O’zbekiston, namoz o’qigani uchun mukofot qamoq

485
0

загруженное

Bu kun musulmonga cho’g’ bo’ldi iymon,

Yaqinlar yuz burib imtixon xijron

Baxtsiz voqea sabab O’zbekiston qamoqxonasida bo’lib qaytgan bir ayolning u erdagi muslimalarga nisbatan qilinayotgan munosabatlaridan, zulmlaridan ta’sirlanib, ko’zlarida yosh bilan aytib bergan voqealar. (O’HH saytidan qisqartirilgan holatda olindi).

O’zbekiston qamoqxonalarida mazlum musulmonlarga nisbatan qilinayotgan zulm, azob-uqubatlar, muslima ayollarning xo’rlanib qiynoqqa solinayotgani xaqidagi xabarlar va maqolalar omma e’tiboriga xavola qilinar ekan, ayrim insonlar bu xabarlarni yolg’on deb xisoblashlari yoki demokratik davlatda inson xuquqi kafolatlanadi, namoz o’qigani uchun xechkim jazolanmaydi deya da’vo qilishlarining guvohi bo’lish mumkin. Tabiiyki, men ham bunday xolatlarni o’z ko’zim bilan ko’rib guvohi bo’lmaganimga qadar shunday fikrda edim. Men ishdagi xato va kamchiliklarim tufayli bir muddat toki ishim ko’rilib suddan ozod etilgunimga qadar Buxoro turmasida bo’ldim. Bu vaqtda Eshonqulov muassasa raxbari edi. Men bu erda xar xil ayollarni, jumladan dindorligi sabab qamalgan xijoblik ayollarni ham ko’rdim. Turmada ularga juda yomon muomala qilinardiki boshqa sabab bilan qamalganlar bundan mustasno edi. Bu erda diniy e’tiqodi sabab qamalgan ayollar tarbiyasi bilan Baxriddin ismli kishi shug’ullanar, u ayollarni xar kuni navbati bilan olib chiqib urardi. Ayollar bir ahvolda xonaga qaytib kelishardi. Muslimalar orasida Adolat ismli ayol bo’lib, bir safar u Baxriddinning tarbiyaviy soatidan qaytgach uni taniyolmadik. U o’lguday kaltaklangan, keyin sochi qirqib olingan, ko’ylagini engi va etagi kalta qilib kesib tashlangandi. Bu ayollar namoz o’qishiga ruxsat berilmas, birgina namozi uchun qattiq jazolanar edi. Bu erda ularni xatti-xarakatini nazorat qilib, kuzatib turish uchun maxbus ayollardan ba’zilari shu ishga tayinlangan. Bulardan, nikoxsiz farzand ko’rib o’z aybini yopish uchun o’zi tuqqan chaqalog’ini ko’mib o’ldirgan Asal ismli ayol va yangasiga adovati tufayli vaxshiylarcha yangasi bilan 3 ta bolasini ustidan uyiga qulflab o’t qo’yib yuborgan Shoxista va shu kabi zolim beraxm ayollar bunday topshiriqlarni a’lo darajada bajarar, xohlaganlaricha kaltaklab turishardi. Bu turmada muslima ayollarga xar kuni ertalab O’zbekiston madxiyasi majburan ayttiriladi va buni Eshonqulov o’zi nazorat qiladi. Bosh tortganlarni esa uning o’zi jazolaydi. Bu erda dindor ayollar o’zaro gaplashishlari ham ta’qiqlangan bo’lib, agar bunga o’xshash tartiblar buziladigan bo’lsa xlorlangan, nafasni qisadigan maxsus xonaga qamab qo’yiladi. Muslimalar orasidagi Zoxida ismli ayol, xomilador bo’lsada, u ham ayamay jazolanar edi. U sudi arafasida farzandli bo’ldi. Uning aytishicha xatto tug’ruq paytida ham qo’riqchi yigit uni tug’ruq stoliga ko’lidan kishanlab, o’zi eshik ortiga chiqib turgan.

Ey musulmon xalqi! Bu tuzum iymonli musulmonlarni o’ziga dushman deb bildi, lekin siz uchun bu ojiza muslima va shahid musulmonlar birodaringiz emasmidi?! Tuzum boshliqlari ularni jinoyatchi deb aytishsa, ular jinoyatchi bo’lib qolaveradimi, siz ularni ximoya qilishingiz kerak emasmidi?! Asli jinoyatchilar shu boshliqlarning o’zi, ular Allohning xukmlariga qarshi chiqmoqdalar, isyon qilmoqdalar, xatto o’zlari qabul qilgan qonunlarga ham amal qilayotganlari yo’q. Sizlar esa shunday vaxshiy jinoyatchilarga o’z birodarlaringizni jazolashlari uchun indamay qarab turibsizlar. Axir musulmon bunday bo’lmaydiku. Allohdan qo’rqing, Allohga tavba qilib, Allohning xukmlariga itoat qiling va birodarlaringizni ximoya qiling!!!

Bag’rimga bosgandim sevinch kunlarda.

Birodarim deya qo’l berib unga,

Bugun mensiz , tashvish uning boshida.

Alloh, qanday javob berarman bunga?!

Abdumalik Ibn Marvon

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.