Mudofaa kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi

394
0

images (2)

3- fevral kuni Ala-Archa davlat qarorgohida Mudofaa kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kengashning belgilashicha, dunyoda sodir bo’layotgan so’nggi xodisalar, mustaqillik boshlarida tanlangan davlatning yo’lga solib turishlik vazifasini zaiflashtirish va din sohasiga aralashmaslik xato strategiya bo’lgan.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev so’zlagan nutqi davomida “bugungi kunda din sohasidagi davlat siyosati yangi tahdidlar, milliy va mintaqaviy xavfsizlik va hozirgi zamon demokratik davlat talablariga to’la javob bera olmaydi”, – dedi.

Prezident matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Mudofaa kengashini eng ko’p tashvishga solgan narsa, Qirg’izistondagi ayrim doiralarni xorijiy markazlar tomonidan maqsadli qo’llab turilishligi natijasida respublika musulmonlari orasidagi vaziyatni murakkablashishi bo’lmoqda. Vaziyat Qirg’iziston muftiyoti va uning joylardagi bo’limlari kuchli ta’sirga ega emasligi vaziyatni yanada murakkablashtirib yubormoqda.

Mazkur yig’ilish natijasiga binoan Qirg’izistonda hukumat va din o’rtasida o’zaro munosabatlarining yangi kontseptsiya tashkil etiladi. Uning vazifasi – diniy betoqatlik, radikalizmning oldini olish, diniy bag’rikenglik va asosiy diniy ta’limotlardan aholining xabardorlik darajasini oshirishdan iborat.

Turkiston:

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev o’ziga tashvish tug’dirib kelgan muxolifat etakchilaridan bir oz bo’lsada xalos bo’lib olgach, (Qamchibek Tashiev deputatlikdan chetlashtirilib, siyosiy sahnadan deyarli uzoqlashtirib yuborildi, Axmadbek Keldibekovga nisbatan jinoiy ish ochilib qamoqda o’tiribdi, Melis Mirzakmatov esa Osh merligidan olib tashlandi) endi e’tiborini Islom diniga va musulmonlarga qaratmoqda.

Atambaev ham asta-sekinlik bilan Karimov O’zbekistonda qo’llagan siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Karimov ham avval dunyoviy muxolifatni bir yoqli qilib oldi, so’ng uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashdi va O’zbekistondagi yagona“qonundagi o’g’ri”ga aylandi. Ulardan qo’li bo’shagach 1999 yil 16 fevral portilashlarini uyushtirib, Islom va musulmonlarga qarshi keng ko’lamli urishini boshlab yubordi.

Qirg’izistonda 2014- yil “Davlatchilikni mustaxkamlash” yili deb e’lon qilindi. Atambaev ham “davlatchilikni mustaxkamlab” diktatorlik sari qadam tashlamoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.