Qirg’izistonda diniy etakchilar hanafiylik mazhabiga ergashuvchilardan tayinlanadi

404
0

F73CC95A-34B1-4676-BC7C-1F2D0379252F_w308_r1

Qirg’iziston respublikasi Mudofaa kengashining diniy sohadagi davlat siyosati to’g’risidagi qarorida, masjid imomlari, imom xatiblar, qozilar, Ulamolar kengashi a’zolari va muftiyni faqatgina Qirg’izistondagi musulmonlar uchun an’anaviy bo’lgan hanafiylik mazhabiga ergashuvchilardan tayinlanishini tavsiya qildi.

Mudofaa kengashi muftiyotga Qirg’iziston xalqi uchun yot bo’lgan axloq, kiyim va tashqi ko’rinish andozalarini kirib kelishiga qarshi turishni tavsiya qildi.

Muftiyotga muftiy va ulamolarni saylash tizimini tartiblashtirish, davlat idoralari vakillari ishtirokida masjid imomlarini attestatsiyadan o’tkazish, diniy arboblar uchun malakaviy imtixonlarni boshqa shakklarini ishlab chiqish, uning natijalari bo’yicha moddiy rag’batlantirish tizimini barpo etish hamda masjid imomlari, imom xatiblarni huquqni saqlash organlari tomonidan ekstremistik va buzg’unchi tashkilotlarga aloqadorligi to’g’risidagi tegishli tekshiruvlardan o’tganidan so’ng tayinlash vazifasi topshirildi.

Mudofaa kengashi aqidaparast harakat va oqimlarning ekstremistik aqidalarini fosh qilish bo’yicha bosqichma bosqich shaklda, muntazam ishlar o’tkazish vazifasini yukladi.

Hukumatning hududlardagi maxsus vakillariga Bishkek va Osh shaharlari merligi bilan hamkorlikda diniy ekstremizm bilan profilaktik ishlar olib borish va diniy asosdagi ziddiyatlar kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik uchun ikkitomonlama rejalar ishlab chiqish va tasdiqlashni topshirildi.

Mudofaa kengashi 2009 yilgacha amalda bo’lgan Qirg’iziston muftiyoti Nizomida bo’lgan qoidani qayta tiklashga chaqirdi. Mazkur qoidada ekstremistik qarashga ega bo’lgan shaxslarni tuman imom hatibligi yoki masjid imomligiga kelib qolishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, diniy tashkilot rahbarlarining tayinlashda mahalliy hukumat idoralari bilan kelishishni ko’zda tutgan edi.

Turkiston:

Prezident Atambaev ham diktatorlik hokimiyati sari dadil qadamlar bilan olg’a intilmoqda. Buning uchun Atambaev avvalo o’ziga muxolif bo’lgan dunyoviy qarashdagi odamlarni bir yoqli qilib oldi. Dunyoviy muxolifatdan oz bo’lsa ham qo’li bo’shab olgach, endilikda butun e’tiborini Islom va musulmonlarga qarshi kurashga qaratmoqda.

3-fevral kuni bo’lib o’tgan Mudofaa kengashining yig’ilishida nutq so’zlagan prezident Atambaev, “ Ayrim musulmon davlatlarida siyosatchilar dindan o’z manfaatlari yo’lida foydalanib, dinni qurol qilib olgan. Dinchilar siyosatga aralashganida davlat nima bo’lishini Afg’oniston, Iroq, Misr, Suriya misolida ko’rsak bo’ladi. Qirg’izistonda ham ayrim siyosatchilar ayrim din ulamolari bilan birga dinni siyosatga aralashtirmoqchi bo’lishayapti. Bu salbiy ko’rinish. Bunday siyosiy o’yinlarga chek qo’yishimiz kerak”, – deb kuch organlariga va mudofaa kengashiga asosiy e’tiborni qayoqqa qaratish zarurligini belgilab bergan edi.

Mudofaa kengashi diniy ziddiyatlar vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslikka chaqirayotgan bo’lsada, aslida mazkur qarori bilan aynan mana shunday ziddiyatlarga asos yaratib bermoqda. Hukumatning ham asl maqsadi shu bo’lib, musulmonlar o’rtasida birlik paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilmoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.