Ulamolar payg’ambarlarning me’rosxo’rlaridir

46
0

01 (1)بسم الله الرحمن الرحيم

Malomatchining malomatidan qo’rqmay, qo’llarida cho’g’ni ushlab turgandek dinni ushlab kelayotganlarga Tubo jannati bo’lsin Omin

Qrim xavfsizlik xizmatining yangi saylangan boshlig’i Petr Zima matbuot xodimlari savollariga javob berar ekan, albatta Hizb ut-Tahrir bilan kurashishini aytdi. O’z navbatida Qrimning Hizb ut-Tahrir matbuot bo’limi tomonidan, Hizbning tariqatida, tabiati va tabanniy qilgan fikrlarida ham, ular uni tahqirlashlariga asos bo’lishi mumkin bo’lgan biror moddiy harakat topilmaydi, degan mazmunda bayonot berildi. Bu moddiy ishlar ularning o’zlari tomonidan uyushtirilib, xalqni Hizbga qarshi qo’yish maqsadida ko’zlangan provokatsion urinishlar bo’lishi mumkin. Bu Rossiyaning oxirgi yillarda musulmonlarga qarshi yuritayotgan qo’pol siyosatida ochiq ko’rinib qoldi.

398920Bunga qarshi Qrim muftiysi hoji Emirali Ablaev xavfsizlik xizmati va boshqa bosqinchi kuchlarga qarata bunday dedi: «Hizb ut-Tahrir va boshqa tariqat bo’ylab harakatlanayotgan har qanday islomiy harakat vakillari bizning farzandlarimiz, ularga har xil bo’hton toshlarini otmanglar, biz bir millat (Islom) vakillarimiz, ichki nizolarimizni o’zimiz echib olamiz».

Alloh bu kabi birodarlarimizni va ularning imonlarini O’z hifzu himoyasida asrasin. Hozirda ustimizda turgan bosqinchi zolim kuchlarga qarshi Ummatga o’rnak bo’ladigan holatimiz bilan toza chiqib borishimizni, Xalifalik davlati soyasi ostida ham shu birodarimiz kabi boshliqlarimiz Ummatni haqqa etaklovchi amirlarimizdan bo’lib qolishlarini Allohdan so’rab qolamiz.

Birodarimiz Emirali Abdullaev, «ichki ishimizni o’zimiz hal qilib olamiz» degan so’zlari, shar’iy hukmdan kelib chiqib, nafaqat islomiy harakat vakillarini, balki ichimizdagi fosiqlarni, hatto xoinlarimizni ham jazolashni kufrga tashlab berish haromligidan olingan. Mana shu hukmni mahkam ushlashlik musulmonlarning birdamligini va shar’iy hukmning kufr hukmlaridan ustuvorligini ta’minlaydi. Rossiya ta’siri ostidagi yurtlardagi barcha musulmonlarga etakchilik omonatini o’z zimmasiga olib, ma’lum lavozimlarni egallab kelayotgan musulmonlarga yuqoridagi muftiy birodarimizning pozitsiyasi o’rnak bo’lishi lozim.

Shu bilan birga Qirg’iziston ulamolari va diniy arboblarining prezidentning siyosatiga qarshi tura olganlarini ham aytib o’tish lozim. Prezident Atambaev islomiy qadriyatlarni tahqirlovchi bir necha so’zlar bilan diniy elitani noto’g’ri tomonga yo’naltirmoqchi bo’ldi. U ayollarimizning hijobini va erkaklarimizning soqollarini masxara qilib, tahqirladi. Ba’zi bir demokrat dindorlarning soqollarini qirdirib yuborishganini hisobga olmasak, deyarli barcha diniy arboblar shar’iy hukmni to’g’ri bayon qilishib, prezidentning ana shu yo’nalishini qo’llaganlari yo’q. Masalan Chubak hoji muftiy bo’lib turgan paytda uning yuqoridagi Qrim muftiysi pozitsiyasi kabi pozitsiyada turgani, islomiy jamoalarga kufr nisbatini bermagani, hukumatga tilyog’lamalik qilmaganligi haqida xalq orasida haligacha gap-so’zlar yuradi.

Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy harakatdir. Shuning uchun uning shar’iy hukmdan qilchalik chetlashi aslo mumkin emas. Shundan kelib chiqib biz ulamolarimizning dunyo va oxiratdagi obro’larini himoya qilish maqsadida, ularni quyidagilardan ogohlantirib o’tmoqchimiz:

Dunyo ikkiga bo’lindi: Islom va kufr. Islom aniqdir, kufr esa o’z ichidan yana bir necha bo’laklarga bo’linib bormoqda. Kufrning har bir bo’lagi kufrdir. Hatto u insoniyatga «farovonlik»ni va’da qilayotgan bo’lsa ham. Hatto kufr islomiy qadriyatlarimizni «muhofaza qilish» yoki «shakllantirib berish» degan da’vo asosida «tiklayotgan» bo’lsa ham. Eslatib o’tamizki, kufr asosida Islomni tiklashga urinishning o’zi kufrdir.

Yuzaki qaraganda Islom ham bir necha bo’laklarga bo’linganga o’xshaydi. Lekin unday emas. Islom Payg’ambarimiz A olib kelgan dindir. Unda o’zini sof holda saqlash quvvati mavjud. Yuqoridagi muftiy birodarimiz aytganlaridek, Islom bilan musulmonlarni o’z holiga qo’yishsa bas, U o’zi haqidagi noto’g’ri tushunchalarni tozalab oladi. Islom hayotdan chetlatilganida ham unda o’zini hayotga qaytarishning shar’iy hukmlardan olingan tariqati mavjud.

Kufr olami siz ulamo va hokimlarimizni o’z tomoniga tortishga qattiq harakat qilmoqda. Ular sizlarni arzimagan dunyo matolari bilan aldash yoki qattiq po’pisa qilish bilan o’z yo’llariga solishmoqchi. Sabr qilsangiz Alloh va Uning Rosuli Aga eng yaqin insonlarga aylanasizlar Insha Alloh. Zero Sa’d ibn Ubu Vaqqos G bunday rivoyat qilgan: «Men yo Rosululloh, eng ko’p sinovga uchraydigan insonlar kimlar, deb so’radim, ul zot bunday dedilar:

«الْأَنْبِيَاءُ، ثُمَّ الْأَمْثَلُ، فَالْأَمْثَلُ، فَيُبْتَلَى الرَّجُلُ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ…»

«Anbiyolar, keyin ularga o’xshaganlar. Keyin yana ularga o’xshaganlar. Zero, kishi diniga qarab, sinovga uchraydi» (Imom Termiziy rivoyati).

Tog’utlarga kelsak, ular Makka mushriklari holi nima kechganini eslab ko’rishsin, chunki ularning yo’liga ergashish sharmandalik va xorlikdan o’zga narsaga olib bormaydi.

 «Albatta mo’min va mo’minalarni fitnaga solgan so’ng tavba qilmagan kimsalar uchun jahannam azobi bor va ular uchun o’t azobi bor» [Buruj 10]

Malomatchining malomatidan qo’rqmay, qo’llarida cho’g’ni ushlab turgandek dinni ushlab kelayotganlarga Tubo jannati bo’lsin Omin.

Abdurrazzoq

9 Mart 2014 yil

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.