Savolga javob Markaziy Afrikadagi kurash haqiqati!

511
0

1389699358_alg-taliban-jpg

Savol: 2014 yil 20 fevralda BMT bosh sekretari Pan Gi Mun Markaziy Afrikaga u erdagi xavfsizlik vaziyatining yanada yomonlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun tezlik bilan qo’shimcha harbiy kuchlarni yuborishni talab qildi. Ma’lumki, Xavfsizlik kengashi 2013 yil 5 dekabrda Markaziy Afrikaga harbiy aralashuv to’g’risida qaror chiqarganidan keyin Frantsiya soni 5000dan oshiq Afrika kuchlari bilan bir qatorda o’zining 2000 askarini ham yuborgan edi. Markaziy Afrikada nasroniylarning qurolli to’dalari musulmonlarga qarshi o’ldirish, yondirib yuborish, o’ldirilganlarning go’shtlarini eyish, uylarini vayron qilish, mol-mulklarini talon-taroj qilish, ko’chib ketishga majburlashdan iborat vahshiyona va jirkanch jinoyatlarni amalga oshirdi. Markaziy Afrika respublikasining birinchi musulmon prezidenti Mishel Jotodiya 2014 yil 10 yanvarda iste’foga chiqdi va Katrin Samba-Panza 2014 yil 20 yanvarda bu respublikaning prezidenti deb e’lon qilindi. Amerika Afrika kuchlarini qo’llab-quvvatlayajagini bildirib, 2015 yil fevraldan oldin saylovlar o’tkazishga chaqirdi. Bu mamlakatdagi kurashning haqiqat-mohiyati nimadan iborat? Vaziyat qanday portladi? Bu krizisning sabablari nima? U qay tomon ketyapti?

Javob: Bunga javob berish uchun Markaziy Afrikadagi musulmonlar vaziyatini ko’rib chiqishimiz, bu mamlakatdagi to’ntarishlarni, bu to’ntarishlarning davlatlar o’rtasidagi kurashga bo’lgan aloqasini va bundan kelib chiqqan oqibatlarni bayon qilishimiz lozim bo’ladi:

1 – Markaziy Afrikadagi musulmonlar soni uning 5 millionga etgan aholisining 15-20 %ini tashkil qiladi, deb ko’rsatiladi. Lekin bu miqdor musulmonlar mamlakat bo’ylab katta hajmda yoyilganini hisobga olinadigan bo’lsa shubhalidir. Chunki bu boradagi statistik ma’lumotlar xolis va toza emas. Chunki bir necha omillarga ko’ra musulmonlarning soni doimo qasddan oz qilib ko’rsatiladi. Shuning uchun demak musulmonlarning soni ana shu miqdordan ko’p ekanligi ehtimoli kuchlidir. Aholining qolgan qismi esa nasroniylar va butparastlardan iborat… Musulmonlar poytaxt Bangida ko’proq yoyilgan. Ular poytaxtda bir necha katta masjidlarni va Qur’on ta’lim beriladigan madrasalarni bino qilganlar. Musulmonlar boshqa bir necha asosiy shaharlar va muhofazalarda ham, ayniqsa mamlakat shimolida ham keng tarqalganlar. Chunki shimolda milodiy o’n ettinchi asr oxirida islomiy saltanat paydo bo’lgan. Bu sultonlik Chad janubidagi islomiy Bagirmi saltanati sultonlaridan bir nechasi o’z saltanatlari qulaganidan keyin Markaziy Afrika shimoliga ko’chib kelishgan paytda paydo bo’lgan. Bu sultonlar qo’lida Chad janubidagi ko’p butparastlar Islomga kirgan edi. Markaziy Afrika shimolidagi ko’p butparastlar ham ularning qo’lida Islomga kirdi. Ma’lumki, Islom Markaziy Afrika mintaqasiga milodiy o’n uchinchi asrda kirib kelgan va shimol markazi Indli mintaqasida yashovchi Ronga qabilasi, shimoliy sharq markazi Birao shahrida yashovchi Vakaga qabilasi kabi ba’zi qabilalar Islomga kirgan. Bu mintaqalar oltin, olmos va uranga boy mintaqalardir. U erlarda musulmonlar gavjum bo’lib yashaydi. Bu musulmonlar o’n sakkizinchi va o’n to’qqizinchi asrlarda turli sabablarga ko’ra bu mintaqalarga kelib qolganlar. Ular o’z birodarlari bilan birgalikda frantsuz mustamlakachilarni mamlakatdan quvib chiqarishga o’z hissalarini qo’shganlar. Bu mintaqalarga Afrika g’arbidan Xausa va Fulani qabilalari musulmonlari ham kelib o’rnashgan. Ular Kamerunga chegaradosh junubiy g’arb mintaqalaridagi aholining eng ko’p qismini tashkil qiladilar. Shuning uchun rejim va uning ortida turgan Frantsiya, ayniqsa Patasse rejimi musulmonlarni butparastlardan ajratib tashlashga harakat qildi, chunki rejim bu butparastlar o’rtasida Islomning yoyilishidan qo’rqdi. Rejim bu bilangina kifoyalanmadi balki musulmonlarni hukumatdan va davlat vazifalaridan ham uzoqlashtirdi. Natijada musulmonlar tijorat bilan shug’ullanishga o’tishdi. Shuning uchun ham musulmon tijoratchilar qirg’in qilinganidan keyin tijorat to’xtab qoldi, buning oqibatida poytaxt Bangi aholisidagi oziq-ovqat mahsulotlarida qattiq tanqislik sezildi.

