayotganiga jim qarab turishi ularning ikkiyuzlamachi ekanliklarini fosh qilmoqda”, dedi u.

Uning ortidan so’zga chiqqan Gamze Gursoy Turkiyada Xalifalik davlati qulatilib, jumhuriyat qurilgunga qadar Islom qonunlari va hukmlari ijro qilinib turgan paytda Muslima va muslima bo’lmagan ayollarning farovonlik va huzur halovatda umr kechirganligiga doir bir qancha namunalar keltirdi.

“Bugun ayollar huquqini himoya qilishni da’vo qilayotgan dunyoning har qanday nuqtasiga boqsak, qaysi davlatda bo’lmasin, ayollar sha’nini yuksaklarga ko’tarish da’vosi bilan qilinayotgan ishlar o’rta asrdagi evropadan aslo farq qilmasligini ko’ramiz. Xoh G’arb o’lkalarida bo’lsin, xoh demokratiyani tatbiq qilayotgan Islom o’lkalarida bo’lsin, hali ham ayollardan ishchi kuchi sifatida foydalanilmoqda, unga shahvoniy hirsni qondiruvchi mato sifatida qaralmoqda. Ayollar hali ham jamiyatning zayif tabaqasi hisoblanib zulm, tajovuzlarga duchor bo’lmoqda. Ayollarning bunday ayanchli ahvolga tushib qolishiga bugunga qadar Islomni sabab qilib ko’rsatib kelishdi.

Muslima ayollar va butun insoniyat boshiga tushgan muammolarning asl sababchisi Islom emas, demokratiyadir. Chunki Islom davlati insonlarning butun muammolarini Qur’on va sunnat bilan hal qiladi. Ayollar va erkaklar orasidagi aloqalarni munosib shaklda tartbga soladi. G’arb esa hech bir zamon bunday azizlikni ko’rmagan.

G’arb ayollari muslima ayollar tatigan dunyo lazzatini aslo tatimagan, hozir ham tatiy olmayapti. Muslima ayollarga nisbatan qilingan eng buyuk zulm – himoyachimiz bo’lgan Xalifalik davlatining qulatilishidir”, deya so’ziga yakun yasadi Gamze Gursoy.

Qonferentsiya Yesro Dumanning tuyg’uli duosi va “Amin” sadosi bilan nihoyasiga etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.