Tataristonlik Favziya Bayramova http://www.arabnyheter.info uchun:

465
0

2132551E-A1D7-4CDA-A71C-15BCFB517637_mw1024_n_s

Rossiya va Tataristondagi musulmonlarga qarshi e’lon qilinmagan urush!

Arab Nyhetar Stolkgolm.

Arab Nyhetar ga oxirgi ikki oy davomida ketma-ket, Shvetsariyadagi Tatarlar assosiatsiyasi a’zolaridan ko’plab xabarlar kelmoqda. Jumladan, Moskva shahridan tahminan 800 kilometr masofada joylashgan Tatariston jumhuriyatining xokimiyati mumulmonlar va Islomga qarshi olib borayotgan qamoqqa olishlar, qiynoqlar bilan hujum qilayotganligi haqidagi ko’plab xabarlar gazeta sahifalarida e’lon qinayotganligi haqidagi xabarlar ham kelib tushdi.

Tatariston podshohi xalifa Abbosiydan Tatariston bulg’orlariga va tatarlariga Islomni va ibodat qilish yo’l yo’riqlarini, o’rgatishi uchun musulmonlardan birini jo’natishini talab qilgan vaqtida, tatar halqi islomni qabul qilgan xalqlarning eng birinchilaridan bo’ldilar. Xalifa Abbosiy Axmad ibn Fuzalonni jo’natdi. Axmad ibn Fuzalon o’zining “ibn Fuzalonning Bulg’or mamlakatiga safari” kitobida bu haqida yozgan edi!

Arab Nyhetarga bog’langan Elnur Aminov ismli yigit, o’zining tataristonlik ekanligini habar qildi. U tatriston tinchlikni saqlash organlarinig qo’lida qamoqqa olinib, qiynoqlarga duchor bo’lganligini maxsus doiralirga isbot qilib berganidan keyin, Shvetsariyaga etib olishga muvaffaq bo’lganligini va qochoqlik maqomiga erishganligini so’zlab berdi. Elnur Aminovning aytishicha, u Tataristonda 2005 yili Hizbut-taxrirga mansub ekanlikda ayblanib, sudlangan va bir yil shartli ravishdagi qamoq jazosiga xukm qilingan edi. U tergov vaqtida Tatariston kuch organlari xodimlari tarafidan qattiq qiynoqlar va azoblashlarga duchor bo’lganligini ta’kidladi. 2009 yilda uni yangidan ta’qib qilish boshlandi. Tatariston xokimiyati uni ikkinchi marta yana qo’lga olmasidan va boshqa musulmonlar ham yo’liqayotgan azoblar va bu qiynoqlardan qochib yashirinishlarga duchor bo’lmasidan oldin Shvetsiyaga qochib chiqdi. U yana bizga shularni xabar qildi. Tataristondagi cherkovlar yoqib yuborilmoqda, ammo bu amaliyotlarni birorta odam bo’yniga olmadi. Chunki, tatar xalqi ko’p sonli e’tiqodga ega bo’lib, boshqa aqidalarni ham hurmat qiladi. Tataristonda diniy partiyalar yoki ekstremistik Islomiy xarakatlar ham yo’q. Elnur Aminovning aytishiga qaraganda, zo’ravonlik qilish bo’yicha mashg’ulot o’tkazilmoqda, uning ta’kidlashiga qaraganda, Hizb ut-Taxrir zo’ravonlik ishlarini olib bormaydi. Bunday ishlar bilan mutlaqo shug’ullanmaydi.

Gazeta Boshqirdistonning poytaxti Ufa shahrida yashovchi inson huquqlari ximoyachisi Elmira Jukova bilan bog’landi. Uning xabar qilishicha, musulmonlardan birining Tatriston qamoqhonalaridagi qattiq qiynoqlar oqibatida ikkala buyragi ishdan chiqdi. Chunki u, musulmon edi. U o’ziga qo’yilayotgan cherkovlarni yoqish aybnomasiga qo’l qo’yishdan bosh tortgani uchun, tok bilan qiynashgan, keyin esa jinsiy a’zosini kesib tashlashgan.