2 – Frantsuz mustamlakachiligi Markaziy Afrikaga 1885 yilda kirib keldi. Frantsiya Bangida o’zining harbiy bazasini qurdi. Oqibatda bu mintaqa 1894 yilda ularda rasman frantsuz mustamlakalaridan biriga aylandi. 1960 yilda esa Frantsiya bu mintaqaga yuzaki mustaqillik berib, nasroniylarni mamlakat ishlariga hukmron qilib qo’ydi. Natijada bu mamlakatda Frantsiya nufuzi va mustamlakachiligi ilgarigidek saqlanib qolaverdi. Shu maqsadda Frantsiya hokimlarni nasroniylar orasidan tanlab olib tiklaydigan bo’ldi. Bu hokimlar yo to’ntarish yo’li bilan yoki saylovlar degan nayrang orqali tayinlanadigan bo’ldi. Masalan Frantsiya Markaziy Afrikaga yuzaki mustaqillik bergan paytida David Dakoni birinchi prezident qilib o’rnatdi. Lekin uning boshqaruviga ikki yil ham o’tmasdan istibdod ko’zga tashlana boshladi va u o’zining raqiblariga qarshi repressiya kampaniyalarini o’tkazadigan bo’ldi. Afrika sari bostirib kelayotgan Amerika bu vaziyatdan foydalanib qoldi. O’sha davrda Sovet Ittifoqi eski mustamlakachilikka qarshi kurashish harakatini boshlagan edi. Sovet Ittifoqi bu to’g’rida 1961 yilda Amerika bilan kelishib olgan edi. O’zaro kelishib siyosat yurgizishni e’lon qilgan bu ikki davlatning Afrika xalqlarini eski mustamlakachilarga qarshi qo’zg’ashda ta’siri bo’ldi. Natijada Frantsiya o’zining bu mamlakatdagi nufuzini yo’qotib qo’yishi mumkinligidan xavotirga tushib qoldi. Shuning uchun Frantsiya 1966 yilda bosh shtab boshlig’i Jan Bedel Bokassani to’ntarish yasab hokimiyatni o’z qo’liga olishga gijgijladi. Sobiq prezident David Dako keyinchalik Bokassaning maslahatchisi etib tayinlandi. Bu esa bu to’ntarishni Frantsiya Amerika-Sovet hujumiga qarshi uyushtirganiga dalolat qilib turibdi. Frantsiya buni bir mustabid harbiyni frantsuz nufuziga qarshi turadigan har qanday kimsani zo’ravonlik bilan yo’q qilish uchun tayinlash bilan amalga oshirdi. Bokassa o’z diktatorligini davom ettirdi va uning rejimi mamlakatdagi frantsuz nufuzi himoyasiga tayandi. 1976 yilga kelib u o’zini imperator deb e’lon qildi! U frantsuzlarni juda ulug’lar, u hatto frantsuz prezidenti De Gollni ota, deb atardi, u mamlakatni frantsuzlar «ekinzori»ga aylantirdi. Bokassa haqida ko’p mish-mishlar tarqalgan edi, jumladan u odamlar go’shtini eydi, bolalarni o’ldiradi, degan mish-mishlar tarqalgan edi. Oqibatda jamoatchilik fikrini unga qarshi qilib qo’yildi. Shuning uchun Frantsiya uni hokimiyatdan olib tashlash uchun o’zining bu mamlakatda turgan harbiy kuchlari bilan darhol aralashdi va David Dakoni 1979 yilda ikkinchi marta mamlakatning prezidenti qilib o’rnatdi. 