Xarkov aeroporti xodimlari Yanukovichning kelganini rad etmoqda

432
0

1262-390x290

Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich samolyoti Xarkov aeroportiga qo’nmagan. Bu xaqda bugun, shanba ertalab ITAR-TASS axborot agentligi ma’lum qildi.

Oldinroq qator ommaviy axborot vositalari Yanukovichning 22-fevral tunida o’zining odamlari bilan Kievni tark etganini ma’lum qilgan edi. Xabarlarda aytilishicha, Yanukovich Ukrainaning janubi-sharq oblastlari deputatlarining “Ukraina fronti” jamoiy uyushmasi uyushtirgan s’ezdida ishtirok etishi aytilgan. Xarkov gubernatori Mixail Dobkinga ko’ra, s’ezning o’tkazilishi va uning maqsadlari aniq emas.

“Ukraina fronti” mintaqadagi partiyalar va bir necha o’nlagan jamoiy tashkilotlar asosida 2014-yilning 1-fevralida tashkil topgan. Dobkin front Ukrainani “bosqinchilik yo’llari bilan kelgan”kimsalardan “tozalash”ini oldinroq ma’lum qilgan edi.

22-fevral tunida “Maydonni himoya qilish” ishtirokchilari prezident ma’muriyatini, “Verxovnaya rada”ni va Kievdagi boshqa ma’muriy binolarni bosib olishgan. Muxolifat prezidentdan zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilgan va unga soat 10.00 gacha (Moskva vaqti bilan 12.00) muddat bergan. Davlat raxbari bu talabni bajarmagan taqdirda namoyishchilar qurolli hujum uyushtirish bilan tahdid qilganlar. Yanukovichning raqiblari uning osonlikcha yon bosishiga ishonmasliklarini ham bildirganlar.

Prezidentga ultimatum-qat’iy talab qo’yilishidan va “Rada” bosib olinishidan oldinroq parlament prezidentga impichment e’lon qilish xaqida qonun loixasini ishlab chiqqan. Bundan tashqari, deputatlar muddatidan oldin 2014 yili prezidentlik saylovlarini o’tkazishga, xalq birligi koalitsiyasini tuzishga va sobiq primer Timoshenkoning ozodlikka chiqishiga ovoz berganlar. Ovoz berish Yanukovichning muxolifat bilan uchrashib, ularga namoyishchilarning talablarini bajarish xaqida va’da berayotgan bir paytda yuz bergan.

Ukraina prezidenti 18-20-fevralda tartib soqchilari bilan Maydondagi namoyishchilar orasidagi qattiq to’qnashuvdan keyin muxolifatga yon berishga majbur bo’lgan. To’qnashuv chog’ida xar ikki taraf o’q otar qurollardan foydalangan. Buning oqibatida kamida 77 kishi o’ldirilgan va 600 dan ziyodi yaralangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.