Elmira Jukova shularni qo’shimcha qildi. U huquq ximoyachilari va jurnalistlar bilan uchrashuv tashkil qilgan, bu uchrashuvga Tataristonning muftiysi fazilatli shayx Komil Samiullohni ham taklif qilgan. Ammo shayx uchrashuvga kelmagan. Shuningdek, xokimiyatdagi mas’ullar ham uchrashuvda qatnashishdan bosh tortganlar.

Elmira Jukova yana shularni ta’kidladiki, Tatariston jumhuriyatining noibi Rustam Bodrov qamoqhonalardagi musulmonlarning azoblanayotganligini inkor qiluvchi ma’lumotlarni bergan. Inson huquqlari ximoyachilari esa, qamoqxonalarda musulmonlar azob va qiynoqlarga duchor qilinayotganligini isbot qilib berdilar.

Elmira shuningdek, yosh yigit Martinov haqida ham ma’lumotlar berdi. Uni temir jismlar bilan qiynashgan. Politsiya maxbuslarning kiyimlarini ularning oila a’zolariga bergan vaqtida, Martinovning kiyib yurgan ko’ylagini ham uning onasiga topishirishgan, ko’ylak qon bilan bo’yalgan edi!

Elmira Jukova, cherkovni yoqishda ayblanib, politsiya tomonidan qamoqqa tashlangan Martinov bu cherkov qaerda joylashganini ham bilmasligin habar qildi! Elmira Jukova maxbuslarni qiynash va azoblashlarda ishtirok etganlarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun arizalar yozishga qattiq kirishdi. Rossiya xukumati va gosduma a’zolari bilan ham bir necha marta gaplashdi. Tatriston xukumatiga ham bir nechta yozma murojaatlar yo’lladi. Ammo hozirgacha javobini kutmoqda.

Arab Nihitar bilan suhbatda bo’lgan Favziya Bayramova shunday dedi: oxirgi yillarda g’oyatda qisqa muddat ichida qamoqqa olishlar, musulmonlarga qarshi kunlik shakldagi taftishlar, bularning hammasi xokimiyatning havfsizlik apparatining etakchiligida bo’lmoqda. Musulmonlarning ziddiga bo’layotgan bu ochiqda ochiq hujumlar Rossiyaning mavqe’i bilan aloqadordir. Shuninigdek, xokimiyatni musulmonlarga bo’lgan munosabati bilan bog’liqdir, Rossiya xukumati doim provaslav aqidasiga e’tiqod qilib keladi. Asrlar o’tsa ham Islom bilan yomon munosabatda bo’lib kelmoqda. Qaysar zamonida ham, kommunistlar davrida ham musulmonlar quvg’in ostida bo’lganlar. Kommunistlar musulmonlarga qarshi (genosid) qirish siyosatini tanladilar. Bu siyosat bugunga qadar davom etib kelmoqda, u avval Kavkazda boshlandi so’ngra, Sibirdagi Volga, Ural mintaqalariga yoyilib ketdi.

Bayramova shunday dedi: Rossiyadagi musulmonlar, xususan musulmon yoshlar har narsa bilan ayblanmoqdalar. Terrorizm, xokimiyatda inqilob qilishga urunish, xokimiyatni bosib olish, shuningdek ekstremizmda ham ayblanmoqdalar. Aslida bu ayblovlarning birortasi musulmonlarning saflarida mavjud emas.

Xukumat aslida, Rossiyaning barcha taraflarida Islomning yoyilib ketishidan qo’rqadi. Shuning uchun ham u Islomga qarshi ochiq urush e’lon qildi.

Rossiya nima uchun Islomdan qo’rqadi savoliga javob berarkan shunday dedi:

Musulmonlar yakka yolg’iz Allohga iymon keltirganlar, ular xokimlar yoki boshliqlarga qul emaslar. Rossiya fasod, buzuqlik va jinoyatlarga botib qolgan. Ammo musulmonlar, Alloh Aliyul Qodirga itoat qilib yashashni hohlaydilar. Rossiyada shuningdek Tataristonda ham ikki narsa o’rtasida jang ketmoqda, ular Islom va kufr. Kufr xokimiyat, armiya va yadroviy qurollar va Rossiya harbiy kuchlari ko’rinishida namoyon bo’lmoqda. Bularning barchasi davlat tarafidan 80%ni tashkil qilsa, ammo musulmonlar tarafidan esa, ular faqat Allohgagina suyanadilar, so’ngra esa adolat va haqiqatga. Chunki musulmonlar, Islomni qabul qilganlaridan buyon ya’ni 1200 yildan beri mustahkam ildiz otgandir. Vaholanki ular, 4-5 asrdan buyon kufr bilan kurashib kelmoqdalar.