1981 yil sentyabrda esa armiya general Andre Kolingba boshchiligida to’ntarish yasab Dakoni hokimiyatdan olib tashladi. Frantsiya 1990 yilda Chadda Amerika malayi Xabreni ag’darib tashlab uning o’rniga o’zining malayi Idris Debini olib kelishga muvaffaq bo’lgach Markaziy Afrikada Frantsiyaning qudrati kuchaydi. Chunki Chad Markaziy Afrikadagi frantsuz nufuzini mustahkamlashning bir tayanchi hisoblanardi… Shunday qilib Frantsiya o’zining nufuzi asosan Markaziy Afrikada saqlanib qolganini ko’rdi. Shuning uchun bu mamlakatdagi hokimiyatga demokratiya tusini bermoqchi bo’ldi! Shu maqsadda Frantsiya bu mamlakatda armiyani hokimiyatdan chetlatib yangi saylovlarni o’tkazishga qaror qildi. Shuning uchun 1993 yilda prezidentlik saylovlari o’tkazilib, Frantsiya malayi Feliks Patasse g’olib chiqqani e’lon qilindi. Patasse oppozitsiyaga boshchilik qilib kelayotgan edi. Frantsiyani bunga majbur qilgan omil Amerika niqob sifatida tayanayotgan demokratiya chaqiriqlari ta’sirini «so’rib» olishga harakat qilish edi. Chunki Amerika Afrikada eski mustamlakachilikni qulatib uning o’rnini o’zi egallash maqsadida demokratiya degan niqobdan foydalanadigan bo’lgan edi! Shunday qilib Frantsiya saylovlar orqali hokimiyatni va Fransua Bozize boshchiligidagi oppozitsiyani paydo qildi. Bu oppozitsiya tarkibida turli etnik guruhlar, jumladan musulmonlar ham bor edi. Bu oppozitsiya va ayniqsa musulmonlar Patasseni korruptsiyada va oppozitsiyani ta’qib qilishda aybladi. Shuning uchun oppozitsiya qurolli isyon yo’liga o’tdi… Shundan keyin Frantsiya Patasseni almashtirish kerak degan qarorga keldi va 2003 yil 15 martda oppozitsiya etakchisi Bozizeni olib kelib respublika prezidenti etib o’rnatdi. Uning hokimiyatga kelishiga musulmonlar yordam berdi… Lekin Bozize o’zini qo’llagan musulmonlarga va o’ziga tarafdor bo’lgan oppozitsiyaga qarshi turib, ularni mensimay qo’ydi, balki ularga dushmanlar sifatida qaraydigan bo’ldi! Shuning uchun u o’zini qo’riqlash vazifasini iste’fodagi frantsuz generali Jan-Per boshchiligidagi bir frantsuz xavfsizlik shirkatiga topshirdi. Shundan keyin u 2005 va 2011 yillarda saylovlar o’tkazib ularning har birida o’zining g’olib chiqqanini e’lon qildi… Ana shu davrda unga qarshi yana isyon ko’tarildi va Seleka harakati paydo bo’ldi (Seleka degan nom musulmonlar boshchi bo’lgan beshta tashkilot o’rtasida tuzilgan ittifoq yoki koalitsiya, degan ma’noni anglatadi, bu tashkilotlarning eng kattasi Jotodiya boshchiligidagi tashkilotdir). Bozize shuncha «spektakl» saylovlarni uyushtirganiga qaramay mamlakatdagi vaziyat barqarorlashmadi va Bozizening diktatorligi, ayniqsa musulmonlarga qarshi zo’ravonligi yanada kuchaydi. Chunki Bozize rejimi o’zining kuchlariga musulmonlarning mol-mulklariga tajovuz qilishni buyurdi. Natijada o’zlarini va o’z mol-mulklarini himoya qilgan yuzlab musulmonlar qurbon bo’ldi…

