Ukrainada umumiy safarbarlik e’lon qilindi

434
0

1262-390x290

Rossiya prezidenti Vladimir Putin parlamentdan mamlakat qo’shinlarini Qrimga kiritishga ruxsat berishini so’rab murojaat qilganidan va Rossiya parlamenti bunga ruxsat berganidan so’ng Ukraina o’z armiyasini jangovor shay holatga keltirdi va yakshanba kundan boshlab zaxiradagi harbiylar uchun umumiy safarbarlik e’lon qildi.

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Andrey Parubiy, “Yakshanbadan Ukrainada umumiy safarbarlik boshlandi”, – deb ma’lum qildi. Shanba kuni mamlakat prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan Aleksandr Turchinov Ukraina Qurolli kuchlari to’liq jangovor shay holatga keltirilgani haqida xabar qilgan edi.

Bunga qo’shimcha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi NATO rahbariyatiga murojaat qilib, mamlakat yaxlitligini saqlab qolish uchun barcha zaruriy choralarni ko’rib chiqishlikka chaqirdi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Deщitsa ham AQSh va Yevroittifoq rasmiylari bilan maslaxatlashganidan so’ng NATOga murojaat qilib, Qrimni Rossiya tajovvuzidan himoya qilishda yordam berishlikni so’radi. Vazirning so’zlariga ko’ra, mamlakatning vaqtinchalik hukumati alyansdan mamlakat yaxlitligi va mustaqilligini saqlab qolishda yordam berishni barcha yo’llarini ko’rib chiqishlikni so’ragan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.