Isroil-Falastin bitimi yahudiylarning foydasi uchun amalga oshirilmoqda

463
0

18873273

Isroil prezidenti Shimon Peres AQSh o’rtamchiligida Isroil-Falastin o’rtasida olib borilayotgan muzokaralar Tel-Avivning manfaati uchun amalga oshirilayotganligini qayd etdi.

Amerikdagi yahudiy tashkilotlar va jamoalarning liderlari bilan uchrashgan Shimon Peres Falastin davlatining qurilishi yahudiylar manfaatiga xizmat qilishini ta’kidladi.

“Falastin davlatining tashkil qilinishi, aslini olganda, bizning manfaatimizdir. Falastin tarafi bilan davom etayotgan muzokaralardan ko’zlangan maqsad Isroil davlatini himoya qilishdir”, dedi Peres.

Ayni paytda Shimon Peres Isroilning Falastin hukumati bilan bitim tuzishda AQSh tarafidan o’rtaga qo’yilgan shartlarni ham olqishlashini ma’lum qildi. Peresga ko’ra, bu shartlar Isrol manfaatlarini ko’zlash va uni himoya qilishni asosiy masala qilib olgan.

Isroil davlat radiosining xabar qilishicha, AQShning Tel-Avivdagi elchisi Dan Shapiro Isroil rejimi bilan Falastin hukumati o’rtasida davom etayotgan muzokaralar ortidan imzolanadigan bitim Isroilning yahudiyligini qabul etishni ham o’z ichiga olganligini aytgan.

Isroil radiosiga intervyu bergan Shapiro Amerikaning doimo Isroilni himoya qilib kelganligini va bu holat shunday davom etishini aytib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.