3 – Ana shundan keyin 2013 yil 1 noyabrda Gabon poytaxti Librevilda biror echimga erishish uchun bir konferentsiya o’tkazildi. Unda prezident Bozize va Seleka harakati qatnashdi… Konferentsiya Markaziy Afrikadagi musulmonlarning qanchalik katta zulmga duchor bo’layotganini ko’rsatdi. Chunki musulmonlarning oddiy haq-huquqlari ham poymol qilinmoqda… Konferentsiyada musulmonlar oddiy talablarni ilgari surishdi. Ular: Islomni qolgan dinlar kabi tan olish, ramazon hayiti va qurbon hayitlarni rasman bayram qilib nishonlash, musulmonlarni ta’qib qilmaslik talablari edi… Lekin Bozize ustomonlik bilan bu talablarni bajarishni paysalga soldi. Chunki u musulmonlarning va Selekaning ba’zi talablariga – bu frantsuz malayining hokimiyatda 2016 yilgacha qolishi sharti bilan – rozilik berganidan keyin va Bozizening – u amalga oshirgan qirg’inlarga qaramay – hokimiyatda qolishini kafolatlagan kelishuvga qaramasdan hamda frantsuz axborot agentligi xabar tarqatganidek Amerika bu kelishuvni qo’llab-quvvatlaganiga qaramay, shularning barchasiga qaramay Frantsiya va Bozize bu oddiy huquqlar haqidagi talablarni bajarishni paysalga soldi. Paysalga solibgina qolmay balki bu huquqlarga qarshi turib, o’zlarining musulmonlarga qarshi vahshiyona amaliyotlarini yana boshlashdi. Natijada Seleka qasr sari harakatlanib uni prezidentga aylangan Mishel Jotodiya boshchiligida 2013 yil 24 martda egallab oldi… Shunda Frantsiya dod-voy soldi. Chunki Jotodiya asl kelib chiqishi musulmon edi. Holbuki Jotodiya hokimiyatni o’z qo’liga olganidan boshlab G’arbni rozi qilishga urindi. Bu uning bayonotlaridan ko’rinib turibdi. Chunki u o’zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qilgan paytda bunday dedi: «Markaziy Afrika ilmoniy davlatdir, masihiylar va musulmonlar ilmoniy davlatda yashashmoqda, to’g’ri, men musulmonman, lekin mening vazifam vatanimga va Markaziy Afrikaning barcha fuqarolariga xizmat qilishdir». (Xalij, 2013 yil 31 mart). Bularning barchasi G’arbni, ayniqsa Frantsiyani rozi qilish uchun edi. Jotodiya hatto nasroniylarning qurolli to’dalarini qurolsizlantirmadi va ularni harakat qilaveradigan qilib qoldirdi. Biroq shunga qaramay Frantsiya yangi prezidentni tan olmadi. Frantsiya malaylari ham uni tan olishmadi… Shuning uchun Frantsiya unga qarshi zo’r berib harakat qila boshladi. Chunki u asl kelib chiqishi musulmon edi. Bunda Frantsiyaga uning malaylari ham ergashdi. Ana shundan keyin Frantsiya Markaziy Afrika rahbarlarini qo’zg’ab ularni 2013 yil 3 aprelda Chad poytaxti Njamenada konferentsiya o’tkazishga chaqirdi. Konferentsiyada Frantsiyaning taniqli malayi Idris Debe bunday deb murojaat qildi: «Bizga nisbatan o’zini o’zi prezident etib tiklab olgan kishini tan olishning iloji yo’qligi shundoq ko’rinib turibdi». (Vasat 2013 yil 5 aprel). O’tish davri kengashi 2013 yil 13 aprelda Mishel Jotodiyani mamlakat prezidenti etib saylaganini e’lon qilgan bo’lsa-da lekin buning hech biri uni oqlovchi narsa bo’lmadi. Bunga sabab uning musulmon ekanligi edi. Shuning uchun Frantsiya bu hukumatga yordam ko’rsatishni uzib qo’ydi. Vaholanki bu mamlakatning uran, oltin, olmosdan iborat boyliklarini talab ketayotgan mana shu Frantsiyadir. Frantsiya bu boyliklarni o’zining shaxsiy mulki deb hisoblab, Markaziy Afrika hukumatlariga yordam berayotganini minnat qiladi va xohlagan vaqtida bu «yordam»ni uzib qo’yadi!

