Biri o’lsa ham mayli, ammo ikkinchisi hatto tahqirlanmasin

764
0

690754-72314-05022014171843-7420466127-300x199

AQSh, Yevropa ittifoqi va BMT tarafidan dastak olgan Frantsiya hozirda o’z harbiy kuchlarini tinchlikni saqlash da’vosi bilan Markaziy Afrika respublikasida joylashtirgan. Shunga qaramay, Frantsiya harbiylari mavjud bo’lib turgan Markaziy Afrika respublikasida aynan harbiylar tarafidan musulmonlar qatl etilmoqda. Kuni kecha bir musulmon hech bir ayblovsiz ko’chaning o’rtasida, odamlarning ko’z o’ngida harbiylar tarafidan o’ldirildi. Uning jonsiz tanasi u yoq-bu yoqqa rosa sudralgach, so’ngra parchalanib yoqib yuborildi. Bir necha kun avval bir guruh nasroniylar ko’chada o’z yo’lida ketayotgan musulmonni tutishib, yoqib yuborishgan edi. Qotillardan biri hech tap tortmay, chala kuygan musulmonning go’shtidan kesib, olib namoyishkorona nonning o’rtasiga qo’yib eganligi bir qancha matbuotda yoritildi.

Bunday hodisalar qarshisida ko’r va kar bo’lib qolgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiya ko’chalarida hayosiz qiliqlari tufayli kaltaklangan gomoseksuallarning ahvoliga achinish bildirdi.

загруженное  2014 yilgi qishki olimpiya o’yinlari munosabati bilan Sochiga borgan Pan Gi Mun xalqaro  olimpiya qo’mitasi oldida nutq so’zlab, bu mamlakatda besoqolbozlar va lesbiankalarning  tazyiqlarga duch kelayotganini qattiq qoraladi. So’zi davomida Pan Gi Mun ularning hibsga  olinib qamoqqa tashlanishiga qarshi turish lozimligini ta’kidladi.

“Biz lesbianlar, geylar, biseksuallar, transseksuallar yoki xunasalarga nisbatan hujumlarga  balandroq ovoz bilan qarshi turishimiz kerak. Ular yuzma-yuz kelayotgan hibsga olish,  qamoqqa tashlash va boshqa turdagi kamsitish hollariga qarshi turishimiz lozim”, dedi BMT  rahbari Pan Gi Mun.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro tashkilot sifatida 1945 yilda tuzilgan paytda unga “er yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot”, deb ta’rif berilgan.

Ammo bu tashkilot tuzilgandan buyon biror marta musulmon xalqlarning tinchligini mustahkamlash va xavfsizligini ta’minlash uchun bir qadam ham tashlagan emas. Xalifalik davlati qulatilgan kundan to bugungi kunimizgacha, dunyoning har erida musulmonlarga nisbatan qalblarni larzaga soladigan dahshatli qirg’inlar tinimsiz yuz berib kelmoqda. Biroq shunga qaramay, BMT va shu kabi tashkilotlar faqat xavotir bildirib qo’yishdan nariga o’tgan emas. Agar biror harakatga qo’l urgan bo’lsa faqat o’zlarining manfaatidan kelib chiqib qilgan. Ammo g’ayritabiiy jinsiy aloqa bilan shug’ullanadigan besoqolbozlar va lesbiankalarning o’ldirilishi u yoqda tursin, hatto haqoratlanishga ham yo’l qo’ymaslik uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor.

Agar siz Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqida to’liqroq ma’lumotga ega bo’lishni istasangiz ushbu http://uz.hizb-turkiston.net/bibliotekauz2.php ssilka orqali saytimizning kutubxona bo’limiga kirib “Dunyo kecha, bugun va ertaga” nomli kitob bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.