Sizning tahminingizcha, cherkovlarni yoqish ortida kimlar turibdi deb xisoblaysiz?

Tataristondagi cherkovlarni yoqishning orqasida turganlar, ular Islom va musulmonlarning dushmanlaridir! Chunki bu ishlardan birinchi bo’lib zarar ko’radiganlar ular musulmonlardir, Rossiya xukumati va uning apparati doimiy ravishda o’z dushmanlariga qarshi xuddi Qaysar zamonida bo’lgani kabi bu ishlarni uyushtirmoqda; ular o’zlari o’ldirib, o’z safdoshlarini yoqib yuborib, keyin esa bu ishlarni dushmanlariga yuklashar edi. Bunday ishlar sobiq sovet davrida ham bo’lgan edi; ular terroristik amaliyotlarni uyushtiradilar, o’zlariga qarshi bo’lgan kuchlarni bostirishda millionlarni sarflar edilar. Afsuski, bunday xolat xozirgacha davom etmoqda. Musulmonlarga tahdid solish uchun terrorizmni qurol qilib olganlar.

Tatarlar hech qachon cherkovlarni yoqmaydilar, g’ayri dinlarning ibodatxonalariga hujum qilmaydilar, chunki bu narsa bizning xaq dinimizga va vatanparvarligimizga zid keladi.

Tataristonda sodir bo’lgan cherkovlarni yoqilishligi qo’rqoq va xoinning ishidir. Ular bu ish bilan tatar xalqi vahshiy xalq degan narsani butun olamga ko’satmoqchi bo’ldilar. Bu bilan musulmonlar bilan xristianlar o’rtasiga nafrat solish va bu imkoniyatdan foydalanib musulmonlardan bir qanchasini qo’lga olib, qamoqqa tashlashni istamoqdalar.

Tatariston qamoqxonalarida qiynoqqa solish xolatlari mavjudmi? Qiynoqlar ostida yoki azoblash ta’sirida musulmonlar o’ldirilmoqdami? Tatariston va Rossiya qamoqxonalarida zo’ravonliklar ko’p. Mahbuslar sudlanish jarayonini yillab kutmoqdalar. Mana shu vaqt davomida qiynoqlarga, jinoyatni bo’yniga qo’ydirish uchun azoblashlarga duchor bo’lmoqdalar. Bunday zo’ravonliklar xammaga ham emas, faqat musulmonlarga bo’lmoqda.

Bu amaliyotlarda, xokimiyat aparatining barchasi ishtirok etmoqda: militsiya, FSB, tergovchilar. Chunki ularning barchasi, maxbuslarni o’zlariga qo’yilayotgan jinoyatlarni tan oldirish uchun azob beradilar. Maxbuslarni qiynashlar orqali ayblovni tan olishlariga erishmoqdalar. Prokuror qo’yayotgan aybnomalarni kuch bilan tan oldirishlik, tergovchi va sudyalarni o’zlari hohlagandek xukm chiqarishlarida bir-biriga muvofiqlikni xosil qilish uchun bo’lmoqda!

Musulmonlarga muomala juda yomon bo’lmoqda, chunki sud maxkamalari ularni terrorist deb e’lon qilmoqda. Xokimiyat axborot vositalari esa kecha-kunduz ularni yomonlash va haqoratlash ishlari bilan band bo’lmoqda.

Maxbuslarni vaqtincha saqlash kameralarida musulmonlarga nisbatan qiynoqlar sodir bo’lmoqda, xafsizlik xodimlari terrorist deya ta’riflaganayotgan bu musulmonlarning ustida shantaj va azoblash ishlari amalga oshirilmoqda. Nijnekamsk shahrida maxbuslarni xatto o’lgunigacha qiynamoqdalar!