4 – Frantsiya aralashish uchun va bu aralashishni oqlash maqsadida muammolarni sun’iy ravishda keltirib chiqarish uchun vaziyatni tayyorlashga kirishdi. Shuning uchun Frantsiya 2013 yil 5 dekabrda Xavfsizlik kengashi tomonidan o’ziga Markaziy Afrikaga harbiy aralashuv vakolatini beradigan qaror chiqartirishga erishdi. Natijada 2013 yil 8 dekabrda harbiy aralashuv yuz berdi. Frantsuz prezidenti Fransua Olland Mishel Jotodiyani iste’foga chiqishga va muddatidan oldin saylovlar o’tkazishga chaqirdi. Shu maqsadda Frantsiya 2014 yil 10 yanvarda Chad poytaxti Njamenada Afrika regional sammitini o’tkazdi va Jotodiyani iste’foga chiqishga majbur qilish uchun shu sammit orqali o’z bosimlarini o’tkazdi. Natijada Jotodiya ana shu sammit chog’ida o’zining iste’foga chiqqanini e’lon qildi va 2014 yil 20 yanvarda poytaxt Bangi munitsipaliteti raisasi Samba-Panza mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qilindi. Buning ortidan nasroniylarning qurolli to’dalari frantsuz kuchlari ko’zi oldida amalga oshirgan vahshiyona amaliyotlar boshlandi. Frantsuz kuchlari Seleka harakatining 7000dan ko’proq jangchilarini tinchlikni saqlash degan bahona bilan qurolsizlantirgan edi. Lekin frantsuz kuchlari nasroniylarning qurolli to’dalarini, ayniqsa «Anti-balaka» nomli to’dani qurolsizlantirmadi, aksincha bu to’dalarni qo’llab-quvvatladi! Prezident Jotodiya qulatilganidan keyin bu qurolli to’dalar musulmonlarni o’ldirish, yondirish, ularning go’shtlarini eyish, uylarini, masjidlarini, madrasalarini, muassasalarini vayron qilish, mol-mulklarini talashdan iborat vahshiylar qiladigan eng jirkanch amaliyotlarni amalga oshirdi. Bu vahshiyliklar frantsuz va Afrika kuchlarining ko’zi oldida amalga oshirildi. Hatto BMT hisobotlari Frantsiyani nasroniy qurolli to’dalarni qurolsiz musulmonlarga qarshi, o’zlarini himoya qilishlari mumkin bo’lgan har qanday qurol-aslahadan mahrum qilingan musulmonlarga qarshi qo’llab-quvvatlaganlikda aybladi… Bu jinoyatlarning o’ta jirkanchligidan yangi prezident buni tan olib bunday deyishga majbur bo’ldi: «Anti-balakadagilar o’z vazifalari ma’nosini yo’qotib qo’yishdi, ular bugun qotillarga aylanishdi». U yana bunday dedi: «Ular men ayol bo’lganim uchun meni zaif deb bilishadi, lekin hozirdan boshlab o’ldirishni istaydigan Anti-balaka harakatidagilar ta’qib qilinadilar». (VVS radiosi 2014 yil 12 fevral). Bu radio bunday deb qo’shimcha qildi: «O’n minglab musulmonlar Markaziy Afrikadan Kamerun va Chadga qochib o’tishdi, ulardan bir qismi mamlakat ichkarisidagi chodirli lagerlardan boshpana topishdi, Xalqaro amnistiya tashkiloti qurolli to’dalar hujumlari musulmonlarning tarixda misli ko’rilmagan tarzda ommaviy ravishda ko’chib ketishiga olib keldi, deb bildirib Markaziy Afrikadagi vaziyatni irqiy tozalash deb baholadi». Shunga qaramay mamlakat prezidenti bunday baholashni rad etdi, aksincha u «mamlakatda bo’layotgan hodisalar xavfsizlik muammosidan iboratdir» deb da’vo qildi!

