Ukraina harbiylari Yanukovichni tezkor choralar ko’rishga chaqirdi

434
0

880201_3

Ukraina harbiylari prezident Yanukovichni vaziyatni izga tushirish va jamiyatda kelishuvlarga erishish uchun tezkor choralarni ko’rishga chaqirdi. Bu haqida Mudofaa vazirligining 30 yanvar kuni bo’lib o’tgan umumiy majlisining natijalari bo’yicha tarqatilgan xabarda ma’lum qilindi.

“O’z fuqaroviy mavqeyimizni ifodalagan holda, Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchi va ishchilari, Ukraina Mudofaa vazirligi apparatida xizmat o’tayotgan va ishlayotganlar Oliy bosh qo’mondonni amaldagi qonun doirasida mamlakatdagi vaziyatni izga tushirish hamda jamiyatda kelishuvlarga erishish uchun tezkor choralarni ko’rishga chaqirdik”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek xabarda, “Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchi va xodimlari davlat muassasalarini kuch bilan bosib olinishi, davlat hokimiyati idorasi va mahalliy o’z-o’zini boshqarish xodimlariga o’z vazifalarini bajarishlikka to’sqinlik qilinishi yo’l qo’yib bo’lmaydigan holat deb hisoblashadi hamda ziddiyatlarni kuchayib borishi mamlakat yaxlitligiga xavf tug’dirishini belgilab o’tadi”, – deb qo’shimcha qilindi.

Turkiston:

Ukrain xarbiylari xam Mamlakatning Sharqiy va G’arbiy tomonlaridan chaqirilgan muvaqqat askarlar ekanini xisobga olganda, shuningdek armiyaning o’zini xam intizomiy quvvati xavas qiladigan darajada emasligi, yuqoridagi xarbiy ministrning bayonoti shunchaki rasmiyatchilik uchun aytildi degan gumonni g’olib qiladi. Asosiy masala esa, AQSh va Rossiya o’rtalarida boradi. AQSh Ukrain xokimiyatini vaziyatni tinchitishga qattiq chaqirdi. Bu Ukrainaga Rossiya xarbiylari kiritilishi xaqidagi so’zlar yura boshlaganidan keyin aytilgan gap. Demak oxirgi re’ja bo’yicha Ukrainani G’arbiy va Sharqiy lagerga bo’lib yuborish kutilgan. Chunki Sevostopolda Yevrointegratsiyaga qarshi fikriy yo’nalish paydo bo’la boshladi. Bir deputat Putinni xarbiy aralashuvga chaqirdi. Kazaklar xam namoishlar uyushtira boshlagani xaqida xabarlar tarqala boshladi.

 

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.