Rafael 30 yoshda, Chistopol shahridan, uni niqob kiyganlar qamoqqa olishgan, kaltaklashgan, qattiq qiynashgan, chunki o’ziga qo’yilgan aybni va boshqalarni ham tan olmagan, natijada bu musulmon yigitning umurtqa suyagi singan, jigari va siydik qopchasi yorilib ketgan, oyoq va qo’li xarakat qilishga yaroqsiz bo’lib qolgan! Advokatning qattiq urinishlaridan keyin uni kasalxonaga yotqizishga majbur bo’lganlar. U erda esa reanimasiya bo’limida uzoq vaqt yotgan. Shu xodisadan keyin musulmon maxbuslarning oldiga advokatlarni kirishini ta’qiqlab qo’ydilar. Bu ishlar davlatning ruxsati va sukut saqlab jim turgani uchun sodir bo’lmoqda. Aynan mana shu qamoqxonaning o’zida maxbuslardan birini jinsiy a’zosini kesib tashlaganlar, keyin esa maxbus bu ishni o’zi qildi deganlar!

Taxminlarga ko’ra maxbuslarning barchasini elektr toki bilan qiynaganlar, elektr tokini sezgisi kuchli bo’lgan erlarga, ayniqsa jinsiy a’zolarga qo’llaganlar!!

Bizda Tataristondagi qamoqxonalarda maxbuslarning o’limiga taaluqli hech qanday ma’lumot yo’q, lekin, kuppa kunduzi ko’chalarda musulmonlar yo’qolib qolib, keyin ularning jasadlari o’lik holda topilmoqda!! Rossiyada va Tataristonda musulmonlarga qarshi e’lon qilinmagan urush ketmoqda!

Advokatlar, huquq ximoyachilari va maxbuslarning qarindosh urug’lariga maxbuslar bilan uchrashishlari uchun ruxsat bormi?

Uzoq vaqtdan beri advokatlar, huquq ximoyachilari va maxbusning qarindosh urug’lari ham maxbuslar bilan uchrashishga ruxsat ololmayaptilar. Xokimiyat va davlat esa, o’zlariga qarashli bo’lgan advokatlarni tayinlamoqda. Ulardan boshqasiga esa maxbuslar bilan uchrashishga ruxsat berilmayapti! Ammo boshqa advokatlar, davlatga qarashli bo’lgan advokatlar orqali ish qilyaptilar. Sababi, musulmon maxbuslarning azoblanayotganligi haqidagi to’g’ri ma’lumonlar tashqariga chiqmasligi, jamoatchilik va butun olam buni bilib qolmasligi uchun!

Tataristonda siyosiy partiyalar bormi?

Yo’q, Tataristonda va Rossiyada islomiy siyosiy partiyalar mavjud emas, chunki ular qonunda ta’qiqlangandir, Rossiyada diniy yoki vatanparvarlikka asoslangan partiyalarni tashkil qilish man qilingan. Hizb ut-Taxrir Islomiy partiya bu erda Rossiyada ta’qiqlangan, bu erda islomiy kitoblarning juda ko’pi ta’qiqlangan, ko’p joylarda masjidlar qurish ham mumkin emas. Holbuki, Rossiya prezidenti Vladimr Putin arab Qirollari bilan, olamdagi va Yevropadagi huquq himoyachilari bilan deyarli yaqindan aloqa qiladi va do’stlik aloqalarini olib boradi. Vaholanki, ular Rossiyalik musulmonlarning muammolariga kelganda ko’r va kardirlar, biz ularga nisbatan begona fikrlar va begona saqofatga egamiz. Lekin, biz ham har qanday holatda insonmiz, bizga o’xshagan boshqa insonlar uchun berilayotgan huquqlardan foydalanishimiz kerak. Hayotdagi haqqimiz, din va saqofatimiz, tilimiz va davlatdagi haq-xuquqlar bizga ham berilishi kerak. Lekin Rossiyada bu ishlarning hammasi millionlab musulmonlar uchun va rus bo’lmagan xalqlar uchun man qilingandir. Davlat tarafidan musulmonlar va rus bo’lmagan xalqlar uchun shafqatsiz kurash ketmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.