5 – Amerika frantsuzlar va ularning Markaziy Afrikadagi malaylari amalga oshirgan qirg’inlardan foydalanib qolishga urindi. Shu maqsadda Markaziy Afrikadagi Afrika kuchlarini – bu kuchlar frantsuz kuchlariga teng bo’lishi uchun – kuchaytirishga harakat qildi. Bu bilan esa frantsuz yakka hukmronligi yo’qolib uni butunlay yo’q qilish uchun zamin tayyorlanadi, uning o’rnini Amerika echimlari egallaydi yoki Amerika unga sherik bo’ladi… Odamlar frantsuz kuchlarini jinoyatchi nasroniy qurolli to’dalar bilan til biriktirganlikda ayblay boshlashdi. Shuning uchun frantsuz kuchlarining emas, Afrika kuchlarining kelishini talab qilishlar kuchaydi. Bu talablarni Amerika manbalari hamda Amerika kuchli ta’sirga ega BMT manbalari tomonidan yangragan chaqiriqlar qo’llab-quvvatladi… Masalan Amerika kongressidagi tashqi ishlar komissiyasining Afrika ishlari bo’yicha komissiyasi raisi Kristofer Koon bunday dedi: «Komissiya Afrika Ittifoqi kuchlarining tinchlikni mustahkamlash va zo’ravonlikka barham berish uchun zarur bo’lgan qudratga ega bo’lishini ta’minlashga oid bir necha taraflar sarflayotgan harakatlarni qo’llab-quvvatlash uchun Qo’shma Shtatlar nima qila olishini aniqlash maqsadida tinglov yig’inini o’tkazdi». (Amerika tashqi ishlar vazirligi sayti IIP Digital 2013 yil 23 dekabr). Amerikaning BMTdagi doimiy vakilasi Samanta Pauer va Amerika tashqi ishlar vazirasining Afrika ishlari bo’yicha yordamchisi Linda Tomas-Grinfild esa 2013 yil 19 dekabrda Bangiga borib u erda o’tish davri mas’ullari bilan uchrashdi. Grinfild bunday dedi: «Biz barqarorlik o’rnatish uchun Afrika birlashgan kuchlari missiyasiga kuchli vakolat berish hozirda qurolli guruhlar va bo’linmalarga qarshi turish va ularni qurolsizlantirish uchun zarur deb bilamiz». (Yuqoridagi manba). Bunga qarshi Frantsiya xalqaro kuchlarni Yevropa davlatlaridan yuboriladigan kuchlar bilan kuchaytirishga harakat qildi. Maqsadi bu kuchlarning Afrika kuchlariga qarshi tura olishi edi. Chunki Afrika kuchlari soni 4400 etgan bo’lib, ularga Ruandadan yana 850 askar kelib qo’shiladi. Shu sababli frantsuz prezidenti 2014 yil 14 fevralda Markaziy Afrikaga qo’shimcha 400 askarni yuborishga qaror qildi. Bu askarlar shu mamlakatdagi mavjud frantsuz kuchlarini kuchaytirish uchun yuborildi. Shunday qilib frantsuz askarlari soni 2000ga etdi. Frantsuz prezidenti bayonotida bunday dedi: «400 askarni yuborishdan iborat bu qo’shimcha kuch-harakatlar frantsuz jangovor kuchlarini oldindan joylashtirishni o’z ichiga oladi. Bu kuchlar joylashtirilishi bilanoq Yevropa Ittifoqining harbiy amaliyotida ishtirok etadi». U o’zining bayonotida bunday deb qo’shimcha qildi: «Frantsiya Yevropa Ittifoqini tarkibida Yevropa politsiya kuchlari bo’lgan EUFOR kuchlarini zudlik bilan joylashtirishga chaqiradi». Ayrim diplomatik manbalarning bildirishicha, Yevropa Ittifoqining ishtiroki 900 askardan iborat bo’lishi mumkin, ya’ni joylashtirilishi kutilgan 500 askardan ko’proq bo’ladi. (AFP 2014 yil 14 fevral). Amerika esa Afrika kuchlarini mablag’ bilan ta’minlashga qaror qildi. Chunki Amerika tashqi ishlar vazirligi vakilasi o’rinbosari Mari Xarf bunday dedi: «Biz Markaziy Afrika respublikasida zo’ravonlik amaliyotlari tobora kuchayib borayotganidan chuqur tashvishdamiz. Bu amaliyotlar kuchayib borayotgan gumanitar krizisga va ommaviy ravishda vahshiyona amaliyotlarni amalga oshirish xatarining kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun kecha biz xavfsizlik kengashida mushtarak kuchlar haqidagi qarorni yoqlab ovoz berdik, bu qaror Afrika Ittifoqi kuchlariga va bu kuchlarni qo’llab-quvvatlaydigan kuchlarga juda uzoq davrdan beri aziyat chekib kelayotgan xalqqa tinchlikni qaytarish va tinchlik o’rnatish uchun ettinchi band ostida to’la nazorat huquqini beradi. Biz Afrika Ittifoqi kuchlarini va zarurat tug’ilsa ittifoqchilarimiz frantsuz kuchlarini ham zarur yordamlar bilan ta’minlash shaklida yoki texnik uskunalar va mashqlardan o’tkazish shaklida 40 million dollarlik yordam ko’rsatmoqchimiz». (IIP Digital 2013 yil 6 fevral). Amerika ta’siridagi Afrika davlatlari kuchlari bo’ladimi yoki keyin keladigan Yevropa kuchlari bilan quvvatlanadigan frantsuz kuchlari bo’ladimi, hech farqsiz 8000ga etgan bu kuchlarning xatti-harakatlaridan bu kuchlarning Afrika respublikasidagi tinchlikni himoya qilish maqsadida yuborilmagani aniq ko’rinib turibdi. Chunki bu kuchlar musulmonlarga qarshi amalga oshirilayotgan vahshiyona amaliyotlarni va dahshatli qirg’inlarni to’xtatish uchun hech narsa qilgani yo’q. Vaholanki bu kuchlar agar jiddiy harakat qilganida edi bu qirg’inni albatta to’xtata olardi. Chunki bu mamlakat aholisi oz bo’lgan bir kichik mamlakatdir. Lekin bu kuchlar qirg’inni to’xtatish uchun hech narsa qilmadi. Aksincha bu kuchlar frantsuz nufuzi bilan o’z nufuzini kiritishga zo’r berib harakat qilayotgan Amerika nufuzi o’rtasidagi kurash bobiga kiradi. Shunday qilib Amerika bilan Frantsiya o’rtasidagi bu kurash maydonida musulmonlarning qoni bemalol to’kiladigan va go’shtlari eyiladigan bo’lib qoldi. Amerika va Frantsiya bu kurash maydonida raqs tushmoqda, bu mustamlakachilarning oyoqlari musulmonlarning qonlariga botmoqda.

