Qirg’iziston qurolli kuchlari bosh shtabiga yangi boshliq tayinlandi

487
0

Алмазбек Атамбаев )

Prezident Almazbek Atambaev kuch tizilmalari rahbarlariga Qirg’iziston respublika qurolli kuchlari bosh shtabining boshlig’i Asanbek Alimkojoevni tanishtirdi.

Davlat rahbari Qirg’iziston respublikasi qurolli kuchlari bosh shtabining boshlig’iga davlat xavfsizligini ta’minlaydigan davlat organlarining o’zaro hamkorligini aniq tashkillashtirish, kuch va mablag’lardan birgalikda foydalanishni rejalash vazifasini yukladi.

Almazbek Atambaev Qurolli kuchlar bosh shtabining oldida turgan vazifalarni o’ta muhumligini ta’kidlab o’tdi.

Davlat rahbari Qirg’iziston harbiylari hukumat tomonidan bo’ladigan kerakli qo’llab-quvvatlashni seza boshlashlarini aytib, mamlakat Qurolli kuchlarining asosini mustaxkamlash muhimligini ta’kidlab o’tdi. “Davlatchilikni mustaxkamlash ishida zobitlar oldingi o’rinda bo’lishlari zarur”, – dedi Atambaev.

Alimkojoev Asanbek Tunguchbaevich 1956- yil 11- aprelda Chuy viloyatinig So’kuluk tumanidagi Sorbon qishlog’ida tug’ilgan. Oliy ma’lumotli harbiy. General-mayor harbiy unvoniga ega.

Turkiston:

Qirg’izistonda kuch strukturalari Atambaev ishonadigan darajada mustaxkam emas. Ular oralarida bir necha quvvatlardan ta’sirlanishgan arboblar ko’payib bormoqda. Xatto musulmonlardan ta’sirlangan da’vatchilari xam bor. Atambaev ular bilan avtoritar rejim o’rnata olmasligini biladi. Shuning uchun unga ularning ustidan, ulardan bir necha barobar saloxiyatliroq va faqat o’zigagina itoa’t qiladigan organ kerak bo’lib qoldi. Deyarli barcha avtoritar davlatlar o’z diktatorlik rejimlariga shu yo’l bilan borishgan. Lekin bu bir necha oylar ichida erishsa bo’ladigan ish emas. Karimov xam MXXsini quvvatga kirgizgunicha, bir necha yillar xar kimga ta’zim qilib, musulmonlar oldida tiz cho’kib Islom davlatini qurib beraman deb va’dalar berib, qo’poruvchilik amaliyotlarini uyushtirib juda qiyinchilik bilan rejimni o’rnatishga muvaffaq bo’lgan edi. Rejimni o’rnatishdagi asosiy ish, siyosiy etuk davlat arboblaridan davlatni tozalash. Atambaev xam yaqinda shu ketishida, korruptsiya bilan kurash loixasi asosida, keraksiz deb bilgan barcha siyosiy apanentlaridan tozalana boshlaydi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.