6 – Demak Amerika Markaziy Afrikada o’z nufuzini kuchaytirishga harakat qilmoqda, bunga Afrika kuchlarini kuchaytirish va bu kuchlar vazifasini kuchaytirish orqali erishmoqchi. Shu sababli Amerika siyosatining yugurdagi BMT bosh sekretari Pan Gi Mun xavfsizlik kengashidan «tinchlik o’rnatish va tinch fuqarolarni himoya qilish uchun qo’shimcha 3000 askarni shoshilinch joylashtirishni» talab qildi. (AFP 2014 yil 20 fevral). Bu kuchlarning Afrika kuchlaridan iborat bo’lishi ma’lum. Amerikaning siyosiy amaliyotni so’ngra saylovlar o’tkazilishini istayotgani ko’rinib turibdi. Bunda Amerika Markaziy Afrikada nufuzni Frantsiya bilan o’zaro taqsimlab olish uchun musulmonlar qonidan foydalanmoqda! Frantsiyaning ham barcha narsani boy bermaslik uchun siyosiy echimlar borasida Amerika bilan birga qadam tashlashi kutiladi. Chunki bu safar Frantsiyaga oldingi vaziyatlardan ham ko’ra qiyinroqdir. Shuning uchun Frantsiya ham o’zining malaylarini saylovlar orqali hokimiyatga olib kelishga muvaffaq bo’lishga harakat qiladi.

7 – So’zimiz yakunida shuni aytamizki, musulmonlarning qoni Amerika bilan Frantsiya o’rtasidagi nufuz talashish kurashi maydoniga aylanib qoldi. Musulmonlarning qonlari daryo bo’lib oqishi, keksalar, bolalar va ayollarning azoblanishi, balki tirik holda go’shtlari eyilishi bu mustamlakachilarni aslo tashvishga solmaydi. Aksincha bu kofir mustamlakachi davlatlar uchun muhimi ana shu murdalar va burdalangan a’zolar ustida oxiri kimning qarsak chalib turishidir… Chunki mustamlakachi kofirlar bitta millat bo’lib, ular mo’min borasida va’daga ham, burchga ham vafo qilishmaydi… Shuning uchun demak ikkala taraf ham – uslublari va g’arazlari qanchalik turli bo’lmasin – musulmonlarni qirg’in qilishga tayanadi. Shuning uchun ham bu mustamlakachilar nasroniy qurolli to’dalarning musulmonlar qonini ichishiga va quturib izg’ishiga yo’l qo’yib berdi.

Lekin alamlisi va xafa qiladigani musulmonlarga achinib yig’laydigan hech kimning yo’qligidir. Shuning uchun ham musulmonlarning qonlari Falastin, Birma, Kashmir, Checheniston, Tatariston va Suriyada dahshatli tarzda bemalol to’kilmoqda. Mana endi bu qonlar Markaziy Afrikada ham to’kilmoqda. Musulmonlar yurtlaridagi hokimlar esa musulmonlar manfaatlariga emas, G’arb manfaatlariga xizmat qilishmoqda. Shuning uchun ular bu qirg’inlarga go’yo bu qirg’inlar boshqa olamda bo’layotgandek tomoshabin bo’lib qarab turishibdi. Holbuki bu qirg’inlar shu hokimlar hukmronlik qilayotgan erlardan bir qarich yoki bir quloch uzoqda yuz beryapti, xolos. Shuning uchun bu hokimlarga qilayotgan qilmishlaridan falokat bo’lsin.

Xulosa qilib shuni aytamizki, musulmonlar o’zlarini tajovuzkorlardan himoya qiladigan qalqonni yo’qotib qo’yishgan. Ular o’zlari uchun qalqon va asrovchi bo’lgan xalifani yo’qotib qo’yishgan.

«وَإِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom bamisoli ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan bir qalqondir». Bu hadisni Buxoriy Abu Hurayra r.a.dan chiqargan.  

«Hali ular: U (kun) qachon bo’lur? deb (so’raydilar). Shoyadki yaqin bo’lsa, deb ayting!» [Isro 51]

23 robius-soniy

1435h 23 fevral 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.